Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


-MAVZU. DAVLAT XIZMATIDA INSON RESURLARINI BOSHQARISHNING ELEKTRON TIZIMI……………………………………



Download 2,31 Mb.
bet7/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

13-MAVZU. DAVLAT XIZMATIDA INSON RESURLARINI BOSHQARISHNING ELEKTRON TIZIMI……………………………………..

213

209

13.1. Raqamli iqtisodiyotga oʻtish sharoitida inson resurslarini boshqarish tizimini raqamlashtirish………………….………………………………………………….. ..

213

209

13.2. Kadrlarni elektron boshqarish tizimi va uning afzalliklari. ……………………

214

210

13.3. Janubiy Koreya Respublikasi davlat boshqaruvida inson resurslarini boshqarishda qoʻllaniladigan “e-Saram” elektron tizimi……………………………

216

212

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI…..........................................

219

215

GLOSSARIY……………………………………………………………………….

229

225

ILOVALAR …………………………………………………………………………..

281

266

TESTLAR …………………………………………………………………………

312

279


SOʻZ BOSHI
Hozirgi bozor iqtisodiyoti, globallashuv, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, raqobatbardoshlik va tezkor axborot almashinuvi sharoitlarida mamlakatimizda uchinchi renessans poydevorini qurish vazifalariga yuksak e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda iqtisodiyotdagi jadal oʻzgarishlar, yuzaga kelgan demografik vaziyat, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini taraqqiy ettirish maqsadida, belgilanayotgan strategik vazifalar oʻz navbatida insonning jamiyatdagi oʻrnining taraqqiy etishini taqozo etmoqda. Zero, davlat boshqaruvidagi har qanday tashkilot, korxona va muassasaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanishi oʻrnatilgan qat’iy tartib-intizom, xodimlarning keng dunyoqarashi va mas’uliyatliligi, eng muhimi, rahbar va jamoadagi yuqori malakali kadrlarning bilimi, koʻnikmasi, iqtidori, ma’naviyati, boshqaruv qobiliyati, ilmiy salohiyati va boshqa xususiyatlariga bevosita bogʻliqdir. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Sh.M.Mirziyoyev shunday ta’kidlaydi: “Hozirgi vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida koʻp hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish, ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yoʻlga qoʻyilmagani sezilmoqda. Eng yomoni, bu holat ishimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam nomiga ishlab oʻtiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish koʻp, vazifa koʻp, lekin ishlaydigan odam, kadr yetishmaydi. Bunday notoʻgʻri ish taqsimotiga mutlaqo chek qoʻyishning vaqti yetdi. Har bir davlat xizmatchisi oʻzining burchi va majburiyatini aniq-ravshan bilishi, sodda qilib aytganda, oʻz aravasini oʻzi tortishi lozim. Bu – zamon talabi. Oldimizga qoʻygan maqsad-muddaolarga yetish uchun bu ishlarni oʻzimiz qilmasak, boshqa hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kadrlarning amaliy zahirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim masalalarini oʻz ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb oʻylayman. Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta oʻylangan, har tomon-lama toʻgʻri qarorlar qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat. Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonunlar ijrosini ta’minlash, joylardagi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish borasidagi rolini hisobga olib, bugungi kunda mahalliy hokimliklarga qoʻshimcha vakolatlar berish borasida tegishli takliflar tayyorlanmoqda”1. Masalaning bu tarzda qoʻyilishi oliy ta’lim muassasa-larida yuqori malakali kadr (bakalavr, magistr)larni tayyorlashni boshqarishda davlat xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilot va korxonalarning kadrlarga boʻlgan haqiqiy talab va ehtiyojlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri shakllantirib, ish beruvchilarga taqdim qilishlari ahamiyatiga dolzarblik kasb etadi.
Iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida faoliyat koʻrsatadigan davlat xizmatchilarini, yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yetishtirish, ular mehnatidan unumli foydalanishning ilmiy-amaliy jihatdan aniq va mukammal dasturlar, vazifalar majmuining ishlab chiqilishi, amaldagi nizomlar, belgilangan tartib-qoidalarga koʻra ularni amalga oshirilishi har qanday jamiyat uchun ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Kadrlar siyosati masalasida mas’ul xodimlar, rahbarlar, soha mutaxassislari oʻzlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni qat’iy grafik asosida oqilona va odilona bajarmasalar, davlat barcha koʻrsatkichlar boʻyicha rivojlanishdan orqada qoladi, natijada inqirozga uchraydi. Fikrimizning dalili sifatida, sobiq shoʻrolar davrida kadrlar siyosatida nazariya bilan amaliyotning nomutanosibligi, kadrlar tanlanishi, oʻqitilishi, tayyorlanishi va joy-joyiga qoʻyilishi koʻp hollarda korrupsiya asosida amalga oshirilganligi, mahalliy kadrlarga vakolatlar berilmaganligi, ularga ishonmaslik, aristokratiya oqibatida boshqaruvchi kadrlar safiga bilimsiz, qobiliyatsiz shaxslarning kirib qolganligi, respublikamizning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji chetdan qondirilishi amaliyoti, ta’lim dasturlarining bir xilligi, ya’ni iqtidorli, qobiliyatli va kreativ fikrlovchi talabalar uchun individual va tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari qoʻllanilmasligi, OTMlari va davlat boshqaruviga yoʻnaltirilgan tashkilot va muassasalar kadrlari malakasini oshirishda oʻquv mashgʻulotlari oʻqituvchilar tomonidan yuqoridan qat’iy belgilangan dasturlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari asosida oʻtilganligi, bu tizimda muqobil dasturlar hamda mafkuraviy qarashlarga oʻrin berilmaganligi va boshqalarni keltirish mumkin.
Sobiq shoʻrolar davlati davrida Oʻzbekistonning agrar-industrial maqomi oliy ta’lim muassasalarining atigi 21%i muhandis-texnika sohalarida kadrlar tayyorlashga moʻljallanganligida ham bilinar edi. Yurtimizning ulkan tabiiy boyliklari, shu jumladan, qishloq xoʻjalik mahsulotlari (paxta tolasi)ning asosiy qismi xom-ashyo sifatida respublika hududidan olib chiqib ketilishi uning oliy ta’lim tizimida ham oʻz aksini topgan boʻlib, vaholanki, mavjud oliy ta’lim muassasalarining 80%ga yaqini zamonaviy mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan mutaxassis kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilmagan edi. Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimining tarkibiy tuzilishi va amal qilishi jarayonlari uning mavjud milliy-tabiiy, iqtisodiy-moddiy, ma’naviy-intellektual salohiyati imkoniyatlariga zamonaviy talablar darajasida javob bera olmas edi. Uning tizimida boʻlmagan, lekin mustamlakachilik maqsad-manfaatlarini yanada toʻlaroq qondirish uchun zarur boʻlgan ixtisosliklar boʻyicha oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash sobiq markazning maxsus rejasi asosida belgilangan miqdorda Rossiya va Ukraina oliy oʻquv yurtlarida amalga oshirilar edi2.
Demak, sobiq shoʻrolar davlati oliy ta’lim tizimida ham Oʻzbekiston ustidan hukmronlik qilib kelgan. Oʻsha davrda oliy ta’lim maqsadlariga byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning yil sayin kamayib borayotganligi sababli oliy oʻquv yurtlarining ta’lim-tarbiya binolari nurab, ta’mirlashga muhtoj holga kelib qolgan edi. Oʻquv-uslubiy laboratoriyalari, amaliy tajriba maskanlari moddiy va ma’naviy eskirgan uskuna, mashina-mexanizmlar bilan jihozlanishiga ularning yangilarini koʻrmay, oʻrganmay bitirib chiqib ketayotgan yoshlarning bilim darajalari sifati pasayib borayotgan sharoitda asosiy e’tibor miqdor mezoniga qaratilgan edi. Koʻzboʻyamachilik avj olib, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning sifat darajasi shu qadar pasayib ketdiki, hatto almisoqdan qolgan mashina-mexanizmlar vositasida ishlab chiqarishni uyushtirayotgan zavod-fabrikalar, kolxoz-sovxozlar va ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbarlari ham turli bahonalarni roʻkach qilib, ularni boʻsh ish oʻrinlariga ishga olishdan bosh tortardilar. Zero, sifati past mutaxassisdan samaradan koʻproq zarar kutish mumkin edi, xolos3.
Milliy kadrlar tayyorlanishiga toʻsqinlikning yana bittasi, jahon andozalariga mos keladigan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha oliy ta’lim muassasalari markazda joylashgan boʻlib, bu OTMlarga ittifoqdosh respublikalardan, jumladan Oʻzbekistondan qabul qilinadigan talabalar oʻrin (kvota)lari chegaralangan edi. Bunday zarur mutaxassislar mamlakatimizda tayyorlanmaganligi natijasida yurtimizga koʻplab kadrlar markazdan yuborilar edi. Bu muammolarning barchasi Oʻzbekiston Respublikasi da davlat boshqaruviga asoslangan tashkilot va muassasalarning rivojlanishiga, ularda faoliyat olib boruvchi yuqori malakali kadrlarning salohiyati oshirilishiga, inson resurslari taraqqiyotiga salbiy ta’sir oʻtkazgan deb hisoblaymiz.
Mustaqillikka erishilgach, davlat boshqaruviga asoslangan tashkilot va muassasalar taraqqiyotiga yuqorida keltirilgan salbiy holatlar ta’sirini pasaytirish yoki butunlay bartaraf etish, birinchi navbatda ta’lim tizimini isloh qilish bilan bevosita bogʻliq edi. Shunga koʻra, oʻsha davrda hukumatimiz va ta’lim tizimi rahbarlari zimmasida bir qator yechimini tezlikda kutayotgan quyidagi muammolarni hal etish vazifalari kun tartibiga qoʻyilgan: birinchidan, yetuk soha mutaxassislari ishtirokida sobiq shoʻrolar davri ta’lim tizimining ta’limga nisbatan yondashuvlarini koʻrib chiqib, namunali tomonlaridan foydalanib, keraksiz uslublardan voz kechish boʻyicha takliflar tayyorlash; ikkinchidan, isloh qilinayotgan ta’lim tizimining hozirgi zamon va bozor talablariga mos keladigan maqsadlarini, shu maqsadlar asosida tashkiliy, uslubiy, amaliy vazifalarni ishlab chiqish; uchinchidan, mamlakatning aqliy, professional, axloqiy va kasbiy salohiyatini ishlab chiqarishga mas’ul boʻlgan ta’lim muassasalarining oʻrnini saqlash va mustahkamlash; toʻrtinchidan, mamlakatda oʻrta-maxsus ta’lim tizimida tahsil olayotgan kichik mutaxassislar, oliy ta’lim muassasasini bitirgan bakalavrlar va magistrlarga, oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olgan kadrlar, professor-oʻqituvchilarga boʻlgan talabni мotivatsiyalash; beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida ta’lim muassasalarining juda murakkab moliyaviy sharoitlarda barqaror faoliyat koʻrsatishlari uchun dastlabki zamin (shart-sharoitlar) yaratish; oltinchidan, ta’lim tizimini moliyalash, uning moddiy-texnika bazasini kengaytirish, rivojlantirish borasida yangi takliflar ishlab chiqish, imkoniyatlar yaratish va ulardan foydalanish; ettinchidan, ta’lim muassasasini ilm-fan, oliy ta’lim, madaniyat, ma’naviyat markazi, oʻtish davrining ayrim salbiy oqibatlari ta’sir kuchini kamaytiruvchi ilmiy-innovatsion markaz sifatida saqlash va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarini ishlab chiqish va asoslash. Bu masalalar, oʻz navbatida mamlakatning, davlat boshqaruvi asosidagi tashkilot va muassasalarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish vazifalari bilan bevosita bogʻliq. Shu sababli mustaqilligimizning dastlabki yillarida mamlakat ma’naviy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, korxona, tashkilot va muassasalarning kadrlarga boʻlgan talablarini qondirish, eng muhimi, ta’lim tizimini isloh qilishda mentalitet va imkoniyatlarimizga mos keladigan yoʻlni tanlashimiz kun tartibidagi muhim vazifalardan biri edi. Darhaqiqat, jamiyatning aqliy va ma’naviy salohiyatini oshirishda oliy ta’lim, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish islohotlar strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Mazkur ustuvor yoʻnalishning ahamiyati jamiyatni yangilashdan iborat butun jarayonning boshqa yoʻnalishlariga singib ketadi. Bu jarayon, albatta, kadrlar salohiyatiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligi, yangiliklarga intilishi, oʻz ustida ishlashi va ijodiy qobiliyatiga bogʻliqdir.
Demak, davlat boshqaruvida inson resurslarini boshqarish nuqtai-nazaridan, oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh, barcha ustunliklarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ulardan yurt ravnaqi, vatan taraqqiyoti, iqtisodiyotimiz barqarorligi, xalqimiz farovonligi yoʻlida maqsadli foydalanish qat’iy raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotining asosiy talablaridan biridir. Chunki, yuqorida keltirilgan global masalalarni ijobiy hal etilishida mamlakatimizning ulkan ilmiy, ijodiy, intellektual, mehnat salohiyatining tarkibiy qismi boʻlgan, mustaqillik yillaridan hozirga qadar oliy ta’lim muassasalarini bitirib, mehnat bozorida bozor iqtisodiyoti talablariga amal qilib, davlat boshqaruvidagi tashkilot (korxona, muassasa)larda samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuqori malakali kadrlarning oʻrni juda ahamiyatlidir. Shunga koʻra, 704411401 – “Inson resurslarini boshqarish” magistratura mutaxassisligi talabalariga oʻqitilishi rejalashtirilgan “Davlat boshqaruvida inson resurslari” faniga asoslangan yangi ilmiy bilimlar va amaliy koʻnikmalar davlat boshqaruvidagi tashkilot va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish vositasiga, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchga aylanmoqda. Bilim va koʻnikmalar esa insonlar tomonidan yaratiladi, oʻzlashtiriladi va tarqatiladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilot va muassasalarda muammolarni bartaraf eta oladigan, iqtidorli va tashabbuskor yuqori malakali kadrlarning mavjudligi tashkilotlar iqtisodiyotining asosini tashkil etmoqda. Davlat boshqaruvi asosidagi muassasalarning ilmtalabligi, uning intellektual va innovatsion koʻrinishda namoyon boʻlishi hozirgi davrda jamiyat innovatsion taraqqiyotining ob’yektiv ehtiyojlari zamonaviy bilim va texnologiyalarni oʻzlashtirgan xodim va ish beruvchining shakllanishiga zamin yaratmoqda. Bu holat oʻz navbatida mehnat jarayonini boshqarishga yangicha yondashuvlar qoʻllanishini taqozo etmoqda.
“Davlat boshqaruvida inson resurslari” fani boshqarish nazariyasining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Ushbu kurs nazariy va amaliy jihatdan yangi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatimiz oʻtish davri jarayonini bosib oʻtayotgan hozirgi davrda inson resurslarini boshqarish sohasida talabalarning ham nazariy, ham amaliy tajribalarini orttirishda ushbu kursning ahamiyati va tutgan oʻrni beqiyosdir. Bu borada inson resurslaridan oqilona foydalanish, insonlarni kasb mahoratini va sogʻligʻini mustahkamlash, ularning mehnat faoliyatini motivatsiyalash va kar’yerasini rivojlantirish ushbu fanning asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq, korxona va tashkilotlarda inson resurslarini boshqarishda zamonaviy bilim, texnologiya va tamoyillardan foydalana olish dolzarb hisoblanadi.
Mazkur fanni oʻrganish jarayonida magistrantlarga davlat boshqaruvida inson resurslari faniga kirish, davlat boshqaruvida davlat xizmatchilari turlari, davlat xizmatchilari uchun boʻsh ish oʻrinlarini e’lon qilish, davlat boshqaruvida malakali kadrlarni ishga yollash tizimini boshqarish, davlat boshqaruvida xodimlarni ish joylariga moslashtirishda “Onboarding” texnologiyasini qoʻllash, davlat sektori xodimlarining ish faoliyatini baholash, davlat sektoridagi xodimlarning mehnat faoliyatini motivlashtirish va ragʻbatlantirish, davlat boshqaruvi xodimlarining kar’yerasini boshqarish, davlat xizmatida inson resurlarini boshqarishning elektron tizimi, davlat xizmatchilarini ishdan boʻshatishda “Outplacement” texnologiyasini qoʻllash, davlat xizmatlarini koʻrsatishning hozirgi va istiqboldagi muammolarini hal qilish uchun ishchi kuchini strategik rejalashtirish va boshqarish, davlat xizmatchilarining kasaba uyushmalari, davlat boshqaruvidagi kadrlar malakasini oshirish tizmi va uni boshqarish mavzulari asosida jami 150 soat oʻquv mashhulotlari olib boriladi. Bu mavzularning barchasi Oʻzbekiston Respublikasi da bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruvida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot va muassasalarni modernizatsiyalash jarayonlarini xodimlarni boshqarish usullaridan, ularning malakalarini oshirish orqali, boshqaruvning samarali usullaridan foydalanilgan holda amalga oshirish mumkin.
“Davlat boshqaruvida inson resurslari” fani tashkilot va korxonalarda inson omilidan samarali foydalanish muammolarini hal etishga kompleks yondashuvni ta’minlovchi iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida inson resurslarini boshqarishning qulay mexanizmini yaratishda alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlanganidek, inson resurslari bilan ishlash sohasida zamonaviy bilim va koʻnikmalar majmuasiga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash zarurati yuzaga keladi. Bunday zarurat taqozosi yuzasidan “Personalni boshqarish”, “Kadrlar menejmenti”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Kar’yerani boshqarish” kabi fanlar qatorida “Davlat boshqaruvida inson resurslari” fanini mukammal ravishda oʻrganish ushbu bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
“Davlat boshqaruvida inson resurslari” fanini muntazam ravishda oʻzlashtirishni taklif etishimiz kurslarda oʻqitishning ustuvorligi hisoblanadi. Shuning uchun mazkur oʻquv fanini mukammal tarzda oʻrganishni tavsiya etishimizning asosiy boisi shundaki, bu fan davlat boshqaruviga asoslangan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari qonuniyatlarini, rahbar va xodimlarning vakolat va lavozim yoʻriqnomalarini, huquq, burch va vazifalarini tushunish, amaliyotga joriy etish, yangilashga sharoitlar yaratadi va professional tizimli texnologik bilimlarni integratsiyalaydi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida, tashkilot va korxonalarni, shu jumladan davlat xizmati koʻrsatuvchi sub’ektlarni modernizatsiyalash jarayonlarini, insonlarni boshqarish usullarini takomillashtirmay, mavjud kadrlar menejmenti tizimini izchil takomillishtirmay turib tasavvur etish qiyin. Davlat xizmatchilari – kadrlarni strategik boshqarish barcha darajalarining tarkibi va mohiyatini tubdan takomillashtirish iqtisodiy tizimni isloh qilishning hal qiluvchi omillaridan biriga aylanmoqda.
Hozirgi sharoitda, professional davlat boshqaruvchisi inson resurslarining strategik ahamiyatini tarGʻib qilishga, oʻzgarishga moslashuvchan va sezgir boʻlishni, oʻzgaruvchan ish uslubiga va tarmoqlararo munosabatlarga moslashishga, mavjud xodimlar va ish faoliyati natijalarini baholash va mukofotlashning yanada murakkab va samarali usullarini ishlab chiqish, istiqbolli kadrlarga nisbatan samarali munosabatda boʻlish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga tayyor boʻlishi talab etiladi.
Demak, “Davlat boshqaruvida inson resurslari” fanini oʻqitishdan asosiy maqsad – davlat sektorida inson resurslari bilan ishlash amaliyoti davlat xizmatchilarining tanlovi va tajribasiga qanday darajada ta’sir qilishini, bu oʻz navbatida davlat siyosatiga ham ta’sir etishini oʻrganishdan iborat. Shundan kelib chiqib, ushbu fan davlat boshqaruv tizimida inson resurslarini boshqarishning strategik va operatsion rollarini muhokama qiladi. Ushbu fanning maqsadi tinglovchilarga inson resurslarini samarali boshqarish va davlat siyosati hamda ijtimoiy maqsadlarga erishish oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash, davlat boshqaruvida inson resurslarini boshqarish siyosati va amaliyoti vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turuvchi ijtimoiy qadriyatlar va muhit sharoitlarida qanday aks etishini tushuntirishdan iborat.


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish