Kislorodning ishlatilishi. Sanoat miqyosida kislorod ishlatilishi jihatidan sulfat kislota (Н2SО4)va azotdan keyingi o‘rinda turadi. AQSH ning o‘zida yiliga taxminan 3x1010kg (30 million tonna) kislorod ishlatilsa O‘zbekistonda 3,5 million tonna ishlatiladi. U po‘lat kontenarlarda suyuq holatda yoki siqilgan gaz holatda tashiladi va sotiladi.
Sanoatda kislorod oksidlovchi agent sifatida keng qo‘llaniladi. Kislorodning yarmi po‘lat ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi, uning asosiy qismi po‘latni tozalashga ishlatiladi. Kislorod, shuningdek, oqartirish va qog‘oz sanoatida ishlatiladi. Ko‘pgina rangli moddalarni oksidlash rangsiz moddalarni beradi. Kislorod, shuningdek, atsetilen (С2Н2) bilan birga payvandlashda ham ishlatiladi. Bu reaksiya yuqori ekzotermik bo‘lib 3000 оC gacha erishiladi.
Ozon.-Ozon och havorang o‘ziga hos hidli zaharli gaz. Ko‘p olimlar uni havo tarkibida oz miqdorda milliondan 0.01(ppm) ulush borligini kashf qilishgan, uni milliondan 0.1-1 (ppm) ulush miqdori ko‘z achishishi, bosh og‘rig‘i, nafas yo‘llarining yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Ozon molekulasi uchta kislorod atomining delokallizlangan π-elektronlaridan tashkil topgan. Ozon molekulasi quyidagicha kislorod atomlariga ajraladi:
О3(г) →О2(г) + О(г) ∆Н0 =105 кЖ
Ozon dikisloroddan ko‘ra kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Kislorod reaksiyaga kirishmaganda ozon ko‘pchilik elementlar bilan oksidlar hosil qiladi; ko‘pchilik metallarni oksidlaydi kumush va platina bundan mustasno. Kislorodga elektr oqimini ta’sir ettirib juda tez vaqtda ozon tayyorlanadi. Momaqaldiroq paytida yashin urishi natijasida ozon hosil bo‘ladi( agar yaqinida bo‘lsangiz oxirida o‘ziga hos hid taraladi)
3О2(г) 2О3(г) ∆Н0 =285 кЖ
Ba’zan ichimlik suviga ozon qo‘shib tayyorlanadi. Сl2 ga o‘xshab ozon bakteriyalarni o‘ldiradi va organik birikmalarni oksidlaydi. Shunga qaramay ozonning ko‘p qismi farmatsevtikada preparatlar tayyorlashda, sun’iy moylovchi materiallar va sanoat miqyosida boshqa foydali organik birikmalardagi C=C bog‘ni uzishda qo‘llaniladi.
Laboratoriyada va texnikada ozon olish uchun ozonotorlardan foydalaniladi. Laboratoriyada ishlatilayotgan ozonotor orqali o‘tgan kislorodning 12-15 % ozonga aylanadi. Ozon va kislorod aralashmasi suyuq havo bilan sovitilayotgan idish orqali o‘tkazilganda ozon kondenstalanib, kislorod ajraladi, ozonnni suyuq havo solingan idish bilan sovitilib turadigan idishga yuborib, uni batamom toza holda olish mumkin.
Ozon ta’sirida (oltin va platinadan tashqari) barcha metallar oksidlanadi, ammiak nitrat va nitrit kislotalar aralashmasiga aylanadi, spirt yonib ketadi, ozonning kumushga va kaliy yodid eritmasiga ta’sirini quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
2Ag+ O3 → Ag2O+ O2
KJ + O3 + H2O → 2KOH + J2 + O2
Ozon atmosferaning yuqori qatlamining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u ultrabinafsha nurlaridan va shuningdek kuchli energiyali nurlar effektidan himoya qiladi. Stratosferadagi ozon qatlamining yemirilishi asosiy ilmiy masaladir. Ozon qatlamining yemirilishiga sabab havoning ifloslanishi va yonilg‘i bug‘i aralashmasidan iborat havo hisoblanadi. O‘zining kuchli oksidlovchilik hossasi tufayli ozon sistemalarni, struktur materiallarni ayniqsa rezinalarni zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |