Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet110/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Delfi usuli. Delfi usuli muhokama qilinayotgan muammo boʻyicha mutaxassis sifatida qatnashadigan bir guruh tinglovchilarning yozma soʻrovi orqali amalga oshiriladi. Soʻrov oʻtkazish uchun oldindan belgilangan shkalada tinglovchilarning bilim darajasini solishtirish mumkin boʻlgan javoblar berishga imkon yaratadigan savollar asosida anketa tayyorlanadi. Soʻrovnoma bir necha bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda, har bir mutaxassis tinglovchi anketa savollariga hech qanday izohsiz yozma javob beradi. Javoblar qayta ishlanadi va natijada ikkita ekstremal yondashuv va bitta oʻrtacha aniqlanadi. Bu soʻrovning ikkinchi bosqichidan oldin mutaxassislarga xabar qilinadi. Ushbu bosqichda mutaxassislar oʻzlarining fikrlarini tasdiqlashadilar (yoki oʻzgartiradilar) va oʻz harakatlari uchun tushuntirish berishadi. Agar keyingi bosqichda umumlashtirilgan natijalar-ga qarab, ekspertlarning fikrlari oʻzgarmasa, u holda soʻrovnoma oʻtkazish tadbirlari yakuniga yetadi. Delfi usulida asosiy masala soʻrov jarayonining oʻzi emas, balki uning natijalarini qayta ishlashdir. Unda tinglovchilar ham faol ishtirok etishadi.
Davlat boshqaruvi tashkilotlarida xizmatchilarni oʻqitish maqsadlari, ular uchun oʻquv dasturlarini tuzish, oʻqitish usullari va texnologiyalari toʻgʻrisida fikr-mulohazalar yuritdik. Endi yuqorida amalga oshirilgan ishlardan qanday natijalar kutilayotganligi toʻgʻrisida toʻxtalamiz. S.V.Matyukin, Yu.R.Kaneevalarning ta’kidlashi va bizning fikrimizcha, davlat fuqarolik xizmatining turli lavozimlarida ishlash va karyera boʻyicha harakatlanishda da’vogarlik qilish uchun quyidagi kompetensiyalarga ega boʻlish lozim deb hisoblaymiz:
1. Davlat buyurtmalarini davlat ehtiyojlari uchun joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi qonunchilik masalalarini bilish.
2. Oʻz vakolatlari doirasida tezkor qaror qabul qilish va amalga oshirish koʻnikmalariga ega boʻlish.
3. Rasmiy vazifalarni mustaqil ravishda samarali bajarish koʻnikmalariga ega boʻlish.
4. Shaxsni rivojlantirishning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalariga egalik qilish.
5. Kadrlarni boshqarishning zamonaviy usullarini bilish.
6. Ma’lumotnoma-huquqiy tizimlardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish.
7. Hujjatlar yuritish va hujjatlar bilan ta’minlashni boshqarish texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish.
8. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash texnologiyalarini bilish.
9. Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, tasdiqlash va qabul qilish tartibini bilish.
10. Davlat xizmati tizimi va davlat fuqarolik xizmatidagi kadrlar texnologiyalari toʻgʻrisida bilimlarga ega boʻlish.
11. Belgilangan yoʻnalishdagi faoliyatni tahlil va prognoz qilish koʻnikmalari.
12. Faoliyat profilidagi tahliliy ish qobiliyatlari.
13. Ishbilarmonlik muzokaralari mahorati.
14. Ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro aloqalar koʻnikmalari.
15. Rahbariyat tomonidan qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash boʻyicha koʻnikmalar.
16. Boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va amalga oshirish qobiliyatlari.
17. Rahbarning ish vaqtini rejalashtirish, uning ishini tashkil etish koʻnikmalari.
18. Tashkiliy tadbirlar (yigʻilishlar)ni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha koʻnikmalar.
19. Ochiq soʻzlash qobiliyatlari (nutq madaniyati).
20. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish qobiliyatlari.
21. Axborotni yigʻish va tartibga solish koʻnikmalari.
22. Boshqaruv hujjatlarini tayyorlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish mahorati.
23. Internet-resurslar bilan ishlash qobiliyati (shu jumladan davlat organlarining rasmiy portallari va davlat xizmatlari koʻrsatish portallari).
24. Elektron pochta, tarmoqdagi hamkorlik vositalari, ovozli va video aloqalar bilan ishlash qobiliyati.
25. Egallagan maxsus bilimlarini oʻz sohasi boʻyicha qoʻllash qobiliyati.
26. Vakolatni boʻysunuvchilarga topshirish qobiliyati.
27. Strategik va taktik maqsadlarni belgilash, ularga erishishni tashkil etish va ta’minlash koʻnikmalari.
28. Davlat xizmatidagi korrupsiyaga qarshi mexanizmlar.
29. Davlat xizmatlari boshqaruvini hujjat bilan ta’minlash.
30. Menejmentda axborot texnologiyalari, elektron hukumat va axborot jamiyatini rivojlantirish.
31. Xodimlarni boshqarish. Davlat xizmatidagi kadrlar texnologiyalari.
32. Davlat boshqaruvini tashkiliy va me’yoriy jihatdan ta’minlash.
33. Davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish.
34. Davlat organlarida qonun ijodkorligi faoliyati.
35. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash.
36. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
37. Davlat hokimiyati organi faoliyatidagi jamoatchilik bilan aloqalar.
38. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini strategik boshqarish.
39. Shaxsiy rivojlanish va martaba boshqaruvi.
40. Adolatlilik, mas’uliyat va mehnatsevarlik tamoyillariga ega boʻlish.
41. Turli vaziyatlarda toʻgʻri va qat’iy qaror qabul qilish mahoratiga ega boʻlish.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish