Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


-MAVZU. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy



Download 12,7 Mb.
bet192/254
Sana31.05.2022
Hajmi12,7 Mb.
#622905
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   254
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА 1-курс 2021 (1)

15-MAVZU. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy,
g’oyaviy asoslari
Reja:
1.Korrupsiya shakllanishining sabablari.
2.Korrupsiyaning shakllari.
3.Dunyo va O‘zbekistonda korrupsiyani bartaraf etish mexanizmlari.


Tayanch tushunchalar: huquqiy davlat, qonun ustuvorligi, korrupsiya, jinoyatchilik, xalqaro hujjatlar, fuqarolik jamiyati institutlari.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur.
Sh.Mirziyoev
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi.
Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”.
Korrupsiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi (lotin tilidan olingan) Sindirmoq, zarar yetkazmoq, buzmoq, bekor qilmoq. Rim huquqiga ko‘ra, yagona predmet bo‘yicha majburiyat munosabatlari tomonlaridan biridagi bir necha ishtirokchilar tushuniladi. Hozirgi kunda “korrupsiya” lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxs-larni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.” G‘arb mutafakkirlaridan biri Sharl Mon-teskye korrupsiyani quyidagicha talqin etgan. “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qan-day hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’-lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi.” Korrupsion qilmishlarga oid munosabat Vatanimiz tarixida ham ancha qadimdan mavjud. Xususan, buyuk bobomiz Amir Temurning “Temur tuzuklarida” ham amaldorlar xalqdan o‘lpon(soliq) yig‘ishda ham, “Ipak yo‘li” dan o‘tayotgan savdogarlar karvonlaridan olinadigan yig‘imlarni olishda adoltli va insof bilan yondoshishlari bel-gilab qo‘yilgan. O‘z davrining mutafakkirlari bo‘lmish A.Navoiy, Mirzo Ul-ug‘bek, Ahmad Donishlarning asarlarida ham amaldorlar tomonidan oddiy xalqni ishonchini suistemol qilish holatlari qattiq tanqid ostiga olingan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov mazkur turdagi jinoyatni shunday: “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu korrupsiya va poraxo‘rlik. Bu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug‘diradi” deb ta’riflab, bu jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlis palatalrining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ”mavzusidagi ma’ruzasida: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni so-dir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” deb ta’kidladi.

Download 12,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish