Qarshi davlat universiteti zologiya va fi ziologiya kafedrasi zoogeografiya fanidan


Sharqiy-Osiyo yoki Himoloy-Xitoy hududi



Download 7,35 Mb.
bet32/81
Sana18.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#561100
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
магистр)

Sharqiy-Osiyo yoki Himoloy-Xitoy hududi. Mazkur zoogeografik region Osiyo materigining tropik bo`lmagan janubi-sharqiy qismini, ya`ni Primore, Shimoliy va O`rta Xitoy, Koreya, Yaponiya (Xokkaydo oroli bunday mustasno), Sharqiy Tibet va Himoloyning janubi-sharqiy yonbag`rini o`z ichiga oladi. Uning chegaralari hamma joyda ham, ayniqsa shimol va janubi-sharqda aniq emas, g`arbda esa aynan Katta Xingan tizmasi bo`ylab o`tadi.
Iqlimi iliq, yog`in miqdori yuqori va ayniqsa yoz oylarida, okeaning yumshoq va nam ta`siri hamma joyda sezilib turadi. O`simlik qoplamining asosini bargli o`rmonlar, janubda esa doimiy yashil o`rmonlar tashkil etadi. Hududning katta qismini tog`lar egallagan bo`lib, iqlim va o`simliklarning taqsimlanishi vertikal zonallikka bo`y sunadi. Faunasi juda xilma-xil va bu holat uning geografik joylashuvi, ya`ni Janubi-Sharqiy Osiyo tropiklari bilan chegaradoshligiga bilan belgilanadi. Ayrim joylarda indo-malay formalari bilan aralashuv sezilarli darajada namoyon bo`ladi. Bu yerda amerika guruhlarini ham uchratish mumkin. Martishkasimon maymunlarning (ayiqsimon makak, yapon makaki) mavjudligi faunaga muayyan ekzotiklik baxsh etadi.
Ushbu hudud bug`ularning kelib chiqish markazi bo`lganligi to`g`risida ko`p qarashlar bor. Haqiqatda bu yerda bug`ularning har xil guruhlari, ya`ni mayda bug`ulardan tortib, suv bug`ulari va yirik xoldor hamda oq tumshuqli bug`ulargacha uchraydi. Uzoq o`tmishda Shimoli-Sharqiy Xitoyda juda ko`p sonda uchrovchi yirik david yoki milu bug`usi (Elaphurus davidianus) ayni vaqtda faqat tutqunlikda saqlanib qolgan. G`arbiy Xitoy tog`larida tuyoqlilardan asl echkilar kenja oilasi yashaydi (goral, serau, takin). Hasharotxo`rlar orasida endemiklari ko`p. Ularga gimnurlar oilasining turlarini misol qilish mumkin (Sichuan tog`larida yashaydigan xitoy gimnuri). Bundan tashqari krotsimonlardan mogera avlodi vakillari uchraydi. Kemiruvchilardan bir necha turdagi dumsiz sichqonlar, janubiy osiyo endemik dala sichqonlari va kalamushsimon olaxurjunlar tarqalgan.Yirtqichlar ko`p va ular orasida keng tarqalgan bo`ri va tulkilar bilan bir qatorda, yenotsimon it, qizil bo`ri, ayiqlarning bir necha turlari (himoloy ayig`i yoki qora ayiq–Ursus thibetanus) uchraydi. yenotlarga yaqin bo`lgan Amerikada tarqalgan sharqiy osiyo pandalari bu yerdagi o`ziga xos turlardan sanaladi. Kichik pandaning (Ailurus fulgens) areali janubda hudud chegarasidan tashqariga chiqadi, ammo uning vatani Janubi-G`arbiy Xitoydir. Panda tunda faol bo`lib, kunduzlari daraxtlarning ustida uxlaydi. U bambukning novdalari, o`tlar, mevalar, ba`zan qushlarning tuxumi va jo`jalar bilan oziqlanadi. Katta panda (Ailuropoda melanoleuca) ayiq bolasiga o`xshash bo`lib, qisqa va yo`g`on oyoqli og`ir tanaga ega. Barmoqlari va tovonining ostki qismi bambukning silliq poyasini ushlab turishga moslashgan. Pandalar uzun dumining mavjudligi bilan ayiqlardan ajralib turadi. Bu yerda yo`lbars, leopard, ilvirs (qor barsi), yirik suvsar va boshqalar uchraydi.
Ornitofaunasi tarkibida turlar soni ko`p bo`lib, uning tarkibida qirg`ovullarning bir necha avlodlari (tillarang, olmos, qirol, shoxdor va monal qirg`ovullari) uchraydi. Turli avlod va turlarga mansub qirg`ovullar asosan xitoyning tog` faunasiga tegishli. Turnalar bu yerdagi qator rayonlarda muqaddas qush sanaladi. Yo`qolib ketish arafasidagi turlardan qizil oyoqli ibis (Nipponia nippon), endemik laylaklar va chiroyli mandarinkalar uchraydi.
Reptiliyalar orasida Trionyx avlodiga mansub uch tirnoqli toshbaqalar tarqalgan. Ulardan xitoy trioniksi iste`mol qilinadi. Ilonlardan chipor ilonlar (qizil yelkali, yapon, ingichka dumli va amur chipor ilonlari) xilma-xil va keng tarqalgan. Qora ilonlarning bir necha turlari va sharq qalqontumshuq iloni ham bu hudud uchun xos. Kaltakesaklardan ajoyib o`rmon uzundumlilari uchraydi. Ularning juda uzun dumi daraxt shoxlariga ilashishga va shu tarzda butun tunni o`tkazishga xizmat qiladi. Gekkon va stsinklarning ham bir necha turlari uchraydi. Amfibiyalar orasida dumlilar o`ziga xos bo`lib, Xitoy, Koreya, Yaponiya va Primoreda tarqalgan muguz tirnoqlarga ega tirnoqli tritonlarning ayrimlarida o`pka yo`q va nafas olish teri orqali sodir bo`ladi. Yaponiya va Sharqiy Xitoyning tog`laridagi daryolarda uchrovchi ispolin salamandrasi (Megalobatrachus japonicus) hozirgi amfibiyalarning eng yirigi (160 sm) bo`lib, ovqatga ishlatilishi sababli juda kamayib ketgan. Qurbaqa va baqalar orasida endemiklari uchraydi.CHuchuk suv baliqlaridan gorchak, kaluga, xitoy laqqasi, kasatkasimon laqqa, kumushrang karas, oq va qora amur, oq va qora lesh tarqalgan. Mayda turlarining ayrimlari chiroyli tusga va qiziq xatti-harakatga egaligi uchun akvariumlarda saqlanadi.
Bu yerda uchrovchi hasharotlar orasida endemiklar ko`pchilikni tashkil etadi. Xitoy, YAponiya va Primoreda uchrovchi hasharotlar to`liq o`rganilmagan bo`lishiga qaramay, turlarning 50% dan kam bo`lmagan qismini endemiklar tashkil etishi to`g`risida ma`lumotlar bor.
Nazorat topshiriqlari
1. O`zbekistonning tabiiy sharoitini hayvonlarning yashash muhiti sifatida baholang?
2. O`zbekiston faunasi va unga xos xususiyatlar to`g`risida so`zlab bering?
3. O`zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida nimalarni bilasiz?
4. O`zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash va yovvoyi hayvonlarni ko`paytirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida nimalarni bilasiz?
5. Palearktika faunasiga antropogen omillarining ta`siri va uning oqibatlari to`g`risida so`zlab bering?
6. Oblast faunasini muhofaza qilish bo`yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?
7. Palearktika zoogeografik oblasti faunasini boshqa oblastlar faunasi bilan solishtiring va tahlil qiling?

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish