3.3.1.2.Jadval Turli zotlarga mansub sigirlar sutining tarkibi va to‘yimliligi (K.V. Markova ma’lumoti)
Zoti
|
305 kun laktasiya davrida-
gi suti, kg
|
|
Sut tarkibi,
|
%
|
100 gramm to‘g‘ri
keladi-gan yog‘, g
|
1litr sutning
to‘yimliligi,
Kdj
|
Yog‘
|
Oqsil
|
Qand
|
Quruq modda lar
|
Qora-ola
|
4250
|
3,62
|
3,25
|
4,90
|
12,18
|
95,0
|
2957
|
Qizil cho‘l
|
3386
|
3,82
|
3,48
|
4,66
|
12,68
|
91,0
|
3125
|
Golshtin
|
6510
|
3,60
|
3,25
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Kostroma
|
4960
|
3,88
|
3,56
|
5,12
|
13,09
|
91,6
|
3251
|
Jersey
|
3038
|
5,87
|
4,08
|
4,48
|
15,40
|
69,5
|
4120
|
Barcha zotlarda sigirlar sutining tarkibida yog‘ miqdori o‘zgarib turadi. Qora-ola zotli sigirlarda 2,8% dan 5,42% bo‘lib, simmental zotida-3,0% dan 6,04% gacha. Jersey zotida 8,0 % bo‘ladi. Shuning uchun qoramolchilikda naslchilik ishlari olib borilganda sutning yog‘lilik va oqsil darajasi muhim ishlab chiqarish ahamiyatiga bog‘liq bo‘lib, alohida samaraga ega.
Sut tarkibining bo‘g‘ozlik, laktasiya, sog‘ishlar soniga qarab o‘zgarishi tananing fiziologik faoliyatiga taalluqli omildir.
Sutning tarkibi oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog‘liq, lekin me’yor sharoitlarida yuqoridagi ko‘rsatkichlar irsiy belgi hisoblanadi.
To‘yimli moddalar yetishmasligi sutning tarkibiga salbiy ta’sir qilib, sigirlar irsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon bermaydi.
Sigirlar ratsioni tarkibida kletchatka moddasini yetishmasligi uni suti tarkibida yog‘ning kamayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Sutning ta’mi, texnik xususiyatlari ko‘p jihatdan sigir yeydigan oziqalar tarkibiga bog‘liq, ba’zi oziqalar ijobiy, ba’zilari salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sutning tarkibiga ob-havo sharoitlari - harorat, namlik sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Sutning tarkibiga sigirlar salomatligi katta ta’sir ko‘rsatadi, namlik sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa yelin va oshqozon-ichak kasalliklari salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Barcha turdagi xo‘jaliklarda sigirlar sut mahsuldorligini muntazam hisobga olib borilishi kerak, bu asl sigirlarni urchitib, sut yetishtirishda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Sigirlar sut mahsuldorligi hisobi, turli xo‘jaliklarda turlicha amalga oshiriladi.
Naslchilik xo‘jaliklarida har bir sigir suti yakka hisobga olib boriladi. Lekin bu usul ko‘p harajat talab qiladi.
Nazorat sog‘imlar usulida sigirlar sut mahsuldorligi 10 kunda bir marta hisobga olib boriladi. Bu usul naslchilik va oddiy xo‘jaliklarda amalga oshirilishi mumkin.
Sigirlar sut mahsuldorligini solishtirish maqsadida 305 kunlik suti inobatga olinadi, unda albatta sog‘im kunlari soni inobatga olinadi.
Sut qoramolchiligida naslchilik ishlarida: asosiy ko‘rsatkichlardan sigirlarning eng yuqori laktasiyada bergan suti miqdori va hayoti davomidagi suti hisobga olinadi. Bu borada sigirning eng yuqori bir kecha-kunduzdagi sut miqdori ham hisobga olinadi, chunki bu belgi yelinning imkoniyatini ko‘rsatadi.
Sutchilik xo‘jaligida sigirlar sut mahsuldorligining asosiy ko‘rsatkichi I furaj sigirdan sog‘ib olingan sut hisoblanadi. Uni xo‘jalikda yil davomida sog‘ib olingan sutni o‘rtacha furaj sigirlar soniga bo‘lish bilan chiqariladi.
Go‘shtdor qoramolchilikda sigirlar sut mahsuldorligi muhim ko‘rsatkich hisoblaniladi. Bu ko‘rsatkich bilan buzoqlarni o‘sish va rivojlanishi uzviy bog‘langandir. Shuning uchun ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha sirgirlar seleksiya qilinadi.
Go‘shtdor sigirlar suti ular yelinining bir tomonidan sutni sog‘ib olib o‘lchanadi, ikkinchi tomonini buzog‘i Yemadi, sog‘ib olingan sut 2 ga ko‘paytirilib bir kecha-kunduzdagi sut miqdori aniqlanadi. Naslchilik xo‘jaliklarda sigirlar sut mahsuldorligi buzoqlar tirik vazniniig 6 oylikdagi, oddiy xo‘jaliklarda 8 oylikda ko‘rsatkichlari andoza talablariga solishtirilib baholanadi. Birinchi tug‘im sigirlar uchun andoza talablari 10 %, ikkinchi tug‘imda esa 5 % kamaytiriladi.
Sigirlar sutining tarkibidagi yog‘ miqdori bir oyda bir marta aniqlanadi, uning uchun 2 kunlik sutdan namuna olinib o‘rtacha yog‘ miqdori aniqlanadi. Sigirlar laktasiyasi davomidagi o‘rtacha sutning yog‘liligini aniqlash uchun sut 1 % yog‘likdagi sutga aylantirilib, haqiqiy sog‘ib olingan sutga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Davlatga sut sotish. Sut ishlab chiqaruvchilar sutni o‘zlari qayta ishlashlari, sut tayyorlov idoralari tomonidan sifati va xossalariga qarab qabul qilinadi.
Sutning tarkibidagi yog‘ning miqdori, nordonligi, tozaligi, bakteriyalar bilan ifloslanganligi qarab sut navlari asosida qabul qilinadi. Qabul qilingan sut miqdori bazis yog‘lilik asosida belgilanadi. Bazis yog‘lilik har bir viloyat uchun urchitilayotgan zotlarga qarab mamlakat hukumati tomonidan 5 yilda bir marta belgilanadi.
XULOSA
Hayvonlarni urchitishni takomillashtirish va boshqarish borasida chorvachilikda biotexnologiya usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Bu usullardan foydalanish sun’iy qochirish, jinsiy jarayonni garmonlar yordamida tartibga solish, murtaklarni qo‘chirib o‘tkazish yangi istiqbollarni ochib berdi.
Jahonda hozirgi davrda bir buqadan bir yilda 2-50 ming, yoki hayoti davomida 400 ming dozagacha urug‘ olib ularni urug‘ banklarida muzlatib saqlash, bu borada katta imkoniyatlar yaratadi.
Urg‘ochi hayvonlar jinsiy siklini boshqarishda progesteron, prostogladin kabi gonodotrop gormonlardan foydalaniladi. Bu yo‘l bilan urg‘ochi hayvonlar kuyukishini bir vaqtda to‘g‘irlab ularni su’niy urug‘lantirib ko‘plab avlod olish imkonini beradi.
Gormonli preparatlarning urg‘ochi hayvonlarga berilishi ularning serpushtligini oshirishga ijobiy ta’sir etganligini uzoq davrlardan qayd qilingan. Su’niy jinsiy jarayonini chaqirish natijasida tuxumdondan ko‘proq tuxum hujayralari ajralib chiqishga sabab bo‘ladi. Bu yul bilan tuxumdon bir yilda ajralib chiqadigan tuxum hujayralarining sonini 28-30 marta ko‘paytirish mumkin, bu son sigir va qo‘ylarda 25 ta, cho‘chqalarda 80 taga yetishi mumkin. Bu usul asosan yosh sermahsul sigirlardan ko‘proq otalangan tuxumlarni boshqa kam mahsuldor sigirlarni qo‘chirib o‘tkazishni taqozo qiladi.
Buni amalga oshirish uchun urug‘langan tuxum hujayrasi donor sigir jinsiy a’zolaridan yuvib olinib, resepiyent sigirlar jinsiy a’zolariga shpris-katetr yordamida jo‘natiladi. Buning uchun resepiyent sigir jinsiy a’zolari va uning fiziologik holati Yembrionning rivojlanishiga tayyor bo‘lishi kerak. Buning uchun resepiyent sigir jinsiy a’zolari gormonlar yordamida tayyorlanadi. Bu borada Yembrionlarni kriokonervasiya (chuqur muzlatish) usuli ularni xohlagan vaqtda tayyor sigirlarga qo‘chirib o‘tkazish imkonini beradi va ko‘p hayvonlarda, turli masofadagi hududlarda o‘tkazish mumkin. Buning uchun ilg‘or mamlakatlardan shunday Yembrionlar banki tashkil qilingan. O‘zbekistonda ham qoramollarni seleksiya markazida shunday laboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yillar keng miqyosda joriy qilish uchun xo‘jaliklarda imkoniyatlar yaratilmagan. Shuning uchun respublikada bu ishni hayotga tatbiq qilish uchun maxsus dastur asosida ishlar majmuasi amalga oshirilishi kerak.
Hozirgi muzlatilgan Yembrionlarning yashashi 50% ni tashkil qilmoqda, shuning uchun bu usulni keng joriy qilish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagani yo‘q. O‘rtacha gormonlar yordamida olingan tuxum hujayralaridan faqat 3-4 buzoq olish isbotlangan. Donor sigirlardan 3 oyda bir marta otalangan tuxum hujayralar, bir yilda 15-18 bosh avlod olish mumkin. Imkoniy jihatdan bir resipiyent sigirdan 75-80 buzoq olish mumkin. Oddiy sharoitda 7-8 bosh buzoq olish mumkin. Shuning uchun yangi usul mashhur sigirlardan avlod olishni 10 barobar ko‘paytirish mumkin. AQSh, Kanada kabi mamlakatlarda shu usul yordamida minglab buzoq olinib, minglab muzlatilgan Yembrionlarni boshqa davlatlarga jo‘natgan.
Uirkraft Model Doris (11 yoshida laktasiyasida bergan suti 9646 kg bo‘lib, yog‘liligi 4,43% bo‘lgan) golshtin zotli sigirdan 75 bosh buzoq olingan, bu usul qo‘llanilmaganda undan faqat 8 bosh buzoq olish mumkin edi.
Ko‘pchilik laboratoriyalarda minglab Yembrionni qo‘chirish amalga oshirilmoqda. Bu borada Yembrionni muzlatish va murtakni bo‘lib qo‘chirish usuli kelgusida asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.
Mutaxassislar kuzatishi bo‘yicha muzlatilgan Yembrionlar, muzlatilgan tuxum hujayrasi kabi uzoq saqlanishi mumkin. Lekin muzlatilgan Yembrion eritilib resipiyent sigirlarga o‘tkazilganda 3 tadan bittasi yashashi isbotlangan. Bu tabiiy imkoniyatni yarimini tashkil qiladi.
Tajribalar asosida gen injeneriya yordamida genetik tomonidan o‘xshash avlodlar olish mumkinligi isbotlagan. Tajribada 4 hujayrali Yembrionni gen injeneriyasi yordamida 8 hujayraga bo‘lib, 2 hujayradan 4 Yembrion qo‘chirib o‘tkazilib avlod olinganligi qoramolchilikda isbot qilingan. Bu usulni ishlab chiqarishda osonlikcha qo‘llash mumkin Yemas. Ishlab chiqarishda ko‘pincha blastosistlarni bo‘lib,1 blastosistdan 2 ta olib o‘tkazish yordamida 2 avlod olish mumkin. Bu usul yordamida jahonda o‘nlab egizaklar olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |