2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi



Download 23,16 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2021
Hajmi23,16 Kb.
#61502
  1   2
Bog'liq
1-4 FIZ 18


Prezidentimiz “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb alohida ta’kidladi. 

2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi. 

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi prokurori Bahrom Qobilov. – Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabat qaror topadi. 

34 moddadan iborat qonunda, avvalo, korrupsiya bilan bog‘liq tushunchalar berilgan. Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir. 

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, qorrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ham shular jumlasidandir. 

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli organlar tizimi keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlaridir. Qonunga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga asosan boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi. 

Qonunda ko‘rsatib o‘tilgan organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida amalga oshiradigan ishlari aniqlashtirildi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi. 

Qonundan kelib chiqib korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va ularning tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid faoliyat yanada takomillashadi. 

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarni tashkil etish nazarda tutilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunday komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi. 

Idoralararo komissiya sohaga oid faoliyatni muvofiqlashtirish bilan birga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi. 

Qonundagi e’tiborli jihatlardan yana biri, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilanganidir. Zero, bu institutlar jamiyatda jamoat nazorati qaror topishida, adolat muvozanati ta’minlanishida o‘ziga xos o‘rin tutib kelmoqda. Ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illatiga qarshi kurashishda ishtirok etishi shu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligi oshishiga xizmat qiladi. 

Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarda davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish, ma’muriy tartib-taomillar, davlat xaridlarini amalga oshirish sohalarida korrupsiyaning oldini olish, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi kabi masalalar qamrab olingan. 

Qayd etib o‘tish kerakki, qonun iqtisodiyotimizda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirdi. Bu borada ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillar soddalashtiriladi va ularning tezkorligi oshiriladi. Davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalari yanada maqbullashtiriladi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tizimi takomillashtirilib, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi. Bu choralar mamlakatimizda qulay biznes muhiti mustahkamlanishi, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada kuchayishiga keng yo‘l ochadi. 

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga oid me’yorlar belgilangani qonunning muhim jihatlaridan. Qonunga muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari va uslublaridan foydalaniladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi. 

Qonunning 26-moddasiga muvofiq davlat organlari xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga oid barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu majburiyatning davlat organlari xodimlari tomonidan bajarilmasligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilishi mumkin. Yuridik shaxslar ham korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 

Xulosa qilib aytganda, yangi qonun nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi mustahkamlanishi, balki har bir rahbar, har bir fuqaroning o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan, halol ado etishini talab etadi. Bu mamlakatimizda sog‘lom muhit qaror topishiga, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi

Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi 



 
Huquq subektlarini xarakterlaydigan asosiy huquqiy xususiyatlar huquq va muomala  
layoqatlaridan iborat. Fuqarolik huquq va burchlariga ega bo’lish layoqati (huquq layoqati) teng  
ravishda etirof etiladi (FKning 17-moddasi). Har bir shaxs fuqarolik huquq va burchlariga ega bo’lish  
layoqatiga molik bo’lmay turib, fuqarolik huquqining subekti bo’la olmaydi. Bu qoida odatda yuridik  
shaxslarga taalluqli bo’lsa-da, jismoniy shaxslar uchun ahamiyatli hisoblanadi.  
Davlat hayotning moddiy sharoitlariga qarab fuqarolarning huquq layoqati, yani muayyan huquq  
va burchlarga ega bo’lish layoqatini belgilaydi. Huquq layoqatining xarakteri va mazmuni jamiyatdagi  
ishlab chiqarish munosabatlaridan kelib chiqadi.  
Fuqarolik huquq layoqati fuqarolarga o’zlarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish  
maqsadida xilma-xil huquqiy munosabatlarga kirishishning yuridik imkoniyatini beradi.  
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida aytilganidek, O’zbekiston  
Respublikasidagi barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,  
ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar.  
Ushbu qoidaga asoslangan holda fuqarolik huquqida fuqarolar huquq layoqatida teng hisoblanadilar.  
Yani, barcha fuqarolarga bir xildagi huquq va burchlar belgilanadi.  
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari huquq layoqatining mazmuni Konstitutsiyaning “Inson va  
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” nomli ikkinchi bo’limidagi qator moddalarda  
keng tariflangan va mustahkamlangan. Ularda fuqarolarning mol-mulkka ega bo’lishi, meros olishi,  
meros qoldirishi, kasb va turar-joy tanlash, fan, adabiyot, sanat asarlari yaratish, tadbirkorlik faoliyati  
bilan va umuman qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug’ullanish, shuningdek boshqa  
keng mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishlari mumkinligi aytilgan va asosiy qonun  
darajasida mustahkamlangan.  
O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati mazmunini FKning 18- 
moddasida mustahkamlab qo’yilgan. Unga asosan fuqarolar:  
-mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo’lishlari;  
-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari;  
-bankda jamg’armalarga ega bo’lishlari;  
-tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo’jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo’yilmagan boshqa  
faoliyat bilan shug’ullanishlari;  
-yollanma mehnatdan foydalanishlari, o’zlari mustaqil ravishda yoki boshqa fuqarolar va yuridik  
shaxslar bilan birgalikda yuridik shaxslar tashkil etishlari;  
-qonunga zid bo’lmagan har qanday bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda qatnashishlari;  
-boshqa shaxslar tomonidan etkazilgan zararning to’lanishini talab qilishlari;  
-mahsulot turini va yashash joyini tanlashlari;  
-fan, adabiyot va sanat asarlarining, ixtirolarning, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa  
intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo’lishlari;  
-shuningdek, boshqa mulkiy va shaxsiy huquqlarga ega bo’lishlari mumkin.  
Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati  
cheklanishi mumkin emas. Fuqaroning huquq va muomala layoqatidan to’la yoki qisman voz kechishi  
haqidagi, shuningdek o’z huquq va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o’z-o’zidan  
haqiqiy emas deb hisoblanadi (qonun yo’l qo’ygan hollardan tashqari) (FKning 23-moddasi).  
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasi ayrim fuqarolik huquqlaridan, chunonchi:  
xizmat bo’yicha cheklash, mol-mulkni musodara qilish, muayyan huquqdan mahrum qilishni ko’zda  
tutadi. Jinoyat qonunida huquqdan mahrum qilish vaqtincha chora sifatida ko’zda tutiladi.  
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasida ko’rsatilganidek, muayyan  
huquqdan mahrum qilish bir yildan besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. Bu muddat o’tgach  
fuqaro yana o’zi mahrum qilingan o’sha huquqni qonuniy asoslarda qo’lga kiritilishi mumkin bo’ladi.  

3.Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”13. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.

Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir14.

Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.

Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi15. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro‘yobga chiqishiga ham bevosita bog‘liqdir.





Download 23,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish