Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Ma’ruza-№26. Tabiiy gazni kompleks tayyorlash qurilmalari jihozlari



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Ma’ruza-№26. Tabiiy gazni kompleks tayyorlash qurilmalari jihozlari. 
Reja: 
1. Uglevodorodli gazlardagi namlik;
2. Gazlarni quritish usullari. 
3.
 
dietilenglikolni regeneratsiyalash qurilmasi
 
Tayanch so’zlar va iboralar:
absolyut namlik; namsizlantirish; dietilenglikol; 
trietilenglikol; separator; absorber; desorber. 
Gaz sanoatida absorbsiya jarayoni gazlarni quritishda va undan og‘ir 
uglevodorodlarni ajratib olishda keng qо‘llaniladi. 
Absorbsiya
– gazlarni yoki suyuqlik bug‘larini yutuvchilarga -
absorbentlarga yutilishiga aytiladi. Bunday jarayonda moddalarning yoki bir guruh 
moddalarning gaz fazasidan yoki bug‘li fazadan suyuqlikka о‘tish jarayoni sodir 
bо‘ladi. 
Absorbsiya
– tanlangan va orqaga qaytmas jarayonlardir. Moddalarni 
suyuq fazadan bug‘li fazaga yoki gazga о‘tishi 
desorbsiya
deyiladi. Bu ikkala 
jarayon ham birlashib ishlab chiqarish siklini tashkil qiladi. 
Desorbsiya 
absorbsiyadan keyin о‘tkaziladi va bunda maqsadli komponent 
suyuq yutuvchilardan ajratib olinadi. Kо‘rinib turibdiki, absorbsiya va desorbsiya 
bir-biriga qarama – qarshi bо‘lgan jarayonlardir. Birinchi holatda gazni suyuqlikka 
erib kirishi sodir bо‘ladi va bosimni oshishiga olib keladi hamda haroratni 
pasaytiradi. Absorbentni absorbsiya jarayonida maqsadli komponentlarining 
yutilishiga tо‘yinish yoki ishlanish deb ataladi. Absorbent desorbsiya jarayonida 
maqsadli komponentlardan ozod bо‘lgandan keyin regeneratsiyalanadi va 
sovutiladi, keyin nasos yordamida qaytadan absorbsiyaga qaytarilishi mumkin. 
Shunday qilib yopiq absorbsiya – desorbsiya tizimi paydo bо‘ladi. 
Absorbsiya jarayonida tabiiy gazni quritishda glikol xizmat qiladi. 
Absorbsiya jarayonida glikol (DEG, TEG) tabiiy gazdagi suv bug‘lariga yutiladi.
Regeneratsiyalangan aralashma yana qaytadan absorberga qaytadi. 
Suvga sezgir bo’lmagan katalizatorlarni qo’llash bilan boradigan katalitik 
qayta ishlashga gazni yuborganda yoki keyinchalik past haroratli rektifikasiyalash 
o’tkazilishi kerak bo’lganda (masalan, etilenni ajratib chiqarish bilan) qo’llaniladi. 
Bunda gazning zarur bo’lgan quritish darajasi nafaqat keyinchalik qayta ishlaganda 
suvning mumkin bo’lgan kondensasiyalanish sharoitlari bilan aniqlanadi, balki 
gidratlar hosil bo’lishi mumkinligi bilan hali aniqlanadi (uglevodorod va suv 
molekulalarining kompleks birikmalari). Quritishni ham suyuq (glikollar) ham 
(asosan) qattiq yutuvchilar (kislotaga chidamli seolitlar) ni qo’llab o’tkazadilar.
Tozalash–kimyoviy qo’shimchalarni uglevodorodlardan chiqarib yuborish 
yoki ularni zararsiz kimyoviy birikmalarga aylantirish. Qo’shimchalar deb shunday 
kimyoviy birikmalarga aytiladikim ularning mavjudligi muayyan uglevodorodlarni 
qo’llaganda zarar keltiradi. Ulevodorod gazlarning oqimidan chiqarib yuborishni 
kerak bo’lgan ko’pincha qo’shimchalar masalan vodorod sul’fid (N
2
S), 
merkaptanlar (RSH) va naften kislotalar kislotali birikmalar bo’lib hisoblanadi.


237 
Ularni ishqor eritmasi bilan chiqarib yuborish mumkin, ishqor 
uglevodorodlarda erimaydi, oson tortiladi va uncha qimmat turmaydi. Demak, 
ishqor eritmasi qullay tozalash agenti bo’lib hisoblanadi.
Kislotali miqdoriy reaksiyalar quyidagi tenglamalar bo’yicha sodir bo’ladi.: 
Vodorod sul’fid va oltingugurtli birikmalarni hamma vaqt ham miqdoriy 
tozalash bilan chiqarib yuborib bo’lmaydi, chunki oltingugurtli og’ir neftniqayta 
ishlaganda bu birikmalar katta miqdorda gazlarda saqlanadi.
Хom ashyo sifatida suyuq gazlar qo’llaniladigan katalitik jarayonlardagi 
katalizatorlarning ishini vodorod sul’fid yomonlashtiradi, uning suyuq maishiy 
gazda mavjudligi yo’l qo’yib bo’lmaydigan hol. Faol oltingugurtli birikmalarning 
mavjudligi gazni qayta ishlash qurilmalarning jihoziga zararli ta’sir ko’rsatadi, 
apparatlar va quvurlarning faol korroziyasini keltirib chiqaradi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish