Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


NUTQNING FONETIK BO‘LINISHI



Download 327,91 Kb.
bet31/92
Sana01.06.2022
Hajmi327,91 Kb.
#626300
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti

NUTQNING FONETIK BO‘LINISHI

Nutq fonetik jihatidan tovushlar zanjiridan iborat. Tovushlar zanjiri o‘zaro bir­biri bilan bog‘liq va ma’lum tartib asosida ketma­ketlikka ega bo‘lgan fonetik birliklardan tarkib topgan tovush xalqalarini tashkil etadi.


Nutqning fonetik birliklari nutq zanjiri xalqalari sifatida quyidagilarga bo‘linadi:
1. Fraza.
2. Takt.
3. Bo‘g‘in.
4. Tovush.
Fraza nutq zanjiridagi eng yirik fonetik birlik bo‘lib, ular bir­biridan pauzalar (bir nafas oralig‘i) bilan ajralib turadi. Har pauza oralig‘ida so‘zlovchi nafas rostlab, navbatdagi fraza uchun tayyorlanadi.
Fonetik birlik bo‘lgan frazani grammatik birliklar hisoblangan so‘z birikmalari va gap bilan tenglashtirmaslik lozim, chunki bir gap bir necha frazani tashkil qilgani kabi, bir fraza bir necha gaplardan ham tarkib topishi mumkin. Masalan: Yer yetilib, kunlar isigach, xo‘jalik a’zolari chigit ekishni qizg‘in boshlab yubordilar gapida “yer yetilib”, “kunlar isigach” kabilar gapga teng; “xo‘jalik a’zolari”, “chigit ekishni”, “qizqin boshlab yubordilar” birikmaga teng frazalardir.
Takt-bir urg‘u ostida birlashadigan frazaning qismlaridir. Fonetik jihatdan bir bosh urg‘u ostida birlashadigan bo‘lak taktdir. Masalan: Bir Vatankim / tuprog‘ida / har taraf gul / lola, bog‘/ gapida to‘rtta takt bor: foilotun, foilotun, foilotun, foilun kabi.
Takt o‘z tarkibidagi so‘zlarning urg‘uli­urg‘usizligi bilan bog‘liq. Ba’zan takt tarkibidagi birinchi qism, ba’zan ikkinchi qism urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘lishi mumkin. Bu shu qismlarning fonetik tuzilishiga emas, umumiy fikrning ifodalanishiga ham ta’sir qilish mumkin.
Masalan, yuqorida keltirilgan misoldagi “bir Vatankim” taktida asosli urg‘u Vatan so‘zining ikkinchi bo‘g‘inida bo‘lib, shu taktning “bir” va “kim” qismlari urg‘usiz yoki yordamchi urg‘ularga ega. Shuning uchun bu taktda «Vatan» «bir»ga nisbatan prokliza, «bir» «Vatan»ga nisbatan proklitika, «Vatan» «kim»ga nisbatan enkliza, «kim» «Vatan»ga nisbatan enklitikadir.

Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish