Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan


Areal xaritasini tuzish uslublari



Download 7,35 Mb.
bet25/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Bog'liq
магистр)

Areal xaritasini tuzish uslublari



Zoogeografiyada areallar xaritasini tuzishda quyidagi uslublar qo`llaniladi:
1. Nuqtalar orqali xaritalashtirish uslubi. Mazkur uslub asosiy uslublardan biri hisoblanadi va bunda muayyan hududda o`rganilayotgan tur uchraydigan har bir joy nuqtalar yoki kichik aylanalar yordamida kontur xaritaga tushiriladi. Bu uslubning afzalligi shundaki, turning tarqalishi to`g`risida ma`lumotlar juda kam bo`lganda yoki u faqat bir joydagina uchratilganda aynan mazkur uslubdan foydalaniladi. Nuqtalar orqali xaritalashtirishda olingan natijalarning aniqlik darajasi mavjud materiallarning miqdoriga va xaritaning masshtabiga bog`liq bo`ladi. SHuni unutmaslik kerakki, xaritaga turning alohida vakillarini birma-bir tushirish yaramaydi. Turga mansub vakillar muayyan joyda qancha miqdorda uchrashidan qat`iy nazar o`sha joy xaritaga yagona belgi orqali tushiriladi. Bunday xaritalashtirish faqat arealning geografik tabiatini ifodalaydi. Yaxshi o`rganilgan tur arealini xaritalashtirishda, mazkur tur uchraydigan barcha joyni xaritada tasvirlash shart emas. Agarda turning muayyan arealda tarqalishi bir tekis bo`lsa, ya`ni tur hududda yoppasiga tarqalgan bo`lsa, u vaqtda tur egallagan barcha joy bo`yaladi yoki shtrix chiziqlar bilan belgilanadi (3-rasm).





3-rasm. Buyuk Britaniyadagi eman ipak qurti arealining nuqtali uslub orqali xaritalashtirilishi (D.Xisu, 1973).


2. Kontur uslubi. Xaritalashtirishning bu uslubi areallarni o`zaro solishtirishda nisbatan ko`rgazmali va qulay hisoblanadi. Mazkur uslub yordamida areallarning chegaralari aniqlanadi, ya`ni arealning eng chekkasida aniqlangan nuqtalar o`zaro uzluksiz chiziqlar orqali tutashtiriladi. Areal chegarasi nisbatan aniq bo`lishi uchun nuqtali va kontur uslublari birga amalga oshiriladi. Bu uslub boshqalariga nisbatan ancha mukammal sanaladi (4-rasm).




4-rasm. Xo`jasavdogar arealining kontur uslub orqali xaritalashtirilishi (I.K.Lopatin, 1980)


3.To`rsimon uslub. Keyingi yillarda keng qo`llanilayotgan uslublardan biri sanaladi. Bunda dastlab o`rganilayotgan turning uchrash ehtimoli bo`lgan joylar kontur xaritada kataklarga bo`lib chiqiladi. Shundan so`ng areali xaritalashtirilayotgan tur qaysi katakda uchrasa, mazkur katak bo`yaladi. Xaritalashtirishning bu turi yaxshi o`rganilgan hududlar uchun yaroqli bo`lib, boshqa uslublarga nisbatan mukammal emas (5-rasm).





5-rasm. Janubiy Amerikadagi kemiruvchilarga mansub bo`lgan Malacothris typica arealining to`rsimon uslub orqali xaritalashtirilishi (M.Udvari, 1978)



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish