Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o


XVIII asrga kelganda Rossiya tarixining alohida fan sifatida shakllanishida birinchi rus inqilobichi respublikachisi A. N. Radishchev



Download 3,94 Mb.
bet25/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

XVIII asrga kelganda Rossiya tarixining alohida fan sifatida shakllanishida birinchi rus inqilobichi respublikachisi A. N. Radishchevning roli katta bо‘ldi.
Rossiyada chorizmning feodal krepostnoylik tuzumi inqirozga yuz tutgan bir vaqtda chor hukultati maktablarning hamma turlari va yо‘nalishlarida maktab, bilim yurtlari, gimnaziya va universitetlarda krepostnoy—monarxik dunyoqarashlarni keng targ'ib etadi­gan siyosatni har tomonlama kuchaytirdi.
1828 yilda «universitetlar qaramog'idagi gimnaziyalar va bilim yurtlari uchun ustav» chop etilgan bо‘lib, unda ochiqoydin «xalq ta’­limi ishlarini chetdan ta’sir etadigan salbiy holatlardan himoya qilish kerak»ligi alohida qayd etib о‘tilgan.
Mazkur ustavda talabalar diqqate’tiborini о‘sha davrning muhim siyosiy muammolaridan chetga jalb etish va butun jahonga keng tarqalib borayotgan fransuz burjua inqilobi goyalarida mutlaq uzoqlashtirish maqsadida rus gimnaziyalaridan reaksion tipdagi german va avstriya maktablarida keng qо‘llanilayotgan «klassitsizm»5 va «neogumanizm»6 g’oyalarni keng targ’ib etishga alohida e’tibor berilgan edi. Bu tizim asosida umum о‘rta ta’limning umumiy о‘rta soatlari 41% ini tashkil etadigan qadimgi klassik tillarni va yunon, rim tarixini о‘rganishga ajratilgan edi.
О‘quvchilarni g'oyaviy jihatdan tarbiyalashda Rossiya xalq maorifi vaziri, faf S. S. Uvarov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyil—asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga xristianlik axloqini faol shakl­lantirish, podshoga sadoqat, mamlakatning hokimi— mutlaq (mo­narxiya) usulida boshqarishni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, inqilobiy g’oyalarga va ayniqsa, ularning targ’ibotchilariga qarshi faol kurash olib borish alohida uqtirilgan edi. Mana shunday «haqiqiy ruscha himoyaning asosini tashkil etadigan fon, janob vazir S. S. Uvarovning fikricha tarix ta’limiga yuklatilgan edi».
Chorizmning qaytadan tiklash yо‘lidagi harakati manfaatlari uchun kurashuvchi (reaksion) siyosati shunga olib keldiki, tarix ta’limi tarixiy haqiqatdan va tarix fanida qо‘lga kiritilgan ilg’or tafakkur va tamoyillardan ancha orqada qolib ketdi.
Maktab darsliklaridan mamlakatning ijtimoiy-iqgisodiy taraqqiyotiga tegishli masalalar, tarixiy taraqqiyot qonunlarini olib borish, ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan о‘rinlari, bir sо‘z bilan aytganda, о‘quvchilarni Rossiyada mavjud bо‘lgan feodal krepostnoy tuzum ertami-kechmi, о‘z о‘rnini yangi ilg’orroq davlat boshqaruviga bо‘shatib berish imkoniyatlari bilan tanishtirishdan mutlaq yiroqda edi. Shu bois rus revolyusion demokrat yozuvchisi N. A. Dobrolyubov Rossiyadagi о‘sha davrdagi tarixga bо‘lgan bunday munosabat «Davrga, voqealar va tarixiy shaxslarga tо‘la, aniq xarak­teristika berish uchun zarur bо‘lgan vaqtni о‘qituvchi ayrim narsalarni о‘quvchilarga yodlatish bilan vaqtini yо‘qotadi»1 deb yozgan edi.
Rus demokratlaridan V. G. Belinskiy va A. I. Gersen faoliyatlarida ham Rossiya tarixida jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch samoderjaviya yoki cherkov bо‘lmasdan, balki, mehnatkashlar ommasining harakatlarifaoliyatlari ekanligiga kо‘p marotaba atroflicha bayon etib bergan edilar. Shuning uchun ham ular maktabda tarix о‘qitishda о‘quvchilarga birinchi galda rus xalqining eng iqtidorli namoyondalarini kо‘rsatib, ularga xalq ommasining mehnatda va ijodiy faoliyatlarida kо‘rsatgan fidoyiliklari va ayniqsa, mehnat faoliyatlaridagi yaratuvchilik imkoniyatlari, chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashlari bilan atroflicha tanishtirish yoshlarni vatanparvarlik yо‘lida tarbiyalashga alohida e’tibor berish lozimligini atroflicha tushuntirib о‘tdilar.
V. G. Belinskiy rus xalqi va boshqa xalqlar tarixini tо‘g’ri bayon etishda, о‘z davrini tо‘g’ri tushunishining g'oyaviy asosi hamda xalqni jamiyat taraqqiyoti yо‘lida kurashish ruhida tarbiyalashning asosi, deb baholadi. U, «bizning asrimiz — asosan tarixiy asr. Tarix endilikda har qanday hayotiy bilimning yagona sharti va umumiy asoslari bо‘lib qoldi. Tarixsiz na san’at va na fa/gsafani anglash mumkin bо‘lmas­dan qoldi. Bizning davrimizda tarixiy mushohada har qanday bilim, har qanday haqiqatning asosidir»1 deb yozgan edi.
Biz V. G. Belinskiyning tarix fani xususidagi ilmiy merosiga sinchiklab qarar ekanmiz, uning tarix fani nazariyasi bilan barcha XIX asrning 40 yillari sharoitida tarix fanini о‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi xususida ham bir qator qimmatbaho ilmiy-metodik fikrlarni bayon etganligining guvohi bо‘lamiz. Masalan, V. G. Belinskiy aniq tarixiy voqealarni bayon etishda albatta, «kerakli tarixiy voqeani umumlashtirish va undan aniq xulosa chiqarish lozimligini», tarixiy faktlarni bayon etishda ma’lum «fikr, qarash, munosabat, tushunchalarni, asosan e’tiqodni shakllantirishga, ma’lum falsafiy «ishonch» va «g’oya»ni shakllantsrish tarixchining diqqat markazida bо‘lmogi kerak deydi».
V. G. Belinskiy о‘qituvchilarni tarix sabog’i bilan tо‘la qurollantirib yoshlarni feodal krepostnoy tuzumga qarshi kurashga, о‘z vatanini sevadigan, uning buyuk kelajagiga ishonadigan faol ongli yoshlarni tarbiyalash lozimligini alohida qayd etadi. V. G. Belinskiyning «Vatanni sevmoq-demak unda insoniyatning eng yuksak olijanob orzu istaklarining ijobat bо‘lganligini kо‘rmoq va buning uchun faol kurashmoq demakdir» degan fikri har bir xalq va jamiyat uchun foydadir.
Rossiyada krepostnoy tuzumning tepadan turib bekor qilinishi mamlakatda о‘ziga xos revolyusion о‘zgarishlarning kuch ishlatmasdan turib, tinch yо‘l bilan amalga oshirilishi mamlakatda tarixiy siyosiy tafakkurni yangi bosqichga kо‘tarilishida yangi davrni boshlab berdi. Xuddi mana shu davrda S. M. Solovyov tomonidan 29 tomdan iborat «Rossiya tarixi», shuningdek о‘rta maktablar va gimnaziyalar uchun ham tarix fanidan darsliklar yaratildi. S. M. Solovyovning Rossiya tarixini yaratishdagi ijodi Rossiya taraqqiyotining «chegaralanganlik» nazariyasini «kashf» etganligi bois о‘sha davrning о‘zidayoq N. G. Chernishevskiy va N. A. Dobrolyubovlar to­monidan keskin tanqid qilingan edi.
XIX asrning 60 yillari oralig'ida Rossiyada boshlangan siyosiy reaksiya maktab va gimnaziyalarda tarix fanini о‘qitishda ham о‘zining yaqqol ifodasini topdi. Reaksiya mafkurachilarining ashaddiy vakillaridan biri, xalq ta’limi vaziri M. I. Kratkov tarix fanini о‘qitish yosh avlod ongini uyg’otishdagi ta’sirini yanada ochiqroq payqab, «tarix - nihoyat zararli о‘quv fani» deb aytadi.
Tarix fanini maktab, gimnaziya va oliy о‘quv yurtlari о‘quv rejalaridan butkul olib tashlashning imkoni bо‘lmaganligi bois, tarix fanini о‘qitishga ajratilgan soatlar keskin qisqartirildi. Endilikda XIX asrning 60 yillari davri tarixini о‘rganish umuman о‘quv dasturlaridan olib tashlanib, vazirlikning kо‘rsatmasi bilan «monarxlarning, (ya'ni hokimi mutlaq sohiblarining) donoligi» va «isyo'nkorlar harakatini jamiyat uchun zararligini fosh etish»ga xizmat qilishga mо‘ljallangan D. M. Ilovayskiyning tarix darsligidan foydalanishga kо‘rsatma berildi.
Rossiya maktablarida tarix fani yuqorida qayd etilgan holatda о‘qitilgan bо‘lsa, uning tom ma’nodagi mustamlakasi bо‘lmish Turkiston о‘lkasi maktablarida tarix о‘qitish qanday ahvolda edi? Bu masala bо‘yicha ayrim arxiv hujjatlariga murojaat qilamiz.
Arxiv hujjatlarining kо‘rsatishicha, 1878 yil Rossiyaning Verniy shahrida Yettisuv viloyati boshlang’ich maktab о‘qituvchilarining syezdi bо‘lib о‘tadi. Kaufmanning kо‘rsatmasi bilan Turkiston о‘lka о‘quv boshqarmasining amaldorlari «О‘qituvchilar syezdi raisining nomiga qо‘llanma» tayyorladilar. Bu qо‘llanmada quyidagilarni о‘qiymiz: «umuman maktab о‘qituvchilariga syezdda shuni uqtirish kerakki, Vatan tarixini о‘rganish jarayonida, rus davlati maktablarining vazifasi qandaydir shaxsi noaniq «insonga» ta’lim berish va uni rivojlantirishdan iborat bо‘lib qolmasdan, rus davlatiga haqiqiy sadoqatli insonga ta’lim berish va uni rivojlantirishdan, cherkov va Vataniga sodiq, bir sо‘z bilan aytganda, о‘z vatanini sevadigan, uning qonunlarini hurmat qiladigan, о‘zining va о‘z mol-mulkini ona yeri foydasiga qurbon qiladigan yoshlarga ta’lim berish va rivojlanti­rishdan iborat bо‘lg’i kerak»[.
О‘lka hokimining ushbu direktivasini ayrim inspektorlar va maktab direktorlari katta mahorat bilan turmushga tatbiq etishga jonjahdlari bilan kirishdilar. Farg'ona viloyati bilim yurti inspektori о‘zining yillik hisobotida yozishicha «о‘qituvchilar о‘zlarining pedagogik faoliyatlarida bolalarda «tarixga va Vatanga sadoqat, ularda diniy-axloqiy burch, aql-idroklarini ongli faoliyat hamda mehnatga safarbar etishga qaratilgandir».
Turkiston о‘lkasi bilim yurtlarining Bosh noziri Turkiston о‘lkasi о‘qituvchilari va maktab rahbarlariga yо‘llagan navbatdagi qо‘llanmasida quyidagilarni yozgan edi: «Ona Vatanimizga nisbatan sadoqat his-tuyg'ularini, sodiq fuqarolik majburiyatlarini mustahkamlash maqsadida rus va rus bо‘lmagan mahalliy о‘quvchilarni xam tarix kursini о‘qitish jarayonida har bir imkoniyat yaratilishi bilan Turkiston о‘lkasini boshqarayotgan, uning hokimi mutlog’i bо‘lgan imperator janoblarining ismlari, unvonlarini, taxt vorisi bо‘lmish shahzodaning ismi shariflari, ularning onalarini ismi shariflarini yoddan bilishga alohida e’tibor berish kerak»1 ligi alohida uqtirib о‘tilgan.
1890 yilda Turkiston о‘lkasidagi erkaklar gimnaziyasida 1871 yilda tasdiqdangan klassik gimnaziya о‘quv rejasi asosida mashg’ulot olib borilar edi. Faqat 1890 yilga kelganda podshoh tomonidan yangi о‘quv rejasi tasdiqlangan edi. 1890 yildan iborat jamoatchilikning tazyiqi asosida reaksion kayfiyatda bо‘lgan Chor Rossiyasining xalq ta’limi vaziri Delyanov birmuncha yon berishlarga majbur bо‘ldi. Lotin tiliga ajratilgan soatlar 7 soatga, yunon tili 3 soatga qisqartirilib, yangi tillarni о‘rganishga 19 soat ajratildi. Tarixga esa 1 soat, geografiyaga 2 soat vaqt ajratildi1.
Ayrim demokratik kayfiyatda bо‘lgan pedagoglar tarix fanidan talabalarga minimum obyektiv bilimlarni berish lozimligini alohida qayd etib о‘tdilar. Masalan, Turkiston gimnaziya maktabining direktori N. P. Ostroumov о‘quvchilar tarixni oz bо‘lsada о‘rgansalaru, lekin har tomonlama asoslangan bо‘lsin, deb yozgan edi.
XIX asrning 90 yillarida Turkistonda faoliyat kо‘rsatib kelayotgan ayrim maktablarda tarix fanini о‘qitishni о‘sha davr о‘quv dasturlari asosida birmuncha takomillashtirilib borayotganliklari, tarixiy materiallarni bir xil takrorlashdan mustasno bо‘lib, ular­ning mazmunlariga qarab guruhlarga bо‘lish — diniy, ma’rifiy, boshqaruv ma’lumotlarni rivojlantirib borishdagi ta’lim elementlarini shakllantirish usullarini qо‘llay boshlaganliklarini uchratish mumkin edi. Ayrim о‘qituvchilar bilimning ta’limiy doirasini kengaytirib borish yо‘lida ham ijodiy faoliyat kо‘rsata boshladilar. Lekin bunday tashabbuskor pedagoglar nihoyatda ozchilikni tashkil etar, ularning yangi pedagogik metodik qarashlari kо‘pincha reaksion chor hokimiyati tomonidan, ularning taklif mulohazalari mustamlakachilik bazasiga fidoyilarcha xizmat kо‘rsatishdan yiroq bо‘lganligimiz e’tiborga olinmas edi. Shunga qaramasdan, jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang bо‘lgan tarix ta’limi va uni qо‘llash metodikasida ham ayrim tashabbuslar sodir bо‘lib turdi. Masalan, 1887 yilda V. P. Nalivkin Turkistondagi dastlabki rustuzem maktablarida tarix о‘qitishda Rossiya shaharlari bi­lim yurtlarida qо‘llaniladigan Aristovning «Rossiya tarixidan hikoyalar» va Blinovning Tarix fanidan о‘qish kitobi sifatida chop etilgan «Pchelka» («Asalaricha») kitobi boshqa kitoblardan ham foydalangan.
1885 yilda V. P. Nalivkin Yangi Margilonda Fargona viloyati boshqarmasining bosmaxonasida 73 sahifadan iborat bо‘lgan «Ros­siyaning qisqacha tarixi»ni uzbek tilida «Jahongirtо‘ra Namangoniy» laqabi ostida nashr etdi. Kitobda Rossiya tarixining eng qadimgi davridan boshlab, toki Aleksandr III ning podsholik davri qisqacha kо‘chirma sifatida bayon etilgan bо‘lib, mahalliy aholi uchun tushunarli bо‘lishiga alohida e’tibor berilgan edi. Kо‘p tushunchalar musulmonlik uslubida taqqoslashtirish (masalan, ruscha «Sar» iborasini о‘zbekcha «xon», «amir», «bek» va hokazo), sharhlash yо‘li bilan tuzilgan edi.
Ushbu kitobni mustamlaka о‘lkaning о‘quv rahbarlari rus tuzem maktablarining «tuzem» — ya'ni lug'aviy ma’nosi «chet ellik» — mahalliy xalq bolalari ta’lim oladigan sinflar uchun tavsiya etgan edilar. «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining 1885 yil 15-sonida bu kitobga mahalliy xalq bolalarini rus tarixi bilan qis­qacha tanishtirishdagi о‘rniga ijobiy baho berilgan edi.
Shunday qilib Rossiyadagi siyosiy reaksiya imperiyada tarixiy tafakkurning rivojlanishini batamom tо‘xtata olmadi. Xuddi mana shu yillarda taniqli tarixchi olim M. M. Stasyulevich tarix о‘qitishda hukmron bо‘lib to'rgan «formal metod»dan voz kechgani hamda «amaliy metod»larga asoslanib yaratilgan tarix darsliklari asosida о‘qitilishi va bu jarayonda о‘quvchilar о‘qtuvchisi rahbarligi ostida tarixiy hujjatlar ustida ishlash va ulardan keng foydalanishga eriigish metodlari xususida о‘zining qator ilmiymetodik takliflarini bayon etdi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida jamiyat taraqqiyotiga demokratik munosabatda bо‘lgan olimlardan M. N. Pokrovskiy, N. A. Rojkov, M. M. Kovalevskiy va mustaqil sotsiologik deb yuritiladigan yо‘nalish vakillaridan biri R. Y. Vipperlar tarix fanini о‘qitish metodikasi va mazmunini umuman qayta kо‘rib chiqib, ta’lim-tarbiya tizimiga joriy etish g’oyasini kо‘tarib chiqdilar. Bularni tarixni о‘rganishga nisbatan qarashlari, g'oyalari, talabalar tomonidan tarixiy haqiqatni faqatgina bilimlarni о‘zlashtirish orqali olishdangina iborat bо‘lib qolmasdan, balki amalda talabalarning tarixdan olgan bilimlari ularning shaxsiy hayotlarida amaliy ahamiyat kasb etishi lozimligini atroflicha kо‘rsatib berishdan iborat edi. Ular jumladan maktab tarix kurslarida iqtisodiy masalalardan kо‘proq bilim berishni, iqtisodiyotning ja­miyat taraqqiyotidagi о‘rni va rolini atroflicha ochib berishga, shuningdek talabalarni turli tarixiy manbalar ustida mustaqil ishlashlarini tashkil etish yо‘li bilan ularda tahliliy tafakkur qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Rossiyadagi 1917 yil oktabr tо‘ntarishi natijasida о‘rnatilgan shо‘rolar hokimiyati ham tarix fani va uni о‘qitishga befarq qaramadi. Shо‘rolar hokimiyatining dastlabki yillarida tarix о‘qitish metodikasining qurilishi va rivojlantirilishi birmuncha og'ir kechdi. Birinchi jahon urushi, fuqarolar urushi natijasida iqtisodi birmuncha og'ir ahvolda qolgan bir sharoitda yosh shо‘rolar davrida tarix fanini о‘qitish bо‘yicha о‘sha davr talabiga javob beradigan о‘quv dasturlari va darsliklarni yaratish uchun mablag’ deyarli yо‘q edi. Biroq, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan fuqaro­lar urushi yillarida ham tarix fani va uni о‘qitish metodlarini takomillashtirish bо‘yicha ma’lum amaliy ishlar qilindi. Ilg'or tarixchi olimlar va о‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan taxminiy о‘quv rejalari va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. R. Y. Vip­per va M. N. Kovalenkolarning Rossiya tarixidan yaratgan darslik­lari qaytadan nashr etildi.
Shо‘rolar hukumatining dastlabki yillarida tarix va umuman ijtimoiy fanlarni о‘qitishdan kuzatilgan asosiy maqsad yosh avlodga dahriylikka asoslangan, rus xalqidan boshqa xalqlarning tarixini о‘rganish jarayonida o’zligini milliy jihatdan anglashdan umuman uzoq tutishga asoslangan «internatsionalizm» g’oyasi asosida tarbiyalashga asoslangan edi. Shu bois XX asrning 20 yillari oxirigacha RSFSR safiga kirgan qaram mamlakatlarning tarixi umum ta’lim maktablarida ham, oliy о‘quv yurtlarida ham asosiy о‘quv fani sifatida о‘qitilgan emas edi. Shu bois bu davrda tarix о‘qitish metodikasiga maxsus fan sifatida tahlil etish kun tartibiga kiritilmagan edi.
Shо‘rolar hukumatining 1932 yil 25 avgustda «Boshlang'ich va о‘rta maktablardagi о‘quv dasturlari va rejimi haqida» chiqargan qarori umuman tarix fanini о‘qitishni takomillashtirishda yangi, aytish mumkin о‘sha davr talabining zaruratlaridan kelib chiqqan tarixiy hujjat bо‘ldi, desak xato bо‘lmaydi. Mazkur qarorda maktabda о‘rganiladigan ijtimoiy fanlar dasturiga tarixiy nuqtai nazardan qarashni yanada takomillashtirish, tarix, ijtimoiyot fanlarida о‘tkaziladigan mashg'ulotlarda mahalliy materiallardan keng foydalanish zarurligini e’tiborga olish, shu bilan birga о‘quvchilarga tushunarli tarixiy materiallarni puxta tanlash, ijtimoiyot fanlarining asosiy bо‘lim hamda mavzularini zarur asosli materiallar bilan tarixiy ekskursiya va taqqoslash materiallari bilan ta’minlash; - ijtimoiyot va tarix fanlaridan tuzilgan dasturlarda SSSR xalqlarining milliy madaniyatiga, ularning adabiyotiga, san’atiga, tarixiy taraqqiyotiga oid eng muhim bilimlarni, shuningdek SSSR tarkibiga kiradigan о‘lkalarni о‘rganish jarayonida aniqlangan tarixiy bilimlarga doir elementlar, ya'ni har bir о‘lka­ning tabiiy xususiyati, sanoati, tarixiy yodgorliklari, qishloq xо‘jaligi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, madaniyati va h.k kiritish ko’rsatilgan edi.
Mazkur qarorning ijrosi shо‘rolar hukumati Xalq Komissarlari Kengashining 1934 yil 15 mayida e’lon qilingan «SSSR maktablarida fuqarolar tarixini о‘qitish tо‘g'risida»gi maxsus qarori asosida о‘rganilib chiqqandan keyin ma’lum bо‘lishicha, ta’lim tizimida tarix fanini о‘qitilishi mamlakat miqyosida kо‘p hollarda «sxematik usul va umumiy sharh usuli»da о‘qitilib kelayotganligi qattiq tanqid qilingan edi.
SSSR Xalq Komissarlari Kengashining 1934 yil 25 avgustda «SSSR maktablarida fuqarolar tarixini о‘qitish tо‘g'risida»gi qaro­ri aslida hukumatning 1932 yil 25 avgust qarorini zudlik bilan hayotga tatbiq etish yо‘lidagi qarori bо‘lib, uning paydo bо‘lishiga xalqaro maydonda sodir bо‘layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar ham turtki bо‘lgan edi. Germaniya va Italiyada fashistlar diktaturasining о‘rnatilishi shо‘rolar faoliyatida ham maktab siyosatiga davlat ahamiyatiga molik siyosat sifatida munosabatda bо‘lishini taqozo etmoqda edi.
Mazkur qarorga asosan, sobiq Ittifoq maktablarida fuqarolar tarixini о‘qitishning metodik tizimlari asosi yaratilgan edi. Qarorga asosan mazkur maktablarda Vatan tarixi bilan bir qatorda jahon xalqlari tarixi ham о‘qitiladigan bо‘ldi. Bu tarixiy hujjat mamlakatda tarix ta’limining tizimlashtirishni aniq belgilab berish bilan birga tarix о‘qitish metodikasini ham ilmiy-pedagogik fan sifatida shakllanishi va rivojlanishida katta tarixiy davrni boshlab berdi. Endilikda umumta’lim maktablarning 4 sinflarida SSSR tarixidan ayrim hikoyalar о‘qitila boshlandi. 1937 yilga kelganda 7 sinflarda о‘quvchilarga shо‘rolar davlat tuzumi, fuqarolarning huquq va burchlarini о‘rgatishga qaratilgan «SSSR Konstitusiyasi» ham maxsus kurs sifatida о‘qitiladigan bо‘ldi.
1940 yilga kelganda umumta’lim maktablarining 5-6sinflari uchun A. V. Mishulin tahriri ostidagi «Qadimgi dunyo tarixi» darsligi, 6-7 sinflar uchun YE. A. Kosminskiy tahriri ostidagi «О‘rta asrlar tarixi» darsligi, 8 sinflar uchun A. V. Yefimov tomonidan yozilgan «Yangi tarix»ning 1 davri va 8—10 sinflar uchun A. M. Pank­ratova tahriri ostida tayyorlangan «SSSR tarixi» darsligi chop etildi.
1945 yilga kelib, B. M. Xvastov tahriri ostida «Yangi tarix»ning 2 davri darsligi ham nashr etildi. Shunday qilib, umumta’­lim maktablari tarixning hamma yо‘nalishlari bо‘yicha zamonaviy darsliklarga ega bо‘ldi. Bu darsliklar asosan tarixiy materiallarga boyligi, tarixiy xaritalar va didaktik materiallarning boyligi bilan alohida ajralib turardi. Shunday qilib, maktab tarix kursi darsliklarining yaratilishi uni о‘qitish metodikasini tashkillashtirish uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida davr talabidan kelib chiqqan holda, о‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tarix о‘qitishni birmuncha о‘zgartirish talab etilar edi. Shu bois Ikkinchi jahon urushining boshlanishi bilan sobiq Ittifoqning urush qamrab olgan kо‘p hududlaridagi sanoat korxonalari, ilmiy tadqiqot markazlarini О‘rta Osiyo va Qozog'istonga kо‘chirilishi davrida Moskvada faoliyat yuritgan SSSR FA Tarix institutining bir qator taniqli olimlari ham о‘z ilmiy tadqiqot ishlarini Toshkent shahrida davom ettirishlariga tо‘g'ri kelgan edi. Ular urush yil­larida Toshkentda O’zbekistonning umumta’lim maktablari uchun «Ulug’ Vatan urushi yillarida O’zbekistan tarixini о‘rganish» deb nomlangan о‘quv qо‘llanmasining qо‘lyozmasini yaratdilar.
Ijtimoiy hayot ijtimoiy ongni belgilash oddiy haqiqatdir. Shunday ekan, Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSRning dahshatli urush markazida bо‘lishi tarix fanini о‘qitish jarayonida yosh avlodni harbiy vatanparvarlik tarbiyasini yuqori saviyada olib borishni taqozo etadi. Shu bois tarix о‘qituvchlari о‘zlarining pedagogik faoliyatlarida о‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng samarali yо‘llarini qо‘llashni, о‘quvchilarni ona Vatanga sadoqatlilik ruhida tarbiyalashning turli metod va vositalarini qо‘llashda katta amaliy ishlar olib bordilar. Bu vazifalarni bajarishda tarix fani о‘qituvchilariga adabiyot, tasviriy san’at asarlari, kino va teatr san’ati asarlaridan ham keng foydalandilar. Urush sharoitini hisobga olgan holda yoshlar tarbiyasiga yondashilishi о‘quvchilar faolliklarini oshirib borishda ham katta ijobiy ta’sir о‘tkazdi. Tarix fani о‘qituvchisining tarbiyaviy ishlarida о‘quvchilar tomonidan mahalliy jangchilarning frontdan yо‘llagan xatlari, gazeta materiallari о‘quvchilar tomonidan harbiy vatanpar­varlik mavzusida tashkil etilgan kechalar, urush qatnashchilari bi­lan о‘tkazilgan tadbirlar ham katta tarbiyaviy rol о‘ynaydi.
SSSRda umumiy sakkiz yillik ta’limga о‘tish munosabati bi­lan shо‘rolar hukumati 1959 yil 8 oktabrida «Maktabda tarix fani­ni о‘qitishning ba’zi о‘zgarishlari tо‘g'risida» qaror qabul qildi. Qarorda kо‘rsatilishicha, IV sinflarda «SSSR tarixidan epizodik hikoyalar» о‘rganilishi, V-VI sinflarda «Qadimgi dunyo va о‘rta asr­lar tarixi elementar kursi», VII-VIII sinflarda esa SSSR tarixining sovet davlatchiligi va ijtimoiy meyorining eng muhim sohalarini qamrab olgan elementar kursi, shuningdek chet mamlakatlar yangi va eng yangi tarixidan kiritilgan eng muhim masalalar elementar kursining о‘qitilishi zarurligi kо‘rsatilgan.
Maktab tarix kurslarining qurilishi tarix о‘qitish metodikasini ma’lum darajada markazlashuvi (konseshratsiyalashuvi)ga olib keldi. Bu hol tarixiy asoslarni tanlash, tarixiy tushunchalarni tо‘la ifoda, aniqtabaqalashuvida, shuningdek tarix fanini о‘qitishda epizodik hikoyalar va SSSR tarixiga asoslangan kurslarni о‘qitishda о‘quvchilarga tarixiy ta’lim izchilligi xususidagi bilish tafakkurlarini shakllantirishda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, tarix о‘qitishda joriy qilingan bunday tizim tarix fanini о‘qitishni tashkil etishda о‘qituvchilar oldida qator murakkab metodik muammolarni keltirib chiqaradi. Umumta’lim maktablarida tarix о‘qitishdagi mana shunday kamchiliklar shо‘rolar hukumatining 1965 yil 14 mayida «Maktablarda tarix о‘qitishdagi о‘zgarishlar tartibi tо‘g'risida»gi yana bir qonunni yaratilishiga turtki bо‘ldi.
Mazkur qonun talablari asosida maktab tarix darslarining vazifalari va funksiyalari ham birmuncha aniqlandi. Ilgari tarix о‘qitishning vazifasi о‘quvchilar xotirasida dars jarayonida о‘rganilgan materiallarni mustahkamlash bilan chegaralanib kelgan bо‘lsa, 60 yillardan umumta’lim maktablari uchun chiqariladigan tarix fani darsliklarining vazifasi birmuncha takomillashib borib, о‘qituvchi uchun darslik о‘quvchilarni dars jarayoni va uy vazifalarini bajarish jarayonida ularga zarur qо‘llanma funksiyasini ham bajaradigan bо‘ldi. Keyingi darsliklarda mualliflar tomonidan kiritilgan matnlar bilan birga, turli tarixiy va zamonaviy hujjatlar, rasmlar, jadvallar, chizmalar, turli tuman ma’lumotnomalardan iborat bо‘lgan didaktik materiallar keng о‘rin olgan edi. Tarix darsliklarida katta paragraflarga, ayrim hollarda rasmlarga muammoli sо‘roq va vazifalarning qо‘yilishi о‘quvchilar xotirasida tarixiy materiallarni chuqur va atroflicha tafakkur etish, ularni bir tizimga solish о‘qituvchilar tomonidan о‘quvchilarning о‘quv faoliyatlariga rahbarlik qilish jarayonini takomillashuviga yordam berdi. Shunday qilib, tarix fani darsliklari о‘quvchilarga teish­li ta’lim berish va ular xotiralarida tarixiy bilimlarni mustahkamlabgina qolmasdan, ularning bilimlarini rivojlantirish, turli tarixiy manbalar ustida mustaqil ishlash, о‘quv faoliyatlarida о‘z bilimlaridan jadal ravishda foydalanib, olayotgan bilim­larini uzluksiz rivojlantirib borish usulining shakllanib borishida ham katta rol о‘ynaydi.
Tarix darslarida rivojlantirib boriladigan ta’limning na­zariy g'oyasi birinchi marotaba tajribali tarixchi metodist olimlar F. P. Korovkinning va G. M. Donskoylarning «О‘rta asrlar tarixi» darsliklarida о‘zining tо‘la ifodasini topgan.
Shunday qilib, tarix fanini о‘qitish metodikasi tarixida dunyoda birinchi marotaba «darsnshg ta’limiy maqsadi», «darsning tarbiyaviy maqsadi» talablarini takomillashtirib borib, «darsda rivojlantirilib boriladigan ta’lim» tamoyili joriy etildi. Shuning uchun mualliflarning о‘sha davr tarix fani darsliklari oldiga qо‘yilgan ilmiy-metodik va didaktik talablarni meyorida yoritganliklari 1973 yilda davlat mukofotini olishlariga sabab bо‘ldi.
1960 yillarida umum ta’lim maktablarida SSSR tarixi о‘quv dasturining yirik tarixiy davrlarini о‘rganish mavzularida «Bizning о‘lka» deb nomlangan ma’lum о‘quv soatlari о‘tkazilgan. Mavzuning kiritilishi о‘qituvchi va о‘quvchilarga dars jarayonida mahalliy materiallardan foydalanishni faollashtirish hamda ularni dars jarayonida qо‘llash metodikasining shakllanishi va takomillashuvida, ayniqsa, tarix ta’limining hayot bilan aloqasini bo’g’lash, ba’zi nazariy tamoyillarni amaliyotdagi aksini kо‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish