Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


-MAVZU. DAVLAT BOSHQARUVIDA INSON RESURLARI FANIGA KIRISH



Download 2,31 Mb.
bet8/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

1-MAVZU. DAVLAT BOSHQARUVIDA INSON RESURLARI FANIGA KIRISH
Reja:

    1. Davlat boshqaruvida inson resurlari tushunchasining mazmuni va mohiyati.

    2. Davlat sektorida inson resurslarini boshqarishning oʻziga xosligi.

    3. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar davlat sektorlarida inson resurslarini boshqarish.


Tayanch so’z va iboralar: davlat boshqaruvi, inson resurlari, bandlik va lavozim, rahbarlik lavozimlari, davlat xizmatlari, mehnat xavfsizligi, kasaba uyushmalari, davlat sektori, komptentlik, nodavlat tashkilotlar, xizmat, davlat budjeti, mahalliy organ, mehnat shartnomasi, davlat mansabi, autsorsing, davlat organi.

    1. Davlat boshqaruvida inson resurlari tushunchasining mazmuni va mohiyati

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligiga erishishi bilan suveren huquqiy demokratik davlatni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan davlat xizmatini tashkil etish ehtiyoji yuzaga keldi. Bunday sharoitda birinchi galdagi vazifa, albatta, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, davlat xizmatini zamonaviy bilim va malakalarga ega boʻlgan kadrlar bilan ta’minlash hisoblanadi.


Ushbu holat rivojlangan davlatlar amaliyoti hamda milliy tajribaga asoslangan yangicha mazmundagi “Davlat boshqaruvida inson resurslari” fanini joriy etish va oʻrganishni taqazo etdi.
Hozirgi sharoitda, professional davlat boshqaruvchisi inson resurslarining strategik ahamiyatini targʻib qilishga, oʻzgarishga moslashuvchan va sezgir boʻlishni, oʻzgaruvchan ish uslubiga va tarmoqlararo munosabatlarga moslashishga, mavjud xodimlar va ish faoliyati natijalarini baholash va mukofotlashning yanada murakkab va samarali usullarini ishlab chiqish, istiqbolli kadrlarga nisbatan samarali munosabatda boʻlish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga tayyor boʻlishi talab etiladi.
Ushbu fan davlat inson resurslarini boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari va oʻziga xosliklarini yoritib berishga xizmat qilib, u tinglovchilarga davlat boshqaruv tizimida inson resurlarini boshqarish va uni rivojlantirish hamda hozirgi va kelajak uchun ilgʻor ma’muriy boshqaruv kadrlarini tayyorlash, davlat kadrlar boshqaruvi nazariyalari, davlat boshqaruv sohasida kadrlar malakasi va kompetensiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish hamda mavjud muammolarni nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan oʻrganish imkoniyatini beradi.
Davlat sektorida inson resurslari bilan ishlash amaliyoti davlat xizmatchilarining tanlovi va tajribasiga ta’sir qiladi va bu oʻz navbatida davlat siyosatiga ham oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Shundan kelib chiqib, ushbu fan davlat boshqaruv tizimida inson resurslarini boshqarishning strategik va operatsion rollarini muhokama qiladi.
Ushbu fanning maqsadi tinglovchilarga inson resurslarini samarali boshqarish va davlat siyosati hamda ijtimoiy maqsadlarga erishish oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash, davlat boshqaruvida inson resurslarini boshqarish siyosati va amaliyoti vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib turuvchi ijtimoiy qadriyatlar va muhit sharoitlarida qanday aks etishini tushuntirishdan iborat.
“Davlat boshqaruvida inson resurslari” fanining oldiga qoʻyilgan asosiy maqsad – bakalavriat va magistratura yoʻnalishi talabalari va tinglovchilarida davlat xizmatining muhim nazariy va amaliy masalalari, davlat-xizmat munosabatlari, ushbu sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari, xorijiy tajriba va amaliyot toʻgʻrisida bilimlarni shakllantirish va takomillashtirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadga erishish, koʻp jihatdan, zamon talablariga mos keladigan oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratishga bogʻliqdir.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat xizmatini isloh etish qonunlarga qat’iy rioya etadigan, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari ustunligini tan olgan holda ommaviy (jamiyat, fuqaro) manfaatlarni koʻzlab davlatning vazifalari va funksiyalarini amalga oshiradigan, yuqori malakali professional davlat xizmatchilari korpusini shakllantirishni nazarda tutadi.
Davlat maxsus tashkil etilgan apparatisiz mavjud boʻlishi mumkin emas. Davlat apparati esa, davlat xizmati tizimiga muhtoj boʻladi. Shu sababli davlat apparatida olib boriladigan islohotlar, birinchi navbatda, davlat xizmatining toʻgʻri tashkil etilishi va samarali amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Davlatning faoliyat koʻrsatishi, davlat apparati va davlat xizmatining holati mamlakat axolisida unga nisbatan tasavvurlarni paydo qiladi. Davlat nomidan harakat qilayotgan xizmatchiga qarab davlatga yoki davlat apparatiga baho beriladi. Shu sababli, har bir davlatda davlat xizmatining qanday shakllangani juda muhim ahamiyatga egadir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, ular bilan doimiy ishlash, malakasini oshirib borish, samarali davlat xizmatchilari zahirasini shakllantirish masalalari har qanday davlat oldida turgan birinchi galdagi vazifalardan hisoblanadi.
Davlat xizmatining toʻgʻri tashkil etilishi davlatda qabul qilinadigan qonun hujjatlariga ham bogʻliqdir. Davlat-xizmat munosabatlarining qanchalik huquqiy tartibga solinganlik darajasi uning rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradi. Davlatda mavjud qonunchilik davlat xizmatining mazmuni hamda amaldagi holatini koʻrsatadi.
Davlat xizmati tizimida qonun hujjatlari qanchalik mukammal ishlab chiqilganligi va uni amalga oshirish mexanizmining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.


    1. Download 2,31 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish