Uyga vazifa:
Reptiliyalarning tuzilishi mavzusini o’qing.
Mavzu: Reptiliyalarning tuzilishi
Darsning maqsadi: Tez kaltakesakning morfo-anatomik tuzilishi va ko’payishini o’rganish bilan sudralib yuruvchilar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda hayot kechiruvchi umurtqalilardir. Ayrim vaqillari ikqilamchi suvda yashashga o’tgan. Sudralib yuruvchilarning gavdasi boshdan oxirigacha muguz (shox) tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan (epidermisning hosilasi). Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol o’ynaydi.
Teri bezlari deyarli yo’q. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat ko’pchiligida yaxshi rivojlangan 5 barmoqli oyoqlari bo’ladi. Bundan tashqari suvda ham quruqlikda yashovchilardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi.
Bosh miyasi ancha yaxshi taraqqiy etgan. Arterial qon bilan venoz qon yurakda ancha ajralgan holda bo’ladi. Ko’krak qafasining kengayishi munosabati bilan nafas olish qovurg’alar harakati yordamida yuzaga chiqadi. Maxsus siydik yo’llari bo’lgan va ancha mukamallashgan chanoq (metanefretik) buyrak yuzaga keladi. Yirik tuxum qo’yishi va tuxumini ichkarida urug’lantirish yo’li bilan quruqlikda ko’payadi. Skeleti to’la ravishda suyakga aylangan.
Hozirgi zamondagi sudralib yuruvchilar mezazoy erasida faqat quruqlikda emas balki yer yuzidagi barcha dengizlarda ham tarqalgan juda ko’p va xilma xil sudralib yuruvchilarning yakkam-dukkam qoldiqlaridir.
Mezazoy erasining oxirida ular ancha progressivroq bo’lmish qushlar va sut emizuvchilar tomonidan siqib chiqarilgan va shu kunlargacha yashab qolgan to’rtta guruhini hisobga olinmaganda barchasi qirilib ketgan.
Sudralib yuruvchilarning tuzilishi tez kaltakesak – Lacerta agilis misolida ko’riladi.
Mavzu bo’yicha boshlang’ich bilimni tekshirish
Kirish testlarini ishlang:
1. Reptiliyalar tepa organi nimani sezadi? A-tovushni, B-hidni, V-yorug’likni, G-haroratni.
2. Ingichka va yo’g’on ichak chegarasida qanday tuzulma bor? A-ko’r ichak, B-chambar ichak, V-ichak burmasi, G-yo’g’onlashgan halqa.
3. Reptiliyalarda nafas akti qanday sodir bo’ladi? A-tomoq osti nasos vazifasini bajaradi, B-qovurg’alararo muskullarining qisqarishi natijasida, V-o’pka qisqarish xususiyatiga ega, G- qorin muskullarining qisqarishi natijasida.
4. Reptiliyalar yurak qorinchasidan nechta arteriya chiqadi? A-bitta, B-bir juft, V-bitta aorta, G-uchta arteriya.
5. Reptiliyalar buyragi qanday ataladi? A-protonefritik, B-metanefritik, V-mezanefritik, G-tana buyragi.
Do'stlaringiz bilan baham: |