Elementlarning tabiatda tarqalishi: Oltingugurt ming yillardan buyon ma’lum bo‘lgan va ishlatilib kelingan. Bunga asosiy sabab vulqon sodir bo‘lgan joylarda elementning sof holatda tarqalgandir (Masalan: O‘rta yer dengizi, Meksiko, Chili va Yaponiya ). Tarixdan shu maskanda istiqomat qilgan odamlar oltingugurtni turli xil maqsadlarda ishlatishgan. Tabiatda tarkibida oltingugurt tutgan bir nechta minerallarni uchratishimiz mumkin, shu o‘rinda galenit (PbS), rux yaltirog‘i (ZnS), kinovar (HgS), pirit (FeS2), gips (CаSО4), va xalkopirit (CuS2). Qora porox tarkibi oltingugurt, ko‘mir va kaliy nitrat aralashmasi ming yillar oldin qurol sifatida ishlatilgan..
Tellur 1782 yilda Baron F.J. Myuller von Reichenstein tomonidan kashf etilgan va selen esa Berselius tomonidan 1817 yilda kashf etilgan. Poloniyni 1898 yilda Mariya Kyuri tomonidan kashf qilindi va uning nomi element aniqlangan vatan sharafiga atab qo‘yilgan (Polsha). Tellur nomi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “tellus” - "yer" degan ma’oni anglatadi va selen esa yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “selene”, ya’ni "oy" degan ma’noni anglatadi. O‘zining tarkibida oltingugurt tutgan moddalar, shuningdek, kam miqdorda selen va tellur ham saqlaydilar va bu birikmalar elementlar asosiy manbai hisoblanadi. Misni elektrolitik qayta ishlash jarayonida, anodda ba’zan selen va tellurlarni ham ajratib olish mumkin. Oltingugurt elementining ulkan zahiralar (Texas va Lousina shtatlarida) topilgan va element asosan uch quvurga asoslangan Frash usuli orqali olinadi. Bu jarayonda, oltingugurt (119 °C da suyuqlanadi) birinchi quvur orqali yuborilgan qaynoq suv bug‘lari yordamida oltingugurt suyuqlantirilayotgan vaqtda, ikkinchi quvur orqali yuqori bosim ostidagi havo yer tubiga, oltingugurt olinayotgan joyga yuboriladi va natijada uchinchi quvurdan toza holdagi suyuq oltingugurt ajralib chiqadi.
S8 suyuqlanish (sariq suyuqlik) S8 halqa ochiladi, chiziqli molekulalar hosil bo‘ladi, qora yopishqoq massa hosil bo‘ladi atomlarga ajralish S8 S4 S2 (harakatchan holdagi suyuqlikka aylanadi) qaynash (oltingugurt qaynay boshlaydi) sariq-jigarrang bug‘lar hosil bo‘ladi. Bular S atomlaridir hamma bosqichlar boshqatdan qaytariladi.
Oltingugurt odatda rombsimon shaklida uchraydi, qariyb 105 °C haroratgacha barqarorligini saqlab qoladi. Bu temperaturadan yuqoriroqda esa monoklinik tuzilish barqaror hisoblanadi. Suyuq holatdagi oltingugurtni sovuq suvga quyib, uni tez sovutish orqali, oltingugurtning plastik modifikatsiyasini olish mumkin, biroq vaqt o‘tishi bilan u yana rombsimon shakliga o‘tadi. Molekulyar holatda, element S8 ko‘rinishda uchraydi va quyidagicha tuzulishga ega.
Oltingugurt bug‘ holatida S8, S6, S4, va S2 (О2 o‘xshagan holda paramagnit) kabi aralashmalardan iborat bo‘ladi. S8 molekulasi qutbli bo‘lmaganligi sababli, qutbsiz erituvchilarda CS2 va C6Н6 yaxshi eriydi. Selen molekulasi ham o‘z tarkibida sakkizta atomi saqlaydigan siklik molekula hisoblanadi. Biroq, tellur tipik metall sifatida qaraladi. Ularning bug‘lari ham, oltingugurt singari 2, 6 yoki 8 atom tutgan molekulalardan tashkil topgan. Har ikkisi ham yaxshi yarimo‘tkazgichlar hisoblanadi va selen tozalovchi vosita sifatida foydalaniladi. Selen yengil hisoblagich sifatida ham foydalanilar edi, ammo hozirgi kunda boshqa turli sezgir hisoblagichlar mavjud ekanligi aniqlangan va foydalanilmoqda.
Suyuq oltingugurt o‘ziga hos xususiyatga ega, ya’ni harorat ortishi bilan uning yopishqoqligi ham ortib boradi, va 170-180 °C oralig‘ida o‘zining maksimum qiymatiga erishadi. Yuqori haroratda, esa uning yopishqoqligi harorati ortishi bilan kamayib boradi. S8 molekula tarkibidagi bog‘lar uzila boshlagan vaqtda, bog‘lar o‘zaro birikib uzun zanjirli agregatlar hosil bo‘ladi. Haroratni oshirish davom ettirilganda, uzun zanjirlar yana uzila boshlaydi va modda yopishqoqligi kamayadi. Selen ushbu o‘zgacha xossani o‘zida namoyon qilmaydi.
Oltingugurtning turli xil birikmalari, turli xil maqsadlarda foydalanilishiga qaramay, bu elementning asosiy qismi (85%) sulfat kislota olish uchun foydalaniladi va shu sintez qilingan kislotaning qariyb uchdan ikki qismi esa o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Oltingugurtning reaksion qobiliyati yuqoridir, shu boisdan u ko‘pgina boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan, havoda ko‘k rangli alanga hosil qilib yonadi
Oltingugurt kumush bilan qo‘ng‘ir rangli mahsulot hosil qiladi.
Oltingugurt fosfor va galogenlar bilan ta’sirlashib binar birikmalar hosil qiladi.
Bundan tashqari, oltingugurt turli-xil moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan, u sulfit kislota bilan ta’sirlashib tiosulfatni hosil qiladi.
Oltingugurtni sianid tuzlariga qo‘shish orqali tiotsianat (rodanid) sintez qilinishi mumkin.
S8 fosforning quyi valentli turli xil birikmalari bilan ham reaksiyaga kirishadi:
Oltingugurt ketanatsiya hossasini o‘zida mujassamlashtirganligi sababli, sulfid eritmalari bilan ta’sirlashib polisulfidlarni hosil qiladi.
Shu hossasi bilan oltingugurt iodni (iod molekulalarining o‘zaro ta’siridan poliiodidlarning hosil bo‘lishi) eslatadi. Oltingugurt hatto uglevodorodlar tarkibidagi vodorod atomlarini ham siqib chiqarib, C – C bog‘ hosil qiladi va natijada H2S hosil bo‘ladi. Oltingugurt issiq konsentrlangan nitrat kislotada eriydi va reaksiya quyidagicha ketadi.
Quyidagi reaksiya tenglamalarida selen va tellurning oltingugurt kabi xossalarni namoyon etishi keltirib o‘tilgan.
Biroq, selen va tellur vodorod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirlashmaydi, shu sababdan bu elementlarning vodorodli birikmalari dastavval metal bilan ta’sirlashtirib, so‘ngra hosil bo‘lgan birikmani kislotada eritib olinadi. Selen va tellur sianidlar bilan reaksiyaga kirishib mos ravishda selenotsianatlar va tellurotsianatlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |