Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet23/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
магистр)

Faunaga antropogen omillarning ta`siri. Insoniyat qadimdan hayvonlarning bir joydan ikkinchi joyga tarqalishini bevosita va bilvosita amalga oshirib kelmoqda. Qadimda orollarda yashovchi dengizchilar uzoq masofada joylashgan Polineziy orollariga o`zlari bilan cho`chqa, it va shu kabi boshqa uy hayvonlarini olib kelishgan. Keyinchalik mazkur hayvonlarning ayrimlari orollarda yovvoyilashib ketgan (Avstraliyada dingo iti va boshq.). Oxirgi yuz yillikda hayvonlarni bir joydan boshqa joyga ko`chirib o`tish masalasida inson faoliyatining roli ancha jadallashdi va butun yer yuzini qamrab oldi.
Juda ko`p turlar inson ta`sirida tasodifiy ravishda bir joydan boshqa joyga keltirilgan. Bunga ayniqsa, parazitlar va insonning yo`ldoshiga aylangan kulrang va qora kalamushlar, uy sichqonlari, burgalar, kanalar, pashshalar kabi turlarni misol qilish mumkin. Pashshalar qutbdagi Dikson orolida joylashgan radiostantsiyada taxminan 1923 yilda paydo bo`lgan.
Ko`pchilik turlarning temir yo`llar orqali tarqalganligi to`g`risida ma`lumotlar bor. Masalan, 1934 yilda non ortilgan vagon orqali ikkita yumronqoziq Belorussiyaga, avtomobil yo`llari orqali opossum, iguana va zaharli kaltakesaklar Amerikaga keltirilgan. Xuddi shunday, kemalar va boshqa suzuvchi ob`ektlar ko`plab turlarning tarqalishiga sabab bo`lgan. Masalan, termitlar va boshqa ko`pgina tropik hasharotlar Odessa yaqiniga tarqalgan, 3 yil davomida dunyo ahamiyatiga ega bo`lgan Gamburg portiga bir qismi tropik kelib chiqishga ega bo`lgan 490 turdagi hayvonlar olib kelingan, Janubiy Frantsiyaning port shaharlarida yashovchi gekkonlar Aljirdan keltirilgan, Osiyoda uchrovchi shilliqqurt (Achatina fulica) Afrikadan kelib qolganligi va ushbu shilliqqurtning 1922 yilda Singapurda, so`ngra Saravakeda, ayni vaqtda esa Xitoyda uchrashi to`g`risida ma`lumotlar bor. Ba`zi joylarda esa mazkur shilliqqurt zararkunanda darajasigacha ko`tarilgan. O`rta Osiyo va O`zbekistonga keltirilgan ondatra, ilonbosh baliq, oq amur, gambuziya kabi turlar ham ayni vaqtda o`z areallarini kengaytirib bormoqda.
Tasodifan kelib qolgan turlarning ayrimlari xavfli zararkunandalar sanaladi va xo`jalikka katta ziyon etkazadi (kolorado qo`ng`izi, qand tsikadasi). Buning oldini olish maqsadida davlat chegaralarida karantin xizmati tashkil etilgan. Hayvonlarni ongli ravishda turli maqsadlarda olib kelish, ularni iqlimlashtirish amaliyotda keng qo`llaniladi. Yevropaga Shimoliy Amerikadan ondatra, Janubiy Amerikadan esa nutriya keltirilgan, ussuriy yenotlari Kavkazga, los esa Yangi-Zelandiyaga iqlimlashtirilgan. Xo`jalik uchun zararli bo`lgan hayvon turlariga qarshi biologik kurash maqsadida ham hayvonlar iqlimlashtirilgan. 1872 yilda zaharli ilonlar hamda qand plantatsiyalariga ziyon keltiruvchi kalamushlarni qirish maqsadida Antel orollari, Santa-Lyuchiya, Martinik, Gaiti, Yamayka va boshqa joylarga mangustlar iqlimlashtirilgan. Xuddi shunday, mangustlar Janubiy Afrika, O`rta Yer dengizi va Amerikaga ham keltirilgan. Apelsin va limonzorlarga jiddiy zarar keltiruvchi Lceria purchasi nomli hasharotga qarshi kurash maqsadida Avstraliyadan bu hasharotning tabiiy dushmani hisoblangan xonqizi keltirilgan va samarali natijaga erishilgan. Ba`zan, kolonistlar tomonidan o`z vatanlarini qo`msash, uni eslash maqsadida qator turlar, ayniqsa qush turlari bir hududdan boshqasiga olib kelingan. Shu usulda oddiy chumchuq Amerika va Janubiy Sharqiy Osiyoga tarqalgan. Yevropaning qator turlari Yangi-Zenlandiyaga, Yevropa va Amerika turlari Gavay oroliga keltirilganligi qayd etiladi. Bezgak pashshasiga qarshi kurash maqsadida ko`p joylarga amerikaning karpsimon baliqchalari (Girardinus va Gambusia) tarqatilgan. Dastlab Yangi-Zelandiyaning mahalliy faunasi tarkibida 3 turga mansub bo`lgan sutemizuvchilar (1 tur kalamush va 2 tur ko`rshapalak) uchragan va keyingi yillarda bu joyga mikroskopik kichik hayvonlardan tashqari 600 turdagi hayvonlar ongli ravishda keltirilgan. Buning oqibatida Yangi-Zelandiyaning haqiqiy faunistik qiyofasi tubdan o`zgargan. Bunday holat Avstraliya uchun ham xos. Yer yuzining turli joylarida Yevropa madaniyatining rivojlanishi oqibatida hayvonot dunyosi tarkibida ham turli o`zgarishlar sodir bo`lgan va bu jarayon ayni vaqtda ham davom etmoqda.
Fauna tarkibidagi o`zgarishlarning aksariyati yevropada tarqalgan hayvonlar hisobiga yuz berishini hisobga olgan holda, bu hodisa fanda “faunani yevropalashtirish”deb nom olgan. Ushbu hodisani o`rganish hayvonlarning tarqalishidagi ayrim qonuniyatlarni oydinlashtirish imkonini beradi hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi misollar insonning tabiatga ta`siri turli-tuman va chuqur bo`lishidan hamda muhim zoogeografik ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Zoogeografik omil tabiatga ta`sir qiluvchi va uning o`zgarishiga sabab bo`luvchi omil sifatida pleystotsen davrida Yevropada boshlangan. Madaniyatning rivoji va aholi sonining ortib borishi natijasida bu omilning ta`sir doirasi kengayib bormoqda. Ayniqsa keyingi 100 yillikda Yevropa va Shimoliy Amerikada uning oqibatlari yanada yaqqol namoyon bo`lmoqda.
Faunaga antropogen omillarning salbiy ta`sirlari natijasida ayrim turlar butunlay qirilib ketgan. Masalan, qadimgi gavayaliklar tomonidan ba`zi qush turlari, qadimgi polineziyaliklar tomonidan mao qushlari va Yangi-Zenlandiyadagi qushlarning ayrim avlodlari, Maskaran orollarida drontlar qirilib ketgan. Xuddi shunday kokilli qoravoy, steller sigiri, 1844 yilda esa qanotsiz gagaraning oxirgi jufti inson tomonidan nobud qilingan. G`arbiy Yevropada ayiqlar qirilib ketgan (1934 yilda Polshada 100 ta ayiq saqlanib qolgan), bo`ri, rossomaxa, los kabi turlar atigi bir necha sondagina saqlanib qolgan. Bir paytlar suvsarning areali to`liq bo`lgan, XX asrning boshlariga kelib esa u bir nechta alohidalashgan areallarga ega bo`lgan. Endilikda yuqorida qayd etilgan turlarning ko`pchiligini ov qilish ta`qiqlangan va maxsus muhofazaga olingan.
Ba`zi hollarda kelgindi turlarning mahalliy turlarni to`g`ridan-tug`ri qirishi va areallarini egallashi biotsenoz tur tarkibining o`zgarishiga olib keladi. Masalan, daydi mushuklar va itlar Yangi-Zelandiyadagi yaxshi ucha olmaydigan to`tilarning nobud bo`lishiga olib kelgan. Zaharli ilonlar va qand plantatsiyalariga ziyon keltiruvchi kemiruvchilarga qarshi kurash maqsadida ko`pgina joylarga keltirilgan mangustlar ba`zida beozor, foydali hayvonlarni ham qirishi kuzatilgan. Antil oroliga keltirilgan mangustlar toshbaqalar va yerga uya quruvchi qushlar, amfibiyalar, reptiliyalar (20 turdagi kaltakesak) va ularning tuxumlarini nobud qila boshlagan. Mazkur hayvonlarning qirilishi o`z navbatida zararli hasharotlarning ko`payishiga va oqibatda shakar qamish plantatsiyalarining ziyon ko`rishiga sabab bo`lgan. Bu esa o`z navbatida mangustlar sonini cheklashga sabab bo`lgan.
Hayvonlar yashaydigan joylarning inson tomonidan o`zlashtirilishi ham hayvonlarning tabiiy tarqalish areallari o`zgarishiga sabab bo`luvchi omillardan biridir. Bu keng tarqalgan jarayon bo`lib, o`rmonlarni kesish, yangi ekin maydonlarini yaratish, botqoqliklarni quritish, yo`llar qurish, to`g`onlar barpo etish va shu kabi boshqa faoliyatlar natijasida shakllanadi. Landshaftlarning o`zgartirilishi hayvonlarni to`g`ridan-to`g`ri qirishga qaraganda ham kuchliroq ta`sir doirasiga ega bo`lib, bunda nafaqat ayrim turlar, balki butun biokomplekslar yo`qotiladi. Xo`jalik yuritiladigan joylarda inson faoliyatining faolligi qancha yuqori bo`lsa, bu joylarda yashovchi urbofob turlar soni shuncha kam bo`ladi yoki aksincha. Ba`zi urbofil turlar esa aksincha, inson xo`jaligiga yaqin bo`lgan sharoitda yashaydi va o`z sonini oshirish qobiliyatiga ham ega bo`ladi. Bunday turlarga O`zbekistonda va boshqa joylarda keng tarqalishga va yuqori zichlikka ega bo`lgan kulrang kalamush, uy sichqoni, mayna, dala chumchug`i, go`ng qarg`a va ko`pgina hasharot turlarini misol qilish mumkin. Ayrim sinantrop turlar esa bevosita inson xo`jalik yuritadigan joylardagina uchraydi (suvaraklar, to`shak qandalasi, uy pashshasi, qishloq qaldirg`ochi, uy chumchug`i, yer kalamushlari va shu kabilar).
Ayrim turlarning vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun tabiiy landshaftlardan madaniy landshaftlarga ko`chib o`tish jarayoni ham keng tarqalgan hodisadir. Bunda yangi sharoitga nisbatan moslashish natijasida tur ekologiyasi va etologiyasida muayyan o`zgarishlar paydo bo`lishi mumkin. Inson tomonidan yaratilgan madaniy landshaftlar (qishloq, shahar, agrotsenoz) o`zlarining tarkibida tabiiy landshaftlarning ayrim elementlarini saqlaydi. Bu elementlar suv havzalari, o`rmonlar, tog`, dasht, cho`l va boshqalarga o`xshash bo`lib, ularda tabiiy landshaftlarga xos bo`lgan turlar uchraydi.
Yuqorida qayd etilganidek, faunistik majmualarga inson tomonidan ko`rsatiladigan har qanday ta`sir ba`zida inson manfaatlariga mos kelsada, deyarli hamma vaqt fauna uchun salbiy ahamiyatga ega bo`ladi. Muayyan hududda uzoq evolyutsiya natijasida shakllangan, shu joyning barcha biotik va abiotik omillariga moslashgan va muvozanatlashgan faunaning har qanday elementi inson tomonidan ko`rsatiladigan har qanday ta`sirdan o`zgarish xususiyatiga ega. Ayniqsa aborigen fauna elementlarining bunday ta`sirlardan o`zgarishi yaqqol namoyon bo`ladi. Xolbuki, bunday ta`sirlar ko`lami va darajasi inson ehtiyojlarining ortishi bilan ko`payib bormoqda.
O`zaro o`xshash landshaftlar majmuasidan tashkil topgan zoogeografik oblastlar va regionlar tarkibida sodir bo`ladigan o`zgarishlar mazkur hududning hayvonot olamiga kuchli ta`sir etadi va ko`pincha turlarning boshqa hududlarga migratsiya qilishiga yoki ularning qirilib ketishiga sabab bo`lishi mumkin.

Nazorat topshiriqlari


1.Fauna tushunchasini ta`riflang va unga xos xususiyatlar to`g`risida so`zlab bering?
2.Fauna tarkibi deganda nimani tushunasiz?
3.Endemizm va unga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
4.Fauna yoshi va genezisi tushunchalarini tavsiflab bering?
5.Faunada tur sonining ko`pligi yoki kamligini belgilovchi belgi va xususiyatlar nimalardan iborat?
6.Antropogen omillarning faunaga ta`siri va uning oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?
7.O`zbekiston faunasi haqida nimalarni bilasiz?
8.Faunani o`rganish qanday ahamiyatga ega?



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish