Qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiv lanlar fakulteti milliy goya, ma



Download 320,33 Kb.
bet7/36
Sana20.06.2022
Hajmi320,33 Kb.
#681118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
voyaga yetmaganlar huquqbuzarligini oldini olish

Axloq tuzatish ishlari
Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.
Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlaming o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlami yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora- tadbirlami amalga oshirilib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida yoshlarga doir davlatimiz siyosatining bir qator huquqiy asoslari yaratildi.
Xususan, mamlakatimizda yoshlar siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, shuningdek yoshlaming manfaatlariga daxldor bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy munosabatlami tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi. Xususan, mustaqillikning dastlabki davrlaridanoq, ya’ni 1991 yil 20 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan boTib, ushbu qonunning yangi tahriri esa 2016 yil 15 sentabrida kuchga kirdi. Mazkur Qonun yoshlar manfaatini himoya qilish, ulaming jamiyatimizda munosib o‘rin egallashlari uchun tegishli imkoniyatlami yaratishga xizmat qilmoqda.
Ammo, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi kun, bugungi davr bu sohadagi ishlami yaxshilash, yoshlaming manfaatlarini ta’minlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani yanada takomillashtirish va shu asosda yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlami ochib berishni taqozo etmoqda. Turli huquq sohalaridagi kabi jinoyat va jinoyat- protsessual qonunchiligida ham bola, o'smir, voyaga yetmagan shaxs va yoshlaming ijtimoiy, ruhiy, fiziologik xususiyatlari e’tiborga olinib, ma'lum imtiyoz va yengilliklar o‘z aksini topgan.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni liberallashtirish va ularga nisbatan jazo tayinlashni takomillashtirish har doim mamlakatimizda muhim ahamiyat kasb etib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1994 yil 22 sentabrda qabul qilinganida, unda “Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari”, deb nomlanuvchi alohida boTimda o‘z aksini topib, ulaming o‘ziga xosligi, ya’ni voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo turlari, ulaming miqdori va muddati, shuningdek, voyaga yetmaganlarga majburlov choralarini qoTlash, ulami jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Amaldagi Jinoyat kodeksiga muvofiq voyaga yetmaganlarga nisbatan quyidagi beshta jazo o‘z aksini topgan, bular: jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish. Shu bilan birga voyaga yetmaganlarga nisbatan ularni jinoiy jazo yoki javobgarlikdan ozod qilish sharti bilan uchta majburlov choralari, ya’ni sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so'rash majburiyatini yuklash, o‘n olti yoshga toTgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zarami o‘z mablagT hisobidan yoki mehnati bilan toTash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash va voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirishdir.
O‘tgan yillarda yuqorida qayd etilgan boTimga' o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida oltita qonun qabul qilingan boTib, ular sakkizta moddaga taalluqlidir.
Jumladan, Jinoyat kodeksi 81, 84, 89, 90-moddalariga ozodlikni cheklash jazosi va uni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar kiritilishi, 82-moddaning birinchi jumlasi chiqarib tashlanishi, 83-84-moddalardan “o‘n olti yoshga to‘lgan” yoki “hukm chiqarilgan paytdan o‘n olti yoshga to'lgan shaxslarga nisbatan” degan so‘zlar chiqarib tashlanishi, 85-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridan “a”, bandining chiqarib tashlanishi, ya’ni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmasligi, ularga nisbatan jazoni o‘tash muassasi sifatida umumiy yoki kuchaytirilgan koloniyalar tarbiya koloniyalariga o‘zgarishi, 87-modda ikkinchi qismidagi uch yiladn ko‘p bo‘lmagan muddat so‘zlari besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddat so‘zlari bilan almashtirilishi munosabati bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Yuqorida qayd etilganidan ko‘rinib turganidek, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy jazolar va ulami qo‘llash masalari har doim mamlakatimiz diqqat e’tibrida bo‘lib kelgan.
Amalga oshirilgan islohotlami davom ettirish, jumladan sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolaming huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bugungi kunda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi.
2016 yil 21 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4850-son Farmoni qabul qilinganligi buning yaqqol misolidir. Mazkur farmonda sakkizta ustuvor yo‘nalishda 45 ta aniq chora tadbirlami amalga oshirish belgilangan. Jumladan, Kompleks rejaning 6-bo‘limi “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolami liberallashtirish o‘z aksini topgan.
Farmonda belgilangan vazifalami amalga oshirish va voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolami liberallashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi quyidagi normalarini takomillashtirish taklif etiladi:
Birinchidan,voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy jazolaming ozodlikdan mahmm qilishga muqobil bo‘lgan turlarini kengaytirish. Jumlanadan, JK 82-moddasiga yangi “Majburiy jamoat ishlari” jazosini kiritish maqsadga muvofiq;
Ikkinchidan,voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima jazosini tayinlashni yanada takomillashtirish, ya’ni ularga jarima jazosini bo‘lib-bo‘lib to‘lashni joriy etish maqsadga muvofiq. Bunda jarimaning eng kam oylik ish haqini 2 baravaridan 20 baravarigacha bo‘lgan miqdorini oylarga bo‘lib-bo‘lib tayinlashni nazarda tutish lozim;
Uchinchidan,voyaga yetmaganlarga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlashga oid qoidalami aniqlashtirish kerak. Bunda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlash oqibati sifatida qamoq jazosiga almashtirish o‘miga boshqa jazoni, jumladan ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirish maqsadga muvofiq;
To‘rtinchidan,yuqoridagilar bilan bir qatorda Jinoyat kodeksi 83-moddasiga - “axloq tuzatish ishlari jazosi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taTim muassasalarida o‘qiyotgan o'quvchilarga nisbatan tayinlanishi mumkin emas”, degan imperativ normani kiritish maqsadga muvofiq;
Beshinchidan, Jinoyat kodeksi 86-moddasiga “voyaga yetmagan shaxs tomonidan jinoyatga suiqasd sodir etilganda, unga Kodeksning maxsus qismi sanksiyasidagi maksimal muddat yoki miqdoming ikkidan bir qismidan oshmagan holda jazo tayinlanadi”, degan normani kiritish maqsadga muvofiq. Chunki amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoyatga suiqasd qilganlik uchun jazo tayinlash masalasi umumiy tarzda belgilangan boTib, ushbu qoida voyaga yetmaganlarga nisbatan alohida belgilanmagan.
Xulosa sifatida qayd etish lozimki, mamlakatimizda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy jazolami liberallashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar: birinchidan, jinoiy jazo tizimida ozodlikdan mahmm qilishga muqobil boTgan jazolaming keng qoTlanilishi takomillashtirish; ikkinchidan, jinoyat qonunini liberallashtirishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan muqobil jazo turlarini kengaytirish; uchinchidan, jazo tayinlashda shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish imkonini beradigan jazo turlarini kengroq foydalanish; to‘rtinchidan, milliy qonunchiligimizda muqobil jazo turlarining keng joriy etilishini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoida va tamoyillariga moslashtirish va boshqa shu kabi insonparvarlik va odillik yo‘nalishlarda davom ettirilishi maqsadga muvofiqdir.

  1. MAVZU: VOYAGA YETMAGANLARNI MAJBURLOV CHORALARINI QO‘LLAGAN HOLDA JAVOBGARLIKDAN YOKI JAZODAN OZOD QILISH

Majburlov choralarini qo‘llagan holda jinoiy jazodan ozod qilish faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Majburlov chorasini qo‘lash uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak:

  1. jinoyat sodir etish vaqtida shaxsning 18 yoshga to'lmaganligi;

  2. uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan bo‘lsa;

  3. shaxsni jazo chorasini qo‘llamasdan turib tarbiyalash mumkin bo‘lsa;

  4. o‘z yoshiga nisbatan rivojlanish darajasi ancha orqada qolgan bo‘lsa va o‘z qilmishining xususiyatini anglab yetmagan bo‘lsa.

Sud voyaga yetmagan shaxsning aqliy rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida sud- psixatrik ekspertizasini tayinlaydi va Ekspertiza xulosasiga muvofiq jinoiy jazodan majburlov choralarini qo‘llash orqali ozod qilish masalasini xal qiladi.
Majburlov choralarini qo‘llab, jazodan ozod qilishda sud yuqoridagi shartlardan tashqari aybdoming shaxsi, jinoyatning xususiyati (obyekti, vaqti, joyi, sharoiti, usuli, aybning shakli, jinoyatning motiv va maqsadi, yetkazilgan zaraming miqdori e’tiborga olishi mumkin) Voyaga yetmaganlami jazodan ozod qilish ulami jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga o‘xshasada, undan farq qiluvchi qatiy talab va chegaralarga ega. Voyaga yetmagan:

  1. faqat sud tomonidan;

  2. voyaga yetmagan shaxs tomonidan birinchi marta ijtimoiy xavfi katta yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa;

  3. tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov chorasini qo‘llash orqali jazodan ozod qilinadi.

Voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish sud tomonidan shaxsni aydor deb topish
orqali hukmda jazo tayinlamasdan amalga oshiriladi, ammo majburlov chorasi belgilanadi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra majburlov choralari tarbiyaviy xususiyatga ega. Sud majburlov chorasini qo‘llayotganda tarbiyalash maqsadini ko‘zlashi lozim. Shu bilan birga sud tomonidan qo‘llanilayotgan ushbu chora majburlov xususiyatiga ega. Bu majburlov chorasining faqat sud tomonidan qo‘llanishia va voyaga yetmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining ixtiyoriga bogliq bo‘lmagan holda ijro etilishida ifodalanadi. Bu ta’sir chorasining ijrosi davlat xokimiyati organlari tomonidan taminlanadi. Shunday qilib majburlov chorasi tuzilishiga ko‘ra tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lsa, ijro etilishiga ko‘ra majburiy xususiyatga ega.
Majburlov choralari tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Xar bir tasir chorasi voyaga yetmaganlami tarbiyalashda o‘z xususiyatiga ega. Jinoyat kodeksi 88-moddasiga muvofiq majburlov chorasining quyidagi turlari farqlanadi:


  1. Download 320,33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish