I bob. Chorvachilik tarmoqlarining dunyo mamlakatlarida rivoj
1.1. Dunyo mamlakatlarida chorvachilikning holati va rivojlanishi.
Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Chorvachilikda (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.
Chorvachilik inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qoʻlga oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida — neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, soʻngra choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari) xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, ot, it, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi — lama va alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish, sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham Chorvachilik dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.
Chorvachilik koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Chorvachilik ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht beradigan qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000-yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.
Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari (Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, qoʻychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yoʻnalishidagi qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar) sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut mahsulotlari bilan taʼminlanishning eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg) Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻgʻri keladi. Jahon mshyosida Chorvachilikning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Chorvachilikka keng joriy qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |