SOLIQLAR VA SUG‘URTA FAKULTETIDA TANISHTIRUV TADBIRLARI
“Soliqlar va Sug‘urta” fakultetining 2021-2022 o‘quv yilida birinchi kursga qabul qilingan talabalarga institutda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish, ularni o‘z kasbiga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda bo‘lajak kasbi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qilish maqsadida fakultetning “Birinchi kurs maktabi dasturi”, shuningdek, birinchi bosqich talabalari bilan ishlash rejasi tayyorlangan.
Fakultetning mazkur reja va dasturiga muvofiq, 2021-yil 9-sentabr kuni “Soliqlar va Sug‘urta” fakultetida birinchi kurs talabalari ishtirokida tanishtiruv tadbirlari o‘tkazildi.
TMI matbuot xizmati
Do'stlaringiz bilan baham: |