b) Etilbenzoat (benzoy kislotaning etil efiri)
Reaktivlar:
Benzoy kislota 12.2 g (0.1 mol)
Spirt 95% li 35 ml (0.6 mol)
Sulfat kislota; natriy karbonat; efir; kalsiy xlorid.
Reaksiya tenglamasi:
100-150 ml hajmli yumaloq tubli kolbada ko’rsatilgan miqdorda benzoy kislota va spirt olib, unga 4 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi va 3-4 bo’lak qaynatkich-chinni bo’lakchalari tashlanadi.
Kolba qaytarma sovitkichga ulangan holda aralashma suv hammomida 3 soat davomida qaynatilgandan so’ng ortiqcha spirt iloji boricha to’liq haydaladi.
Kolbada qolgan modda 80 ml sovuq suvga quyilib natriy karbonat bilan neytrallanadi.
Ajralgan moy dietil efirda o’tkazilib, ajratkich voronkada efir qismi ajratib olinib, kalsiy xlorid bilan bir necha soat quritiladi. Dietil efirli qism kichikroq Vyurs kolbasiga solinib, dietil efir suv hammomida haydaladi, so’ngra benzoy kislotaning eti efiri gorelkada kichikroq alanga bilan havo sovitgichi orqali haydalib olinadi.
Etil benzoatning qaynash temperaturasi 211,7 C, solishtirma og’irligi =1.051; =1,5029. Miqdori 10-12 g.
6- LABORATORIYA ISHI
METALLORGANIK BIRIKMALAR YORDAMIDA SINTEZLAR
n-OKTAN
Reaktivlar:
Butil bromid 24.6 ml yoki 1 g (0.23 mol)
Natriy metali 7.7 g (0.33 gramm-atom)
Spirt; sulfat kislota; natriy bikarbonat; kalsiy xlorid; kumush nitrat.
Reaksiya tenglamasi:
Tayyorlangan asbob yaxshi quritilgan bo’lishi kerak
200 ml sig’imli, yumaloq tubli, ikki og’izli kolba tomizgich voronka va kalsiy xlorid trubkali qaytarma sovitgich bilan jihozlanib, unga oksid pardasidan tozalangan va mayda kesilgan 7.7 g natriy tashlanadi va tomizgich voronkadan kalsiy xlorid bilan quritilib haydangan 24.6 ml butil bromid minutiga 20-30 tomchi quyiladi. Kolba vaqti-vaqti bilan chayqatilib, temperatura ko’tarilib ketmasligi uchun sovuq suvda sovitib turiladi. Reaksiya tamom bo’lishi uchun reaksion aralashma 1 soat davomida suv hammomida qizdiriladi.
So’ngra kolba sovitilib qaytarma sovitgich Libix sovitgichi bilan almashtirilib, oktan moy hammomida oxirgi tomchisigacha haydab olinadi (haydash protsessining oxirida moy hammomining temperaturasi 170 C gacha ko’tariladi).
Haydab olingan oktanning tarkibida odatda oz miqdorda reaksiyaga kirishmay qolgan butil bromid bo’ladi. Uning bor-yo’qligini bilish uchun reaksiya mahsulining bir necha tomchisi kumush nitratning spirtdagi 1-2 ml eritmasi bilan qizdiriladi; agar butil bromid bo’lsa, hosil bo’lgan kumush bromid hisobiga suyuqlik loyqalanadi.
Butil bromid borligi aniqlansa, olingan suyuqlik suv hammomida, qaytarma sovitgichli kolbada, bir necha bo’lak natriy metali bilan uning yangi kesilgan yuzasi ko’k rannga o’tmay qolguncha qizdiriladi.
Oktan natriy qoldiqlaridan ajratilib, alkogolyat hosil bo’lguncha natriyga oz miqdordagi 95% li spirt quyiladi.
So’ngra unga 15 ml suv quyilib, ajratib olingan oktan eritmaga qo’shiladi va ajratkich voronka yordamida oktan qatlami ajratib olinadi.
Oktan ikki marta 15ml konsentrlangan sulfat kislota, suv, natriy bikarbonat eritmasi va yana suv bilan yuviladi.
So’ngra oktan kalsiy xlorid bilan quritib haydaladi.
Toza n-oktanning qaynash temperaturasi 125,6OC = 0,7025, =1,3974
Reaksiyadan qolgan natriy qoldiqlarini portlash ro’y bermasligi uchun rakovinaga yoki kislota xurmachalariga tashlash kerak emas. Ularni 95% li spirtda to’la eritib yuborish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |