- davlat xizmatining davlat organlarida amalga oshirilishi. Davlat xizmati – bu davlat lavozimi (mansabi)ni egallab turgan holda davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. Davlat lavozimi (mansabi) davlat organlarida joriy etiladi.
Ayrim hollarda davlat xizmati munosabatlari davlat organlaridan tashqari boʻlgan davlat tashkilotlarida ham (masalan, davlat unitar korxonasi, davlat muassasasida) namoyon boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, davlat organlarida faoliyat koʻrsatuvchi barcha fuqarolar ham davlat xizmatchisi hisoblanmaydi. Xodimlarning ayrimlari bilan mehnat shartnomasi tuziladi va ularga nisbatan davlat xizmatchisi maqomi tadbiq etilmaydi;
- davlat xizmatiga haq toʻlash davlat budjeti hisobidan amalga oshirilishi. Davlat apparati xarajatlarini qoplash, davlat xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunlarda nazarda tutiladi.
Davlat xizmati tushunchasini funksional ma’noda ham olib qarash mumkin. Funksional ma’noda davlat xizmati davlat faoliyatining, davlat organlari apparatining, ma’muriy-boshqaruv tuzilmalari faoliyatining alohida turi hisoblanadi.
Davlat xizmatchilarining faoliyati koʻrinishlari:
► farmoyish berish, tartibga solish xarakteridagi vakolatlarni amalga oshiradilar;
► boshqaruv tizimida huquqning turli subyektlariga nisbatan huquqiy-hokimiyat koʻrsatmalarini amalga oshiradilar;
► yurisdiksiyaviy harakatlarni amalga oshiradilar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa subyektlarga nisbatan davlat majburlov choralarini qoʻllaydilar;
► tashkiliy harakatlarni va moddiy-texnik operatsiyalarni amalga oshiradilar;
► fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradilar.
Huquqshunos olim V.I.Fadeyevning fikricha, mahalliy organlarda xizmatni oʻtash:
► mahalliy organlarni tashkil etish boʻyicha boʻladigan ijtimoiy munosabatlar;
► mahalliy organlar va uning mahalliy mulkni, mahalliy xoʻjalikni boshqarish, mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish boʻyicha organlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlar;
► qonun hujjatlari asosida davlatning ayrim vakolatlarining mahalliy organlar tomonidan amalga oshirilishi, qonunlarni hamda yuqori turuvchi organlar huquqiy aktlari ijro etilishini tashkil etish va amalga oshirish jarayonlarida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar;
► mahalliy organlar tomonidan konstitutsiyaviy huquqni va sud himoyasini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yuzaga kelishi mumkin.
Mahalliy organlardagi xizmat quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:
bu xizmat ommaviy xizmatning alohida turi hisoblanadi, ya’ni mahalliy ommaviy hokimiyat organidagi xizmatdir;
bu mahalliy organlardagi kasbiy faoliyat boʻlib, uning amalga oshirilishi bilan mahalliy xizmatchilar mahalliy budjetdan mablagʻ oladilar. Mahalliy xizmatchilar mahalliy organlardagi ma’lum bir lavozimlarda xizmatni olib boruvchi shaxslardir;
bu mahalliy organlar vakolatlarini ijro etish boʻyicha boʻladigan faoliyatdir, ya’ni mahalliy tuzilmaga boʻysundirilgan faoliyatdir;
bu doimiy asosda tashkil etiladigan faoliyatdir, ya’ni mahalliy organlar xizmatchilari mahalliy organlarning faoliyatini doimiy, cheklanmagan muddatda amalga oshiradilar. Lekin ularni saylanadigan mansabdor shaxslardan (ma’lum bir muddatlarda xizmatni olib boradigan shaxslardan) farqlay olish lozim. Mahalliy organlar xizmatchilarining «doimiy asosli» faoliyati mahalliy organlar xizmatining mahoratini, uning muvozanatini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |