Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (munozara) foydalaniladi.
Adabiyotlar: А3; А 4; А 5;А6;А7;Q8; Q9; Q10; Q11;Q13;Q18;Q20;Q21;Q23; Q 25.
Tayanch tushunchalar: «Klassitsizm» — lotincha — classicus — birinchi darajali. «Neogumanizm» — peo — lotincha «neos» yangi. Yangi gumanizm.
Tarix о‘qitish metodikasi fanining hozirgi jamiyatdagi holati va rolini tahlil etishga kirishmoqdan oldin, hozirgi zamon va о‘tmishdagi mashhur mutafakkirlarning bu muammoni qanday sharhlaganliklarini eslaydigan bо‘lsak, Sitseron «tarix — hayot murabbiysidir» deb atagan bо‘lsa, Leonardo do Vinchining fikricha «о‘tgan davr va jahon mamlakatlari о‘tmishini bilmoq — inson ko’rki va uning aqliy mahsulidir». Rus tarixining otasi N. M. Karamzin bu borada fikr yuritar ekan «Tarix xalqlarning muqaddas kitobi bо‘lib, ularning hayoti va faoliyatlarining kо‘zgusi, ota bobolarining avlodlarga qoldirgan kashfiyotlari va odob-axloqlaridan lavhalar bо‘lib, hozirgi davrni sharhlash va kelajakka namuna bо‘lib xizmat qiladigan, tо‘ldiradigan zaruratdir» deb yozgan. V. G. Belinskiy esa, «bugungi kunni tushunmoq va kelajagimiz tоg'risida ishoraga ega bо‘lmoq uchun о‘tmishimizni sо‘roqlab surishtirmog’imiz lozim»ligini qayd etadi. V. O. Klyuchevskiy «avlodlarimizni о‘rganib, о‘zlikni — о‘zimizni anglaymiz. Tarixni bilmasdan turib, biz о‘zimizni bu dunyoga nega va nima uchun kelganligimiz, qanday qilib va nimaga intililayotganimizni aniq anglamog’imiz kerak» deydi.
Birinchi Prezident I. Karimov tarix ta’limi va sabog'i xususida fikr yuritar ekan, «Tarix sohasida mehnat qilayotgan olim, mutaxassislarga murojaat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki u xalqimizga ma’naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g’ururini uyg’otsin... О‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bо‘lmaydi. Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur»1 deb kо‘rsatdi.
Tabiiyki, yosh avlodda fuqarolik histu-tuyg’ularini tarbiyalash va о‘zi tug'ilib о‘sgan Vatanga sadoqat, fidokor shaxsni shakllantirish har bir jamiyatning diqqat markazida bо‘lib kelgan va shunday bо‘lib qoladi. Shunday ekan, XIX asrning ikkinchi yarmida О‘rta Osiyoni bosib olgan Chor Rossiyasi va 1917 yildan hukmronlikni о‘z qо‘liga olgan bolsheviklar nartiyasi О‘rta Osiyo xalqlarini 150 yil davomida tutqunlikda ushlab to'rgan davrda ham bunday masala e’tibordan chetda qolgan emas edi.
О‘zbekistonda tarix о‘qitish metodikasini pedagogik fan sifatida shakllanishida yuqorida qayd etganimizdek, О‘rta Osiyo xalqlarining 150 yil davomida Chor Rossiyasi va bolsheviklar tomonidan ham iqtisodiy, ham ma’naviy jihatdan tutqunlikda ushlab turishda о‘zining ma’lum bir izini qoldirdi. Shu bone biz tarix о‘qitish metodikasining ilmiy pedagogik fan sifatidagi masala xususida gap yuritar ekanmiz, о‘lkamizda har tomonlama hukmronlik qilib kelgan Chor Rossiyasi, keyingi bolsheviklar partiyasining ma’rifiy sohada olib borgan faoliyatiga qisqacha tarixiy nazar solmog'imiz lozim.
Tarixiy faktlarga murojaat qiladigan bо‘lsak, Rossiyada tarixdan dastlabki, original о‘quv qо‘llanmasi XVII asrning 70 yillarida yaratilgan bо‘lib, «Sinopsis» (lotincha sinopsis — tо‘plam, turli mualliflarning maqolshtar tо‘plamining umumiy qarashi), ya'ni tarixiy voqealarni sharxlash deb atalganligini guvohi bо‘lamiz. Bu о‘quv qо‘llanmasida Rossiya va Ukraina xalqlari tarixi qisqacha bayon etilgan bо‘lib, 30 marotabadan ortiq qayta nashr etilganligining guvohi bо‘lamiz.
«Sinopsis»ni tuzgan mualliflar о‘z о‘quv qо‘llanmalarida jadval tuzib, jadvalda tarix о‘qitishdan asosiy maqsad о‘sha davrda rus knyazlari va ukrain gersoglarining ism shariflari, yashagan davrlarini ifoda etadigan sanalarni atohida qayd etishga harakat qilganlar.
XVIII asrrda Rossiyada tashkil etilgan о‘rta о‘quv tashkilotlarida tarix о‘qitish joriy etilgan bо‘lib, umumiy tarix va rus tarixining mustaqil kurslari ham о‘qitila boshlangan edi. Ana shunday rus tarixidan yaratilgan darsliklardan birining muallifi M. V. Lomonosovdir.
1760 yilda M. V. Lomonosov tomonidan «Rossiyaning qisqacha yilnomasi»1 nashr etilib, bu kitob darslik sifatida XVIII asrning oxiriga qadar keng foydalanildi. Faqatgina 1799 yilga kelib M. V. Lomonosovning bu darsligi ommaviy bilim yurtlari uchun chiqarilgan «Rossiyaning qisqa tarixi»2 nomi bilan yaratilgan darslik bilan almashildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |