Nitrat kislotasi Nitrat kislota



Download 71,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.04.2022
Hajmi71,25 Kb.
#590045
Bog'liq
Nitrat kislotasi - Vikipediya (1)



Qidir
Nitrat kislotasi
Nitrat kislota
, HNO3 - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Mol.m. 63,016. Suvsiz
Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi — 41,59°,kaynash temperaturasi 84°, zichligi 1,513
g/sm3. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (98—100%li)
xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil boʻlgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi. Nitrat
kislota qaynatilganida ham parchalanadi: 4HNO3-^2H2O+4NO2T+O2T. Amalda zichligi 1,44
g/sm3 boʻlgan 63— 65% li konsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi.
Shu sababli metallarga taʼsir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Konsentrlangan nitrat
kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo’lishi mumkin.Unga odatdagi sharoitda Fe, Al, Cr, Au va Pt
ta’sir etmaydi. Cu, Ag, va Ag ni eritib, o’zi NO2 ga qadar qaytariladi. Sn,As, P, B kislotalarigacha
oksidlanadi: Sn + 4HNO3 = H2SnO3 + 4NO2 + H2O Suyultirilgan nitrat kislotaning oksidlovchilik
xossasi juda kuchli , ozi esa NO, NH4NO3 va boshqa mahsulotlargacha qaytariladi: 3Cu +
8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O 4Mg + 10HNO3 = 4Mg(NO3)2 + NH4NO3 + 5H2O PbS +
8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO 3HCl + HNO3 = 2H2O + 2Cl2 + NOCl Platina ham zar suvida
(3HCl*HNO3) eriydi. 3Pt + 4HNO3 + 12HCl= 3PtCl4 + 4NO + 8H2O Eng muhimi nitrat
kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralmaydi. Agar nitrat kislotaga metallmaslar
ta’sir ettirilsa metallmaslar kislotalargacha oksidlanadi: S+6HNO3(kons)=H2SO4+6NO2+2H2O
Suyultirilgan nitrat kislota fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi:
3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO Uglerod nitrat kislota ta’sirida CO2 gacha oksidlanadi:
3C+4HNO3=3CO2+2H2O+4NO Nitrat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydigan oq qattiq moddalar.
Ular selitralar deyiladi. NaNO3-natriyli selitra, KNO3- kaliyli, Ca(NO3)2-kalsiyli, NH4NO3-
ammoniyli selitradir. Tuzlarining parchalanishi 3 xil: Eng aktiv metallarning (magniydan chapda
turgan) nitratlari parchalansa nitritlar va kislorod hosil bo’ladi: 2KNO3 = 2KNO2 + O2 Agar


metallning aktivligi kamroq va metall Mg va Cu orasida joylashgan bo’lsa bu metallarning
nitratlari parchalanishida metal oksidi, NO2 va kislorod hosil bo’ladi. 2Zn(NO3)2= 2ZnO + 4NO2
+ O2 Agar metallar aktivligi kam bo’lsa, nitratlarning parchalanishida metallning o’zi, NO2 va
kislorod hosil qiladi: 2AgNO3= Ag + 2NO2 + O2 Hg(NO3)2= Hg + 2NO2 + O2
Konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) bilan xlorid kislota (NS1) aralashmasi, 1 hajm nitrat
kislotaga 3 hajm xlorid kislota qoʻshilsa, "zar suvi" deb ataladigan kuchli oksidlovchi hosil bo'ladi:
HNO3 + 3HCl=Cl2 + NOCl + 2H2O Bu aralashma oltin va platinani hamda kislotalarda
erimaydigan baʼzi metallarni eritadi. Labaratoriyada nitrat kislotaning tuzlariga yuqori
konsentrasiyali sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: 2NaNO3 + H2SO4=Na2SO4 + 2HNO3 Nitrat
kislota Sanoat miqyosida nitrat kislota olish uchun asosiy xom ashyo ammiak va havo
hisoblanadi: 4NH3+5O2=4NO+6H2O 2NO+O2=2NO2 Oksidlanish jarayoni 900oS da Pt-Rh
katalizatori ishtirokida olib boriladi. Boshqacha usulda azot va kisloroddan azot(II) oksidi,
so’ngra uni NO2 gacha oksidlanishi ham mumkin. Hosil bo’lgan azot(IV) oksidi kislorod ishtirokida
suvda eritiladi: 4NO2+O2+2H2O = 4HNO3 Azotli o’g’itlar. O’g’itlatlar sifatida kalsiy nitrat –
Ca(NO3)2 ishlatiladi. Ohakni nitrat kislota bilan neytrallash natijasida olinadi. Natriy nitrat –
NaNO3 chili selitrasi deyiladi. Tabiiy holda faqat Chilida juda katta zahira holda uchraydi. Kaliyli
selitra -KNO3 hind selitrasi deyiladi. Suniy ravishda kaliy xlorid va natriy nitrat ta’siridan olinadi.
Ammoniyli selitra -NH4NO3 ham ko’p ishlatiladi. Konsentrlangan Nitrat kislota portlovchi
moddalar, sulfat va fosfat kislotalar, aromatik nitrobirikmalar, boʻyagichlar olishda ishlatiladi.
Nitrat kislota bugʻi nafasga tegsa za-harlaydi, terini kuydiradi. Konsentrlangan Nitrat kislota
organik moddalarga tekkanda portlaydi va yongʻin chiqadi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil H.R.To’xtaev, K.A.Cho’lponov, Tashev
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kimyoga oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.ph
p?title=Nitrat_kislotasi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 1 yil avval Kagansky tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Nitrat_kislotasi&oldid=2188
603
" dan olindi 

Download 71,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish