Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan



Download 7,35 Mb.
bet22/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
магистр)

Fauna tarkibida tur sonining ko`pligi yoki kamligi va uni belgilovchi ekologik omillar. Yuqorida ta`kidlanganidek, faunaning tur tarkibi uning muhim belgilaridan biridir. Ko`p hollarda fauna tarkibida tur sonining ko`pligi yoki kamligi u egallagan hudud maydonining katta-kichikligiga bog`liq bo`ladi. Buni turli faunalarning tur tarkibini o`zaro solishtirish orqali aniqlash mumkin. Ayrim hollarda esa fauna tarkibida tur sonining ko`pligi yoki kamligi u egallagan hudud kattaligiga bog`liq bo`lmaydi. Masalan, Palearktika oblastining maydoni juda keng bo`lishiga qaramasdan, uning faunasida turlar soni nisbatan kam bo`ladi. Faunada tur sonining ko`pligi ko`pgina omillarga, jumladan faunaning yoshiga, shakllanish jarayonidagi va ayni vaqtdagi mavjud ekologik sharoitga bog`liq bo`ladi. Faunada tur sonining ko`pligi uning tarkibidagi endemik turlar, avlodlar, oilalar kabi sistematik birliklarning soni bilan baholanadi.
Faunaga xos xususiyatlarni baholashda uning boshqa faunalar bilan faunistik aloqalari ham muhim o`rin tutadi. Shu bilan birga, faunaning muayyan hududning o`zida paydo bo`lishi, shakllanish darajasi endemik tur yoki avlodlarning mavjudligini o`zida aks ettiruvchi muhim belgidir. Faunani baholashda buni ham hisobga olish zarur.
Fauna tarkibidagi endemiklarning sistematik o`rni qancha yuqori pog`onani (oila, turkum, sinf) egallasa, fauna shu hududning o`zida shakllangan, ya`ni shu hudud uchun xos bo`ladi. Masalan, fauna tarkibida endemik turkum va oilalarning uchrashi faunaning alohidalashgan sharoitda uzoq muddat rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, fauna tarkibida faqat endemik turlar, ayniqsa kenja turlarning mavjudligi faunaning nisbatan yoshligidan va uning boshqa faunalar bilan bo`lgan turli-tuman aloqalaridan dalolat beradi. Masalan, Avstraliya va Neotropik oblastlar faunasi tarkibida endemik oila va avlodlar juda ko`pchilikni tashkil etgan bir vaqtda, maydonining katta bo`lishiga qaramasdan, Palearktika oblastida endemik oila va avlodlar juda kam. Bu holat Palearktika oblasti faunasida turlar soni kamligini ko`rsatadi.
Odatda, orollarning iqlimiy xususiyatlari va relefi materiklarga o`xshash bo`lsa ham, faunasi tarkibidagi turlar soni xuddi shunday kattalikdagi materiklar faunasidagi turlar soniga nisbatan doimo kam bo`ladi. Turlar soni orollar materiklardan qanchalik uzoqda joylashganligiga qarab kamayib boraveradi. Orol faunalariga xos bo`lgan tubdan farq qiluvchi xususiyatlar materiklardan olisda, okeanlarda joylashgan orollarda yaqqol namoyon bo`ladi. Pasxa, Galapogoss, Gavaya va boshqa orollarda shunday xususiyatlarni kuzatish mumkin. Bunday orollar faunasida turlarning juda kamligi faunaning materiklardan tasodifan keltirilgan yoki yaqin orollardan havo oqimi hamda suzib yuruvchi turli predmetlar orqali kelib qolgan hayvonlardan shakllanganligi bilan tushuntiriladi. Bu kabi orollarda ko`pincha sut emizuvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va ilonlar bo`lmaydi. Ba`zan butunlay alohidalanish natijasida orollarda o`ziga xos xususiy turlar va kenja turlar paydo bo`lishi mumkin. Gavayada nektarchi qushlarning 22 turi, Galapogoss orollarida darvin vyuroklarining uchrashi bunga misol bo`lishi mumkin. Yangi yashash joyida nisbiy alohidalashgan sharoitlarning turlicha bo`lishi, ularda dastlabki turdan bir necha turlarning hosil bo`lishiga olib keladi. Bu jarayon adaptiv radiatsiya deb ataladi va orol faunalari uchun xos bo`ladi.
Orollardagi biotsenoz tarkibida turlar soni kam, hayvonlar tomonidan foydalanilmayotgan hayot uchun zarur resurslar ko`p bo`ladi va umuman bo`sh ekologik joylar mavjud bo`ladi. Bu esa orollarning yangi turlar bilan egallanishiga sabab bo`ladi. Bunday biotsenozlar egallanmagan biotsenozlar deb yuritiladi. Orollarda va shu kabi faunasi tarkibida turlar soni kam bo`lgan boshqa joylarda ko`pincha relikt organizmlar saqlanib qolgan (Yangi-Zelandiyada gatteriya, Madagaskarda bir necha turdagi sodda primatlar). Turlar sonining kamligi, ko`pchilik turlar zichligining pastligi va faunaning alohidalashganligi sababli orol faunalari inson ta`sirida o`zining birlamchi qiyofasi va xususiyatlarini juda tez o`zgartiradi. Orol faunasidan tubdan farq qilgan holda, materiklar faunasida turlar soni ko`p va zichligi yuqori bo`ladi. Materik biotsenozlari turlar tomonidan to`liq egallangan bo`lib, mazkur turlar materikdagi mavjud kuchli raqobatli sharoitda yashashga moslashgan bo`ladi. Shu sababli yangi turlarni materiklarga iqlimlashtirish (Avstraliya bundan mustasno) orollarga qaraganda katta qiyinchilik bilan kechadi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish