Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Davlat sektorida inson resurslarini boshqarishning oʻziga xosligi



Download 2,31 Mb.
bet9/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Davlat sektorida inson resurslarini boshqarishning oʻziga xosligi

Davlat xizmati mohiyatini va uning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlashdan oldin, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali mehnat faoliyati turlari toʻgʻrisida tushuncha hosil qilish lozim. Yuridik adabiyotlarda, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali mehnat faoliyati fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida turli (davlat, nodavlat) tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari doirasida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar sifatida ta’riflab oʻtilgan boʻlib, shartli ravishda bir necha guruhlarga boʻlingan:



  • tovarlar, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ma’lum bir xizmatlar koʻrsatish;

  • nomoddiy (ma’naviy) boyliklar yaratish (masalan, kitoblar, maqolalar yozish, kino va videofilmlar yaratish, ssenariylar tayyorlash);

  • ijtimoiy-madaniy faoliyat (ta’lim berish, sogʻliqni saqlash va h.k.lar);

  • davlat xizmati, ya’ni jamiyatning barcha sohalarida faoliyat koʻrsatish;

  • ijtimoiy-madaniy (ta’lim, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish) sohalarni boshqarish;

  • iqtisodiyot (sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish) sohalarini boshqarish;

  • nodavlat, jamoat, diniy, xalqaro, xorijiy tashkilotlar tomonidan xizmat koʻrsatish;

  • jamiyatning turli sohalarida ma’lum bir ehtiyojlarni qondirish maqsadida ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullanish va boshqalar.

Huquqshunos olim D.N.Baxraxning fikricha: «Insonlarning, shuningdek, davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yoʻnalishlaridan biri – bu xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda qo’llaniladi.
Insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy institut, davlat organlarining maxsus tizimi ma’nosida ishlatilishi mumkin. Xizmat – boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta’minlashdan, aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishdan iborat.
Xizmatchi oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida oʻziga xos munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlarning mazmunini xizmat turi hamda xizmat olib borilayotgan tashkilotning xususiyatlari belgilab beradi.
Xizmat munosabatlari davlat-xizmat munosabatlariga yoki jamoat birlashmalarida va boshqa nodavlat, xususiy, tijorat tashkilotlarida amalga oshiriladigan xizmat munosabatlariga boʻlinishi mumkin.
Xizmatchilarning qanday lavozim egallashi va qaysi tashkilotda oʻz majburiyat va vazifalarini bajarishiga qarab, ularni quyidagilarga boʻlish mumkin:

  • davlat organlarining xizmatchilari;

  • mahalliy organlarning xizmatchilari;

  • davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining xizmatchilari;

  • nodavlat tashkilotlarning xizmatchilari;

  • jamoat birlashmalarining xizmatchilari va h.k.




Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish