49
komponent aralashma komponentlarining birortasi bilan yangi azeotrop
aralashma hosil qiladi. Ushbu azeotrop aralashma
dastlabki aralashmaga
nisbatan yaxshiroq uchuvchan bo‘ladi.
14-rasmda azetrop rektifikatsiyalash qurilmasining bitta varianti
tasvirlangan. Кolonna (1) ga suyuq azeotrop aralashma (A+B) beriladi.
11-rasm.
Azeotrop rektifikatsiyalash qurilmasi:
1–kolonna; 2–deflegmator; 3–cho‘ktirish uskunasi.
Кolonnaning yuqorigi qismiga uchinchi komponent C yuboriladi.
Кolonnada yangi azeotrop aralashma (B+C) hosil bo‘ladi, ushbu aralashma
komponentlari suyuq holatda amaliy jihatdan bir-biridan o‘zaro erimaydi. Shu
sababdan distillyat deflegmator (2) da sovitilgandan so‘ng cho‘ktirish uskunasi
(3) da B va C komponentlariga ajratiladi. B komponenti uzatiladi. C komponenti
esa kolonnaga qaytariladi. A komponenti kolonnaning
pastki qismidan qoldiq
mahsulot sifatida ajratiladi.
Azetorop rektifikatsiyalash jarayoni davriy va uzlyuksiz rejimlarda olib
borilishi mumkin. Кo‘pchilik sharoitlarda azeotrop rektifikat-siyalash uchun
ekstraktiv rektifikatsiyalashga nisbatan ko‘proq issiqlik sarfi talab qilinadi.
Bundan tashqari azeotrop rektifikatsiyalash jarayoni
uchun tegishli ajratuvchi
agentni tanlash ancha qiyin vazifa hisoblanadi.
Ekstraktiv rektifikatsiyalash.
Кomponentlarning qaynash haroratlari bir-
biriga juda yaqin bo‘lgan suyuq aralashmalarni ajratish juda qiyin vazifa
hisoblanadi. Bunday aralashmalarning fazaviy muvozanat egri chiziqlari y-x
diagrammasining diagonal chizig‘iga
juda yaqin keladi, shu sababdan
flegmaning ko‘proq olinishini hisobga oluvchi koeffitsiyentning qiymati katta
bo‘lgan sharoitda ham rektifikatsion kolonnadagi zarur bo‘lgan tarelkalarning
soni ancha ortib ketadi. Bunday aralashmalarni
ajratish jarayoni asosiy
50
komponent-larning uchuvchanligini ancha orttirib yuboradigan uchinchi
komponent (ajratuvchi agent) dan foydalanishga asoslangan. Uchinchi
komponent aralashmaning ikkala komponentlariga
nisbatan kam uchuvchan va
aralashmada yomon uchuvchan komponentni yaxshi eritib yuboradigan bo‘lishi
kerak.
Masalan,
n-butan
(t
qay
=0,5
0
C)
va
psevdobutilen
(t
qay
=0,3
0
C)
aralashmasiga aseton (t
qay
=56
0
C) qo‘shiladi. Aseton psevdobutilenni yaxshi
eritadi, n-butanni esa eritmaydi. Shunday qilib, suyuq aralashmalarni ajratuvchi
agent yordamida komponentlarga ajratish ekstraktiv rektifikatsiyalash deyiladi.
Ekstraktiv rektifikatsiyalashning sxemasi 12-rasmda tasvir-langan.
Bunday qurilma ikkita rektifikatsion kolonnadan iborat bo‘lib, birinchisiga A va
B komponentlardan tashkil topgan aralashma beriladi. Birinchi kolonnaning
yuqorigi qismidagi tarelkalardan bittasiga ajratuvchi agent C yuboriladi. B
komponenti ajratuvchi
agent C da yaxshi eriydi, biroq A va C komponentlari
o‘zaro erimaydi (yoki qisman eriydi). B komponenti nisbatan yuqori haroratda
qaynaydi. C komponenti suyuq va bug‘ fazalari tarkibidagi B komponentni
ekstraksiyalaydi. Birinchi kolonnadan B+C aralashmasi qoldiq mahsulot sifatida
ajraladi, distillyat esa amaliy jihatdan toza bo‘lgan
A komponentidan iborat
bo‘ladi.
Ekstraktiv rektifikatsiyalashdan so‘ng B+C aralashmasi ikkinchi
kolonnaga yuborilib, u yerda bir-biridan ajratiladi.
Ushbu kolonnadan B
komponenti distillyat sifatida ajratib olinadi. Qoldiq mahsulot holatida ajralgan
C komponenti qaytadan ishlatish uchun birinchi kolonnaga qaytariladi.
Ekstraktiv rektifikatsiyalash faqat uzlusiz rejimda olib boriladi.
12-rasm.
Ekstraktiv rektifikatsiyalash qurilmasining sxemasi:
1,2–kolonnalar; A,B–aralashmaning asosiy komponentlari; C–ajratuvchi agent.
Do'stlaringiz bilan baham: