1.Pedagogik texnalogiyalarning umumiy tasnifi.
Jamiyatning bugungi taraqqiyoti darajasini sanoat rivoji bilan emas, balki axbototlarning ko’lami va tez almashinuvi bilan belgilash odat tusiga kirib bormoqda. Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanib, barcha sohalarga kirib borishi esa, jamiyatda yangi sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari kabi ,,Yangi ta’lim texnologiyalarining’’ yaratilishi va rivojlanishiga olib kelmoqda. Insoniyat oldida cheksiz taraqqiyot imkoniyatlari ochilmoqda.Bu imkoniyatlardan foydalanish uchun yangi informatsion va kommunikasion texnologiyalardan unumli foydalanishni bilish talab etiladi. Ayniqsa, ta’lim samaradorligini oshirishda yangi, information ta’lim texnologiyalaridan foydalanish haqida mulohazalar bayon etilgan. Unda yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarga, ularning paydo bo’lishi mohiyati va ahamiyatiga to’xtalib o’tilgan.
Yangi XXI- asr esa information texnologiyalarning shiddatli va keng masshtabli rivojlanishi bilan boshlandi. Bu borada yetuk mutaxasislar va ayniqsa, yangi boshlovchi tadqiqotchilar va axborot texnologiyalarini o’rganuvchilar ham, uning taraqqiyotiga va imkoniyatlariga yetib olish mushkul ekanligini his etmoqdalar. Axborot texnologiyalari texnik imkoniyatlari, intelektual salohiyati va texnologik ko’p qirraliligi bilan lokal rivojlanishda jahon fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Lokal, ya’ni alohida davlatlar va ilmiy markazlarda raqobatli rivojlanish o’sha davlatning yoki markazning tom ma’nodagi gegemonligiga olib kelmoqda. Bunday taraqqiyot har bir davlat va hatto har bir mutaxasisdan doimo izlanishda bo’lishga va shu taraqqiyoto’sish poygasida o’z o’rnini topa bilishni taqozo etmoqda. Bunday raqobatni axborot texnologiyalarining barcha sohalarida kuzatilmoqda. Kompyuter texnikasi va uning imkoniyatlarini, tezligini, xotirasini va mobilligini doimo takomillashtirish borasida rivojlangan davlatlarning shu soha mutaxasislarito’xtovsiz ish olib borib, kutilmagan natijalarga, yutuqlarga ham erishmoqdalar.Ikkinchi tomondan dasturlash muammolarini hal etish va bu sohaning cheksiz imkoniyatlari yanada chuqurroq o’rganilib, informatsion bozorda nihoyatda samarali yangi biznesning rivojlanishiga ham olib keldi.Uchinchi tomondan internet xizmati turlarining kengayishi, rivojlanishi va mobillashuvi jahonda fan va texnika hamda biznesning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Bu yutuqlarning barchasi sanab o’tilgan sohalarda ko’zga ko’rinib turgan muvaffaqiyatlarga olib kelishi bilan ta’lim va tarbiya sohasida ham keng imkoniyatlarni yaratdi. Ta’lim va tarbiya jarayonini amalgam oshirishda dastavval EHM ning qo’llanilishi qiyin va juda sekin sodir bo’lgan bo’lsada, keyingi yillar ichida axborot texnologiyalarining ta’limga interigasiyasi keskin kuchaydi. Buning natijasida ta’limning yangi formalari,usullari va shakllari vujudga keldi. Masofadan o’qitish, ta’limda kredit texnologiyalari va boshqalar shular jumlasidandir.
Ta’limning prinsiplari saqlangani holda uning yangi texnologiyalariyaratildi. Bugun ,, yangi informatsion ta’lim texnologiyalari’’ deb ataluvchi qator ta’lim texnologiyalari pedagog va texnolog olimlar tomonidan taklif etila boshlandi. Ammo, informatsion ta’lim texnologiyalari amaliyotga texnik jarayonlar texnologiyalariga qaraganda qiyinroq qo’llanilmoqda. Buning didaktik, psixologik va pedagogik asoslari va sabablari mavjudligi bugun sir bo’lmay qoldi. Bu texnologiyalarni aslida barcha pedagoglar bir xil muvaffaqiyat bilan ta’lim jarayoniga qo’llay bilishlari mumkin edi, ammo bunday jarayon ancha qiyin kechmoqda. Tabiiyki, ,,Nega shunday bo’ldi ?’’--- degan savol tug’iladi.Haqiqatdan ham qator informatsion ta’lim texnologiyalarini batafsil tavsiflari bosqichma—bosqich, izchil o’rganilib, ta’lim jarayoniga qo’llashga harakat qilinsada, barcha pedagoglarning bu boradagi yutuqlari bir xil bo’lmayapdi. Keyingi yillarda pedagogik adabiyotlar va maqolalarda ,,pedagogik texnologiyalar’’, ,,informatsion pedagogik va ta’lim texnologiyalari’’, ,,Yangi pedagogik va information ta’lim texnologiyalari’’,,,Ilg’or informatsion ta’lim texnologiyalari’’, ,,Progressiv informatsion ta’lim texnologiyalari’’ kabi iboralar ko’p qo’llanila boshlandi. Ta’limning bu metodlari va texnologiyalari qanday paydo bo’ldi va u o’zi nima?---- degan savol tug’iladi. Ta’lim samaradorligini oshirish borasida klassik pedagoglar juda qadimdanoq o’z fikrlarini bayon etganlar. Buyuk mutafakkirlar: Yusuf Hos Hojib, Alisher Navoiy, A. Beruniy, Ibn Sino,Al-Xorazmiy,Imom Buxoriy, Imom at- Termiziylar shular jumlasidandir. A. Navoiy o’zining ,,Xamsa’’si bilan avom halqni 3 ta tilga: turkey, arabiy va forsiyga o’rgata olganligi, oddiy halqni firqalardan qaytara olganligi va vatanparvarlikruhini singdira olganini o’ziyoq yuksak pedagogik mahorat egasi bo’lganligidan dalolat emas-mi? Temur tuzuklarining barcha rivojlangan davlatlarning Xarbiy akademiyalarida batafsil o’rganilishini ham izohlari bu mo’jazgina bitiruv malakaviy ishimizga sig’armikan? Yuqorida zikr etilgan allomalarimizning barchalari qilgan buyuk ishlarni bunday kichik bitiruv malakaviy ishda sanab o’tishga ham imkonimiz yetmaydi.
O’zining mustaqil ijtimoiy—iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlab olgan O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik bilan isloh qilib bermoqda. Ayniqsa, ,,Ta’lim to’g’risidagi’’ qonun va ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko’lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo’lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli, ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy- uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg’armalarida muayyan ijobiy o’zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq o’zgarishlardir.O’quv jarayoni ---- bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo’nalishida namoyon bo’lishidadir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning balki,butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi.Bizga ma’lumki, 1960- yillardan so’ng dunyo pedagoglarining diqqati Pedagogik texnologiya bo’yicha izlanish va muhokamalarga qaratildi. ,,Pedagogik texnologiya’’ jurnali AQSH da 1961-yilda, Angliyada 1965- yilda, Italiyada 1971-yilda chiqa boshladi. Angliyada 1964- yilda ,,Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim’’ jurnali chop etila boshladi.Keyinchalik, 1977- yilda Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilgan ,,O’qitish texnologiyasi’’ bo’yicha Xalqaro seminarda ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog’liq masalalar qaraldi. Seminarda pedagogik texnologiyaning ikki alohida jihatiga ahamiyat berildi:
1. O’quv jarayoniga texnika vositalarini joriy etish;
2. Amaliy masalalar yechimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish.
70-yillarda Yaponiya va qator mamlakatlarda 1-masala,80- yillarda esa, AQSH va Angliyada 2- masala izlanish ob’ektiga aylandi. 80-yillarda V.P.Bespalko boshchiligida Rossiyada pedagogik texnologiyaning ilmiy maktabi yaratildi va unda pedagogiл texnologiyaning ,,nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish’’ boshlangan edi. V.P.Bespalkoning g’oyasida ---,,Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etiladigan ma’lum pedagogik tizim loyihasidir.’’ Bu g’oya dunyo pedagoglari tomonidan tan olindi.O’zbekistonda 1993-yili ,,Xalq ta’limi’’ jurnalida chop etilgan maqolada 1--marta pedagogik texnologiya tushunchasi, mohiyati, uning ta’rifi va ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi.,,Ta’lim muammolari’’ jurnalida , ,,Ma’rifat’’ gazetasida , Respublikada o’tkazilgan turli anjuman materiallarida pedagogik texnologiyaga oid chopetilgan maqola va tezislar soni ortib bormoqda.1997-yildagi O’zbekiston Respublikasining ,,Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi’’ qarori pedagogik texnologiya sohasidagi izlanish ishlarini dolzarb tatqiqot ob’ekti darajasiga ko’tardi. O’zbekistondagi ta’lim muassasalari o’qituvchilari , ilmiy-tekshirish Institutlari xodimlari turli anjuman materiallarida pedagogik texnologiya bo’yicha izlanish ishlari natijalarini: fikr-mulohazalarini e’lon qilmoqdalar,uni dolzarb masala sifatida o’rganmoqdalar.Pedagogik texnologiyaning hayotga tatbiq etish natijasida ta’lim sohasida ijobiy o’zgarishlar yuz berishi, o’qituvchilarning faoliyati yaxshilanishi talaba yoshlarda bilimga qiziqishlarini oshirish, ijodiy fikrlilik, Vatanga mehrmuhabbat , insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantirib borilishi kutilmoqda.,,Texnologiya’’ so’zi 1872-yili yunoncha ikki so’zdan ,,texnos’’- hunar yoki san’at, ,,logos’’-fan so’zidan olinib, ,,hunar fani’’ ma’nosoni anglatadi. Bu atama zamonaviy texnologik jarayonni to’la ta’riflamaydi. Zamonaviytexnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlarida (xom ashyoda) bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida ,,mahsulot yaratish’’borasidagi ishchi (yoki ishchi mashina) ning faoliyatidir. Bu ta’rifnipedagogika sohasiga ko’chirsak, quyidagi ta’rifni olish mumkin: Pedagogiktexnologiya o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya ) vositalari yordamidao’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.Pedagogik texnologiya ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini Ifodalaydi va o’qituvchi pedagogik jarayon- o’quvchi funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Pedagogik texnologiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan loyihalar yig’indisidir. Agar fizika o’qitish metodikasining maqsadi nazariy qoidalarni aniq hodisalar tekisligiga o’tkazish bo’lsa, pedagogik texnologiyaning maqsadi ta’lim jarayonining aloqali tomonlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish bosqichlarining ketma-ketligini tuzish, ularni amalga oshirish shartlarini aniqlash va yakunida oldindan sifati ma’lum bo’lgan mahsulot yaratish shaxs kamolotini tarkib toptirishdir.Pedagogik texnologiya mohiyat jihatidan boshqa texnologiyalar bilan teng mavqeda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o’z xususiy sohasiga , metodlari ( fizika o’qitish) va vositalariga egadir.O’quv- tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish uning muhim bosqichidir. Ta’limdagi axborot texnologiyasi,, o’quvchi-kompyuter’’ o’rtasidagi muloqotdir.Ekspermental o’qituvning muammolari o’rta va oliy o’quv yuriida umumiylari va o’ziga xos alohidalari mavjud.Eksperimental o’qituv o’quv eksperimenti vositasida amalga oshiriladi. O’quv eksperimentining har bir turlarining:
1. Namoyish eksperimenti,
2. Frontal va oddiy laboratoriyalari,
3. Praktikum (amaliyot),
4. O’quvchilaming mustaqil kuzatish va tajribasi o’zlariga xos muammolari bo’ladi. O’quv eksperimenti turlari alohida mashg’ulot, mashg’ulotning biror qismi, darsning biror bo’Iimi uchun ko’rgazmalilik (turi yoki) usuli, bilim manbai yoki o’qitish usuli sifatida qo’llanilganda ham o’ziga xos muammolar kelib chiqadi.O’quv eksperimentini tashkil etish usullari va texnikasi bo’yicha ham ma’lum muammolar kelib chiqadi.O’rta va oliy o’quv yurti fizika kursi mazmuni farqlanganligi bois (o’rta maktabda elementar fizika, oliy o’quv yurtida Umumiy fizika, nazariy fizika, fizika tarixi, fizika o’qitish usuliyoti) ularda o’quv eksperimentini amalga oshirishda tashkil etish usuli, mashg’ulotni o’tkazish, yakunlash va o’quv eksperimenti asbob, qurol va vositalari ham farqlanadilar. Bu omil ham o’ziga xos muammoni keltirib chiqaradi.Biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo’llari, harakat tarzi, xili, tartibi, yo’li usuldir. Tabiat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli (yo’llari),o’quvchilami o’qitish va uqdirish eksperiment orqali uyushtirilganda eksperimental usul deyiladi. Fizika ta’limining amaliy masalalari, asosan, o’quv eksperimentida amalga oshiriladi. O’quv eksperimentining barcha ko’rinishlardagi asosiy usul eksperimental usuldir.Fizika kursi mazmuni asosan besh bo’lim mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi bo’limlaridan iborat. Наг bir bo’limda o’rganiladigan qonuniyat, qoida, hodisa, jarayonlar farqlidirlar.Mexanik hodisalar kuzatish va o’lchashda yaqqolroq bo’lsa, molekulyar fizikadagi hodisalar atom va molekula sohasidagi jarayonlarga bog’liq ekanidan ularni bevosita yaqqol kuzatish murakkablashadi, bu holat atom va yadro fizikasi bo’limida yanada og’irlashadi.Bu hollarda hodisalar va jarayonlami qo’shimcha vositalardan, modellashtirish, ideallashtirish va murakkab fizika-texnik qurilmalardan foydalanib o’rganiladi. Tajribani tayyorlash, amalga oshirish, yakunlashda absrakt fikrlash, EHM, kompyuter va murakkab qurilmalarda qayta ishlash qo’shib olib boriladi.
1. Mexanika.
Mexanikada harakatning ma’lum ondagi holatini ifodalovchi fazasini yaqqol ko’rsatishda, energiya va quwatini, bajargan ishini ko’rsatishda ma’lum muammolar mavjud.
2. Molekulyar tlzika.
Atom va molekulalar darajasidagi hodisalar, issiqlik hodisalar, qaynash, erish, buglanish, sublimatsiya va adsorbtsiya hodisalaradagi zarrala harakati, ularning tezligi, energiyasi, yo’nalishini ko’rsatishda ham muammolar mavjud.
3. Elektr va magnetizm.
Elektr hodisaiarda zaryadli zarrani, uning maydonini kuzatish, zaryadli zarra harakati, uni ko’rinarli qilish, tuzilishi va uning hossalarini ko’rsatish muammolari mavjud.
4. Optika.
Yorug’lik hodisalari atom darajasidagi harakat bo’lgani bois, uni vizual kuzatish mumkin emas. SHu bois yoruglik nurlanish jarayoni, yoruglik tarqalish jarayoni, yoruglik ta’siri jarayoni murakkab jarayon ekanidan undagi muammolar ham etarli.
5. Atom va yadro fizikasi.
Atom tarkibidagi elektron harakati, elektron tuzilishi, yadro tuzilishi, elementar zarralar va uning tarkibiy qismlari, harakterlovchi qonun va kattaliklami o’rganishda ham o’ziga xos muammolar mavjud.
Bu bo’limlarga oid o’quv eksperimentini amalga oshirishda eksperimental o’qituv usuli va texnikasida ham o’ziga xos muammolar mavjud.O’quv muassasalarida o’qitishning eng samarali usullaridan bin o’qitishning texnik vositalaridan keng foydalanib o’qitishdir.Fotografiya, o’qitishning statik ekran vositalari diaproektor, epiproektor va universal proektsion apparatlar, o’quv kinosi, televidenie, programmali eshittiruv, o’rgatuvchi programmali mashinalardan unumli foydalanish o’qituvchining o’quvchiga ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayoni saarali bo’ladi. O’quv-tarbiya jarayonida O’TVdan keng foydalanish quyidagilami keltirib chiqaradi:
a) o’qitishning ko’rgazmaliligini oshiradi, materialni oson o’zlashtirish omili bo’ladi;
b) o’rganilayotgan hodisa, jarayon yoki ixtiyoriy mazmun haqida aniqroq va to’laroq ma’lumot berishga imkon beradi, bu bilim sifatini va yashovchanligini orttiradi;
v) bilim berishning Yangi va takomillashgan shakllarini topish va ma’lumlarini takomillashtirish va rivojlantirishda o’qituvchi imkoniyatini kengaytiradi.
O’quv-tarbiya ishlarida vazifasi, didaktik ahamiyati, mashg’ulotlaming maqsadi va xiliga bog’liq holda turli ko’rgazmali vositalar qo’llaniladi.O’quv muassasalarida o’qitiladigan fanlarning muvaffaqiyatli o’qitilishi o’qituvchining materialni ko’rgazmali va obrazli, ta’sirli bayon qilishiga, o’qitishning tasviriy va ovozli texnikaviy vositalaridan foydalanib, jonli obrazlar yarata olishiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi haqiqiy manzarani aniq tasvirlab beruvchi ko’rgazmali vositalardan foydalanishni obrazli nutqi bilan uygunlashtirib olib borsa, o’quv-tarbiya faoliyatida yuqori samaraga erishadi.O’qitish va tarbiya vositalari ekran vositalari, ovozli vositalar va ovozli ekran vositalariga ajratilishi mumkin. Ovozsiz kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar, ovozsiz videofilmlar, ovozsiz disketdagi tasvirlar ekran vositalaridir. Ovozni magnit plyonkaga, kinolentaga yozish, gramplastinkalar, disketlarga yozish va qayta eshittirish ovozli vositalarga kiradi. Ovozli kinofilmlar, videofilmlar, disketlar, diapozitiv va diafilmlar, o’quv teleshittirishlari ovozli ekran vositalariga kiradi. Bu vositalar audiovizual o'qituv va tarbiya vositalar (AVO’TV) ovozli ko’rish vositalari deyiladi. Ularni namoyish etishda o’ziga xos texnik vositalar (apparatlar)dan foydalaniladi.Fotorasm, diapozitiv, slayd, diafilmlar tayyorlashda fotoapparatlardan, ularni namoyish etishda esa diaproektor, epiproektor, universal proektsion apparatlardan, kodoskop (grafoproektor)lardan foydalaniladi.Ovozli vositalami namoyish etishda esa patefon, proigrivatel (gramplastinka), magnitofon (magnit lentalar), kompyuter (disketdagi ovoz)dan foydalaniladi. Ovozli tasvirli lentalar (kinolentalar, videolentalar, disketlar)ni esa kinoapparatlar. videomagnitofonlar va kompyuterlardan foydalanib namoyish etiladi.Audiovizual qo’llanmalaming didaktik funktsiyalari turlicha bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1. materialni qabul qilish va o’zlashtirish uchun hamda ko’rish-eshitish printsipidagi bilimlar va tasawurlar manbai;
2. mustaqil ishlami tashkil qilish uchun qo’llanmalar, mashqlar;
3. bilimlami namoyish qilish, tashkil qilish, qaytarish, umumlashtirish va sistemalashtirish vositalari bo’lib xizmat qiladi;
Audiovizual o’quv-tarbiya vositalari (O’TV) quyidagilarga imkon beradi:
1. ravon, ta’sirli namoyish qilish hisobiga absrakt materialni bayon qilishda o’quvchilaming fazoviy tasavvurlarini aniqlashtirishga;
2. predmetning xossalari, turi, strukturasi, tuzilishi va asosiy qismlari haqida aniq tasavvur hosil qilishga;
3. murakkab bo’lgan o’quv materialining asosiy masalalariga kino materiallarini fragment qilib ko’rsatish bilan o’quvchilar diqqatini jalb qilishga;
4. kam uchraydigan va xavfli hodisalami, asosiy tajribalar va noyob asboblami ishonchli idrok qilishni ta’minlashga;
5. u yoki bu fizik hodisaning jarayon mexanizmini molekula, atom, yadro yoki elektron darajasida o’rganishiga;
6. mashina va mexanizmlaming, asboblar va qurilmalaming detal va qismlarining tuzilishi hamda ishlash printsipini tushuntirishga;
7. transport, qurilish, aloqa, sanoat va qishloq xo’jaiik ishlab chiqarishda asosiy fizik hodisalaming ko’rinishlari bilan tanishishiga;
8. maktab fizika kursining bo’limlari bilan bevosita aloqasi bo’lgan fan- texnika programmasining yo’nalishlari bilan, xususan, mexanizatsiyalash, issiqlik texnikasi va energetikasi, materiallami ishlab chiqish va qayta ishlash texnologiyasi, elektrlashtirish va radiolashtirish, atom energetikasi va optik asboblar bilan tanishishga;
9. fan-texnika taraqqiyoti manzarasini ochib berishga;
10. fan-texnika kashfiyotlarining ochilishiga to’g’ri kelgan davrdagi tarixiy sharoitni tasavvur qilishga.
Bundan tashqari AVO’TV emotsional ta’sir qilish orqali o’rganilayotgan masalaga tinglovchilarning qiziqishini uyg’otadi, diqqatini, ijodiy fikrlashini, kuzatuvchanligini, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o’stiradi.O’quv muassasalarda AVO’TV va o’qitishning texnik vositalari (apparaturalari) talab darajasida ta’min etilgan bo’lsa, o’qituvchi ulardan to’g’ri va unumli foydalansa, o’qitish samarali bo’ladi. Keyingi yillarda ushbu ta’minotda kamchiliklar paydo bo’ldi va u ma’lum muammolami keltirib chiqardi:
a) O’zbekistondagi bu sohadagi isMab chiqarish jahon talabi darajasiga etmadi va u O’zbekiston o’quv muassasalarini ta’minlay olmaydi;
b) horijdan katta mablag hisobiga olanayotgan (Koreya, Xitoy, . ) zamonaviy qurollar va vositalaming oz qismigina ishlatilmoqda;
v) o’quv muassasalari Yangicha jixozlanmagan holda sobiq ittifoq davridagi jixozlardan foydalanish keskin susaydi;
g) sanab o’tilgan omillar o’quvchi va talabalarda bilim olishga intilishni susayishiga, o’qitish samaradorligi pasayishiga olib keldi.
Kompyuter bankida ko’p miqdorda va katta hajmda turli ma’lumotlarni jamg’arish mumkin. Fizika o’qitish metodikasiga oid nazariy materiallami, masalalar va ulaming echimlarini, laboratoriya va amaliyot ishlari qurilmalarini o’rganish bo’yicha, ularda lajriba o’tkazish usullari va yo’l-yo’riqlari haqidagi elektron qo’llanmalar, namoyish tajribalarini amalga oshirish jarayoni bo’yicha, uy tajriba va kuzatishlari, mustaqil tajribalar bo’yicha turli ma’lumotlami kompyuter bankiga kiritish va disketlarga yozib olish murnkin. Ular ovozli, ovoz va tasvirli, tasvirli oqqora va rangli tasvirda yozilgan bo’lishi mumkin.Mazkur ta’lim-tarbiya va texnik vositalardan fizika o’qitishda barcha mashg’ulotlarda bilim berishda, olingan bilimni mustahkamlashda, olingan bilimni hisobga olish va nazorat etishda foydalanish mumkin. Bayon etiigan fikrlarning amalga oshirilishi fizika o’qitish samaradorligini keskin oshiradi.Fizika o’qitishda kompyuter imkoniyatlaridan to’la foydalanishda o’quv muassasalarini kompyuter qurilmalari bilan talab darajasida ta’min etilmaganlik va undan foylanuvchilaming «kompyuter savodxonligi»ning pastligi muammolari mavjud bo’lib, ushbu muammolar yaqin yillarda hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |