2NO2 + H2O= HNO3 + HNO2
NO2 ishqorlarga ta’sir ettirilganda ham nitritlar va nitratlar hosil bo‘ladi:
2NO2 + 2NaOH= NaNO3 + NaNO2 + H2O
HNO2 beqaror kislota hisoblanib, uning parchalanishidan nitrat kislota vа NO hosil bo’ladi:
3HNO2= HNO3 + 2NO + H2O
NO2 issiq suv bilan ta’sirlashganda:
3NO2 + H2O= 2HNO3 + NO
Agar NO2 ga kislorod ishtirokida suv ta’sirlashsa u to‘la HNO3 ga aylanadi:
4NO2 + O2 + 2H2O= 4HNO3
NO2 kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. U uglerod, azot, oltingugurt, vodorod va metallarni oksidlaydi: 7H2 + 2NO2 = 4H2O + 2NH3
Kuchli oksidlovchilar Br2, F2 bilan u qaytaruvchi:
2NO2 + F2 + 2H2O= 2HNO3 + 2HF
NO ning olinish usullari: NO ning kislorod ishtirokida oksidlanishi:
2NO + O2= 2NO2
Nitratlarning parchalanishi (Pb(NO3)2, Ba(NO3)2, Cu(NO3)2):
2Pb(NO3)2= 2PbO + 4NO2 + O2
Mis metalliga suyultirilgan sulfat kislota ta’sir etib:
Cu + 4HNO3= Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
NO2 -11,2оС dan, to 140оС gacha NO2 va uning dimeri (N2O4) aralashgan holda bo‘ladi. NO2 paramagnit xossaga ega va uning molekulasi burchakli tuzilgan. Uning dimerini tuzilishi quyida ko‘rsatilgan. Molekula yassi tuzilishga ega suyuq va qattiq holatda rangsiz:
Suyuq N2O4 га 5 mPa bosimda 75оС da suv kislorod ta’sir ettirilsa kons. nitrat kislota hosil bo‘ladi:
2N2O4+2H2O+O2= 4HNO3
Agar reaksiya ishqoriy muhitda o‘tkazilsa nitratlar hosil bo‘ladi:
2N2O4+4NaOH+O2=4NaNO3+2H2O
Azot (V) oksidi- nitrat angidrid, rangsiz kristall modda, gigroskopik. N2O5 olish uchun nitrat kislotaga P2O5 ta’sir ettiriladi:
2HNO3 + P2O5 = 2HPO3 + N2O5
N2O5 nitrat kislotaning angidridi hisoblanadi. Uning suvda erishidan nitrat kislota hosil bo‘ladi:
H2O + N2O5 = 2HNO3
N2O5 beqaror modda u xona haroratida parchalanadi va NO2 va O2 hosil qiladi:
2N2O5 = 4 NO2 + O2
Natriy nitrat holatida oz miqdorda atmosferadagi elektr razryadi paytida ham hosil bo‘ladi.
Nitridlar- Yuqori haroratda, azot metallar bilan ta’sirlashib metall nitridlarini hosil qiladi. Masalan:
Gidrid, karbid va boridlar singari metallning turiga qarab nitridlar ionli, kovalent va oraliq bog‘lanishli bo‘lishi mumkin. Bor nitridi olmos yoki grafitsimon strukturaga ega bo‘lib anorganik benzol nomi bilan bizga ma’lum.
Gidroksidlarning parchalanishidan oksidlar olinganidek, amidlarning qizdirilishidan ham nitridlarni ajratib olish mumkin.
N3- ko‘rinishidagi ion kuchli asos hossasini namoyon qilib har qanday proton bilan ta’sirlashib NH3 hosil qiladi.
Azotning oraliq metallar bilan hosil qilgan birikmalari, azotning yoki ammiyakning shu metallar bilan yuqori temperaturada qizdirilishi bilan olinadi. Bunday birikmalarda azot atomlari oraliq holatni egallaydi, shu sababli ular ko‘pincha stexiometriya qoidalariga bo‘ysunmaydi. Hosil bo‘lgan mahsulot tarkibi temperatura va bosim o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ba’zi metall nitridlari qattiqligi, mo‘rtligi va yuqori suyuqlanish temperaturasiga ega bo‘lganligi sababli kesuvchi vositalar va drillar yasashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |