Ma’ruza. Ma’ruza ommaviy nutq koʻrinishidagi ma’lumot taqdimoti sifatida tinglovchilarning savollariga keyingi javoblari bilan keng tarqalgan va juda samarali oʻqitish usuli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan mutaxassislik boʻyicha oʻquv dasturiga kiritilgan fanlar boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarning jiddiy tanqisligi sharoitida ma’ruzalarning ahamiyati sezilarli darajada oshadi. Shuning uchun tinglovchilar taklif qilinayotgan oʻquv materialini mustaqil ravishda oʻrganish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ma’ruza shaklidan foydalanish samaradorligi yuqori boʻladi.
Ma’ruzachilar mavzuni umumiy koʻrib chiqishdan uning oʻziga xos tomonlariga oʻtishganda, murakkabliklar paydo boʻla boshlaydi. Boʻlajak davlat xizmatchilariga inson resurslari menejmenti usullari, funksiyalari, vazifalari, bosqichlari, nizolarni boshqarish texnologiyalari kabi muhim masalalar yuzasidan ma’ruzalar oʻtiladi. Bunda har bir ma’ruzada yuqoridagi usullar va texnologiyalar kim tomonidan, qachon va qayerda qoʻllanilganligi hamda qanday samaradorlikka erishilganligi tushuntirilishi kerak. Aks holda ma’ruza tezda unutiladi va kutilgan natijani bermaydi.
Shu sababli, menejer-tahlilchilarni shakllantirish usuli sifatida ma’ruzaga qoʻyiladigan umumiy talab davlat xizmatchilarini ijodiy ragʻbatlantirishdan iborat boʻlib, uni tayyorlash va oʻqish boʻyicha stereotipli yondashuvni rad etishni nazarda tutadi. Oʻqituvchi mavzuni taqdim etish darajasini, uning maqsadini belgilashi kerak.
Ma’ruzalar natijadorligi va samaradorligini oshirishning muhim yoʻli – bu esda qoladigan, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning soʻnggi yutuqlarini qoʻllagan holda ma’ruza taqdimotiga kiritilgan misollardan mohirona foydalanishdir. Misollar boʻlajak davlat xizmatchilariga gʻoyani tushunishga yordam beradi, ularning izchilligini namoyish etishga imkon beradi, ushbu gʻoyani muayyan vaziyatda qanday qoʻllash mumkinligini koʻrish uchun imkoniyat yaratadi va nihoyat, masalaning mohiyatini eslab qolishga zamin yaratadi.
Seminar. Seminar tinglovchilarning oʻzaro aloqasi va faolligi uchun ma’ruzadan koʻra koʻproq imkoniyatlar beradi. Tajriba shuni koʻrsatadiki, davlat xizmati xodimlari konstruktiv munozaralar jarayonida yangi gʻoyalarni qabul qilishda koʻproq muvaffaqiyat qozonishadi. Seminar muhokamasi tinglovchilarni ma’ruzada berilgan umumiy gʻoyalarni muayyan muammoli vaziyatga nisbatan ishlatishga, ishlab chiqarish amaliyotida oʻz faoliyatlarida yanada mas’uliyatliroq yondashib, qaror qabul qilishga undashi mumkin. Davlat xizmatchilarining seminar oʻquv mashgʻulotlarini olib borishda quyidagi uch turdagi usul samarali hisoblanadi va koʻproq qoʻllaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |