Сиз ҳечам оломондан, нураб кетган сўқмоқлардан ҳоли, алоҳида жойда ҳордиқ чиқариш ҳақида ўйлаб кўрганмисиз


Quyoshning galaktikada joylashuvi



Download 3,26 Mb.
bet21/27
Sana19.01.2017
Hajmi3,26 Mb.
#656
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
2.3.Quyoshning galaktikada joylashuvi.

Osmon jismlari harakati va gravitatsiya: Yer o’z orbitasi bo’ylab Quyosh atrofida 30 km/sek tezlik bilan harakatlanadi. Quyosh o’zining tortishish kuchlari ta’sirida Yerni uzoq kosmosga uchub ketishiga yul qo’ymay ushlab turadi. Demak, bu kuch gravitatsion ta’biatni bildiradi, uning kattaligi Quyosh massasiga bog’liq va masofaga qarab sezilarli darajada kamayadi. Quyoshga eng yaqin joylashgan Merkuriy aytaylik, Neptunga qaraganda Quyoshga mahkamroq bog’langan. Yerni Quyoshdan uzoqlashtirib va oldingi tezlik bilan xarakatlantirishni iloji bo’lsa, unda Quyosh sestemasi eng go’zal sayyorasidan judo bo’lar edi. Chunki bu qadar katta tezlik bilan aylanayotgan sayyorani tutib turish uchun Quyoshning massasi yetmas edi. Saturn va Neptun yerga qaraganda Quyoshdan ancha narida, Yerdan ko’ra ancha kichik tezlik bilan harakatlanadi. Aks holda ular ham Quyosh sestimasini tark etgan bo’lar edi. Bundan xulosa shuki, sayyora Quyoshdan qancha uzoq bo’lsa, uning orbital tezligi shunchalik kichik bo’ladi. Bu qonuniyatni 400 yil ilgari Parijlik astronom Iyogan Kepler kashf etgan edi. Bu qonuniyat Isaak Nyuton kashf etgan butun olam tortishish qonuni tufayli o’zining matematik ko’rinishiga ega bo’ldi.

Demak, gravitatsiya hamma joyda ”ishlamoqda”. Bu katta kosmik masofalarda ta’sir etuvchi birdan – bir fundamental kuchdir. Gravitatsiya galaktikalar va ularning tudalari kabi katta-katta massadagi obektlarni bir-biriga tortishib bog’langan sestemalarni hosil qilishiga majbur qiladi. Quyosh va planetalar, Yer va Oy gravitatsion bog’langan sistemalarning yorqin misolidir. Gravitatsiyaning xususiyatlaridan yana biri, u massiv jismlarning o’zaro tortishishini ta’minlaydi. Jismlarning ”gravitatsion itarilishi” degan tushuncha yo’q. O’zaro tortishish1 kuchlari ta’sirida bir butun gravitatsion massaga aylanib qolmasligi uchun kosmik jismlar doimo harakatda bo’lishi kerak. Gravitatsion bog’langan sistemalar shuning uchun ham barqaror ravishda mavjud, chunki ularda kuchlar balansi mavjuddir. O’zaro tortishish kuchlari kosmik ob’yektlarni o’z sistemasi ichida ushlab turishga, markazdan qochma kuchlar esa bu ob’yektlarni bir butun bo’lib birlashishiga yo’l qo’ymaydi. Demak, sistemaning massasi qanchalik katta bo’lsa, uni tashkil etuvchi obektlarning tezligi ham shunchalik katta bo’lishi kerak. Tungi osmondagi yulduzlar bizga qo’zg’almas bo’lib ko’rinadi, chunki ular bizdan uzoqda joylashgan va ular orasidagi masofa ham juda kattadir. [15]



Eynshteynning nazariyasi: XX-asr boshlarida astronom va faylasuflar koinot barqaror, abadiy va cheksizdir, deb hisoblashar edi. Koinotning paydo bo’lishi haqida hech qanday savol o’rtaga qo’yilmas edi. Ushbu tabiiy ko’ringan tassavurlarga suyangan holda mashhur fizik Albert Eynshteyn o’zining endigina yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasini (UNN) butun koinotga tadbiq etishga urinib ko’rdi. UNN tenglamalarini yechayotib u quyidagi muammoga duch keldi: ertami kechmi barqaror koinotning barcha moddasi gravitatsiya kuchlari ta’sirida bir joyga yig’iladi, ya’ni gravitatsion kollaps yuz beradi. Shuning uchun Eynshteyn tenglamalariga o’zi tomonidan oylab topilgan kosmologik doimiylikni kiritadi. Tenglamalarda kosmologik doimiylikning mavjudligi qandaydir no’malum, gravitatsiya kuchlariga teskari kuchlar borligiga sha’ma edi. Bu kuch moddaning umumiy bir to’pga birlashishiga yo’l quymaydi. Eynshteyn majburan kiritgan bu doimiylikni Piterburglik matematik Aleksandr Firdman bu sun’iy tadbir deb atadi. ”Eynshetyn topgan bu yechim keng spektrdagi yechimlarning birgina xususiy holidir. Bu esa UNN tenglamalarini buzib qo’yadi, Kosmologik doimiylikni kiritish shart emas, - degan edi Fredman. Olim buning o’rniga UNN tenglamalarini yechishda fazoni barqaror emas, balki bir tekisda kengayotgan deb qarashni taklif qildi. Lekin fazoning kengayishi koinotning barqaror emasligini anglatar edi. Bundan tashqari, uning boshlanishi va oxiri ham bo’lishi mumkin. Klassik dunyoqarashga ega bo’lgan odam uchun bunday olam tuzilishi modelini qabul qilish oson emas edi. Shunga qaramasdan, unchalik uzoq davom etmagan baxslardan so’ng Eynshteyn, Fridman fikriga rozi bo’ldi. Tez orada Fridman g’oyasi amerikalik astronom Edvin Habbl tomonidan qilingan kashfiyot tufayli o’z tasdig’ini topdi. Shundan so’ng Koinotning kengayishi hech kimni shubhaga solmadi. Eynshteyn keyinchalik kosmologik doimiylik haqidagi g’oyasini o’z hayotidagi eng katta ”xato” deb atadi.


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish