Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan


- MAVZU:AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI



Download 7,35 Mb.
bet33/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
магистр)

8 - MAVZU:AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI

Reja:
1.Avstraliya zoogeografik oblastining geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. 2.Faunasiga umumiy tavsif.


3.Avstraliya va papuas (yangi gvineya) hududlarining faunasi. avstraliya faunasining “yevropalashtirilishi” va uning oqibatlari.


Avstraliya zoogeografik oblasti tarkibiga Avstraliya, Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, Kenguru, King, Flinders kabi orollar, Bismark, Solomonov arxipilaglari kiradi.


Avstraliyaning tabiiy sharoiti uning geografik joylashuvi, relefi va iqlimi bilan bog`liq. Materikning shimoliy qismi tropik, markaziy qismi subtropik, janubiy qismi esa mo``tadil mintaqada joylashgan.
Avstraliya zoogeografik oblasti turli mintaqalarda joylashganligi sababli bu yerda asosan tropik va subtropik iqlim hukmronlik qiladi. Faqat materikning janubiy qismi va Tasmaniyada mo``tadil iqlim kuzatiladi. Yangi Gvineya tropik mintaqada joylashgan bo`lib, uning asosiy qismi tropik o`rmonlar bilan egallangan.
Tog` tizmalari materikning chekka qismlarida joylashgan bo`lib, asosiy yog`inlarni ushlab qoladi va natijada materikning markaziy qismida nam tanqisligi kuzatiladi. G`arbiy sohillar Darling va Viktoriya past tog`liklari bilan hoshiyalangan, sharqiy sohil bo`ylab Katta suvayirg`ich tizmasi cho`zilgan bo`lib, uning alohida cho`qqilari 2200 metrga etadi.
Yomg`irlarning asosiy qismi Avstraliyaning shimoli-sharqiga (Kvinslend) yog`adi. Oblastning shimoli-sharqida tropik, uning janubida subtropik, yana ham janubda esa doimiy yashil (ochiq urug`li va keng bargli) o`rmonlar shakllangan. Tasmaniya orolida ham namlikning yetarli darajada bo`lishi bu yerda o`rmonlarning shakllanishiga olib kelgan. Avstraliyaning nam subtropik o`rmonlarida o`ziga xos yirik ekvaliptlar o`sadi. Janubi-g`arbiy qismi nisbatan quruq o`rmonlar bilan qoplangan. Tasmaniyada daraxtsimon paporotnik va buk (notofagus)dan iborat keng bargli o`rmonlar shakllangan. Namlikning yetishmasligi sababli materikning asosiy qismini cho`l, chala cho`l, dasht savanna va ba`zan juda zich qoplamlarni hosil qiluvchi akatsiya va boshqa qurg`oqchilikka chidamli daraxt va butalardan tashkil topgan skreblar egallaydi (skreb past bo`yli va qattiq bargli evkaliptlar yoki doimiy yashil akatsiyalardan iborat o`ziga xos o`simlik qoplamlari). Sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida yirik ekvaliptlardan, janubiy qismida esa akatsiyadan iborat o`rmonlar uchraydi. Yil davomidagi o`rtacha namlik Avstraliyaning turli rayonlarida turlicha bo`lib, o`ziga xos floristik tarkibning shakllanishiga olib kelgan. Florasi tarkibida doimiy yashil o`rmonlardan tortib tropik o`rmonlargacha bo`lgan oraliqdagi o`simlik qoplamlari shakllangan.
Avstraliyada qumli, tuproqli, sho`rxok, toshloq va boshqa tipdagi cho`llar uchraydi. Ularning har biri tegishli o`simlik va hayvonot olamiga ega. Hududning iqlimiy va floristik tarkibi hayvonot dunyosini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo`lib, oblastning turli mintaqalarida turlicha ahamiyat kasb etadi.
Avstraliya faunasining eng muhim belgisi faunaning orol xarakteriga egaligidir. Oblastgategishli ayrim orollar hech qachon o`zaro va Avstraliya materigi bilan aloqada bo`lmagan, mabodo aloqada bo`lgan taqdirda ham bu hodisa ancha qadimda sodir bo`lgan. Avstraliya yirik orol bo`lib, unda orollarga xos xususiyatlar namoyon bo`ladi. Shu sababli oblastning faunasi butunlay orollarga xos bo`lib, birinchidan tarkibida turlar soni kam, ikkinchidan endemiklarining ko`pligi bilan ajralib turadi. Avstraliyada boshqa faunistik oblastlarga xos bo`lgan ko`pchilik turlar uchramaydi, uchraganlari esa inson faoliyati natijasida bu yerda tarqalgan.
Avstraliya cho`llaridagi o`simliklarning asosiy qismi sho`r ko`llar yoki doimiy bo`lmagan soylarning atroflaridagina tarqalgan. Shu kabi cho`llarning mazkur qismlarida hayvonot dunyosi tarkibida turlar soni ham nisbatan ko`p. Avstraliya cho`llarida yashaydigan hayvonlarning ekologik guruhlari va ekologik xususiyatlarida yer sharining boshqa qismlaridagi cho`llarda yashovchi hayvonlarga juda o`xshash bo`lgan belgilarni kuzatish mumkin. Cho`lga xos bo`lgan qator ekologik omillar hayvonot dunyosi uchun ekstremal sharoit yaratadi. Bunday sharoit ayrim turlar uchun noqulayliklar tug`diradi va shu sababli Avstraliya cho`llari faunasi tarkibida turlar soni ancha kam bo`ladi. Cho`llarda yashovchi hayvonlarda moslashish bilan bog`liq morfo-fiziologik belgilar yaqqol namoyon bo`ladi va bu xususiyat ularning etologiyasida o`z aksini topadi. Avstraliya cho`llarida olib boriladigan har qanday antropogen faoliyat bu joydagi hayvonot dunyosining tur tarkibiga u yoki bu darajada juda tez ta`sir etadi. Shu sababli cho`l hayvonlarini muhofaza qilish, ayni vaqtda Avstraliyaning dolzarb muammolaridan biriga aylangan.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish