Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Davlat boshqaruvidagi mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish



Download 2,31 Mb.
bet62/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Davlat boshqaruvidagi mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish – bu xodimlarning tanlagan ishlarida oʻzlarining maqsadlarini amalga oshirish natijasida bajariladigan, korxonaning maqsadlari va vazifalari bilan kelishilgan holda, shuningdek, menejment sub’yekti tomonidan ishchilar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui sifatida amalga oshiriladigan, oʻzlarining xizmat faoliyatlarida talab, istak va ehtiyojlarini qondirish jarayonidir.
Ehtiyojlar harakatlantiruvchi kuch manbai. I.V.Lipsist4, inson ehtiyojlarini “odamlar oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun olishni istagan bepul va cheklovlarsiz imtiyozlarning mavjudligi” deb ta’riflaydi. E.A.Utkin5, ehtiyojlarni “istaklar, ma’lum bir natijaga intilish” deb hisoblaydi. Demak, ehtiyoj insonning oʻz hayotida biron narsaga boʻlgan talabi, xohishi, istagi, harakatga keltiruvchi kuchidir.
Davlat boshqaruvida motiv tushunchasi ehtiyoj tushunchasi bilan chambarchas bogʻliqdir. Motiv – xodimning ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq har qanday faoliyat motivatsiyasi. V.V.Travin, V.A.Dyatlov6ning fikricha, davlat boshqaruvidagi inson mehnati мotivatsiyasi tarkibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • xodim qondirmoqchi boʻlgan ehtiyoj;

  • ushbu ehtiyojni qondira oladigan tovar;

  • tovarni olish uchun zarur boʻlgan mehnat harakati;

  • narx (mehnat harakatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar).

Shuni ta’kidlash kerakki, insonning bilimi, ma’naviyati va xulq-atvori har doim uning ta’lim, xizmat va mehnat samaradorligini oshirish uchun turtki boʻladi. Bu zamonaviy bilim va texnologiyalarni oʻrganish, davlat yoki nodavlat sektordagi vazifa, mashaqqatli ish, murakkab lavozim vakolati boʻlishidan qat’iy nazar, samaradorlik mehnat motivatsiyasiga asoslanadi.
Davlat xizmatchilarining xulq-atvori koʻpincha bir xil motivga emas, balki ularning umumiyligiga bogʻliq. Motivlar inson hatti-harakatiga ta’sir darajasiga koʻra, bir-biriga nisbatan ma’lum munosabatda boʻlishi mumkin, shuning uchun motivatsion tuzilma sifatida “shaxs” asos (yoki zahira) sifatida qaralishi mumkinligi uning harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq.
Davlat boshqaruvidagi motivatsion tuzilmaning ma’lum bir barqarorlikka ega boʻlishiga qaramay, u inson qanday vaziyatda boʻlishiga va uni tarbiyalash, oʻqitish jarayonida va hokazolarga qarab oʻzgarishi mumkin. Shunga koʻra, davlat boshqaruvida мotivatsiya bu – shaxs (xodim)ni amalga oshirishga undaydigan ma’lum harakatlantiruvchi kuchlar toʻplamidir.
Davlat boshqaruvida mehnat motivlari har xil, bu motiv tuzilishi bilan izohlanadi. Birinchidan, ular shaxsning mehnat faoliyati asosida qondirishni istagan ehtiyojlari jihatidan farq qilishi mumkin. Ikkinchidan, ular inson oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan mahsulot (xizmat)larga qarab farqlanadi. Uchinchidan, davlat boshqaruvidagi motivlar, shuningdek, xodim zarur imtiyozlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ega boʻlish uchun toʻlashga tayyorligi bilan belgilanadi. Biroq, barcha motivlarning umumiy jihati shundaki, ehtiyojni qondirish uchun harakat sifatida motiv, albatta, ish bilan bogʻliqdir.
Davlat sektorida kadrlar faoliyatining barcha motivlari odatda iqtisodiy va noiqtisodiy turlarga boʻlinadi. Iqtisodiy motivlarning mohiyati shundaki, odamlar tashkilot talablarini qondirish natijasida oʻzlarining farovonligini oshiradigan ma’lum moddiy manfaatlarga ega boʻlishadi. M.N.Melnikova7 motivatsiyani quyidagi turlari mavjud deb hisoblaydi: instrumental, muvaffaqiyatli motivatsiya, intellektual va qulay yoʻnaltirilgan.
M.N.Melnikova tasnifi boʻyicha мotivatsiyalarning asosiy turlariga qisqacha tavsif beramiz.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish