Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


UNDOSH FONEMALAR VA ULARNING TASNIFI



Download 327,91 Kb.
bet28/92
Sana01.06.2022
Hajmi327,91 Kb.
#626300
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti

UNDOSH FONEMALAR VA ULARNING TASNIFI

Fonetikaning undosh fonemalar tizimini o‘rganadigan qismi konsonantizm deyiladi. O‘pkadan chiqayotgan havo oqimining nutq a’zolaridan birining qarshiligiga uchrashidan hamda ovoz va shovqinning ishtirokidan hosil bo‘lgan nutq tovushlariga undosh fonemalar deyiladi.


O‘zbek tilida undosh fonemalar 23 ta: b, v, g, d, j, z, y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h.
Undosh fonemalar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilinadi:
1. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra;
2. Artikulyatsiya usuli yoki hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;
3. Artikulyatsiya o‘rni yoki hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra.
Undosh fonemalar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra dastlab ikki yirik guruhga bo‘linadi: shovqinlilar va sonorlar.
Undosh tovushlarning bunday bo‘linishi tovush tarkibidagi ovoz yoki shovqinning miqdoriga ko‘ra belgilanadi, chunki undosh tovushlar unli tovushlardan farqli ravishda faqat ovozdangina iborat emas. Ularda nutq a’zolarining havo oqimi ta’sirida hosil bo‘lgan shovqin ham mavjud bo‘ladi. Tovush tarkibida ovoz va shovqinning qay darajada ekanligi shovqinli va sonorlar zidligini keltirib chiqaradi.
Tarkibida ovozga nisbatan shovqin kuchli bo‘lgan undosh fonemalarga shovqinli undoshlar deyiladi. Shovqinli undoshlar hosil bo‘lishda nutq a’zolarining qarshiligiga kuchliroq uchraydi, ana shu to‘siq sof ovozga shovqin qo‘shadi. Buni sekin esayotgan shamolning daraxt barglariga tegib, ularni tebratishi natijasida hosil bo‘ladigan shitirlash ovoziga qiyos qilish mumkin. Shovqinli undoshlar quyidagilar: b, v, d, g, j, z, y, k, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h.
Tarkibida shovqinga nisbatan ovoz kuchliroq bo‘lgan undoshlarga sonor undoshlar deyiladi. Sonor undoshlarni talaffuz qilish jarayonida ham havo oqimi ma’lum darajada nutq a’zolari qarshiligiga uchraydi, lekin to‘siq kuchsiz bo‘ladi, havo oqimi uchun og‘iz yoki burun bo‘shlig‘ida ma’lum oraliq mavjud bo‘ladi. Sonorlar quyidagilar: m, n, ng, l, r.
Sonor undoshlarni ayrim grammatik adabiyotlarda yarim unlilar ham deb yuritiladi, chunki ayrim tillarda sonorlar unli fonemalar kabi bo‘g‘in hosil qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, rus tilidagi spravka so‘zida so‘z bo‘g‘inlari sprav-ka tarzida emas, balki sip-rav-ka yoki is-pa-rav-ka tarzida ajratiladi.
Sonor undoshlar hosil bo‘lishda boshqa undoshlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki burun undoshlari deb yuritiladigan m, n, ng undoshlarini talaffuz qilishda havo oqimi uchun burun bo‘shlig‘ida biroz oraliq joy hosil bo‘lsa, l undoshi talaffuzida tilning ikki yon tomonidan, r undoshida esa til uchining alveollarga tegib titrashidan havo oqimi erkin o‘tadi. Shuning uchun l undoshini yon tovush, r undoshini esa titroq tovush deb yuritiladi.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra shovqinli undoshlarning yana ikkiga-jarangli va jarangsiz undoshlarga ajratiladi. Sababi shundaki, jarangli undoshlarda jarangsiz undoshlarga nisbatan ham ovoz kuchliroq bo‘ladi yoki, aksincha, jarangsiz undoshlarda jarangli undoshlarga nisbatan shovqin kuchli bo‘ladi. Jarangli va jarangsiz undoshlar odatda o‘z juftlariga ega bo‘ladi:
Jarangli undoshlar: b, d, z, v, g, j, g‘, j;
Jarangsiz undoshlar: p, t, s, f, k, sh, x, ch kabi.
Undosh fonemalar artikulyatsiya usuli yoki hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchi undoshlar;
b) sirg‘aluvchi undoshlar;
v) qorishiq (affrikativ) undoshlarga bo‘linadi.
Havo jipslashgan nutq a’zolaridagi to‘siqni yorib, portlash yo‘li bilan hosil bo‘lgan nutq tovushlari portlovchi undosh fonemalar hisoblanadi: b,p,d,t,k,q,g,m,n,ng kabi.
Havo oqimi o‘zaro yaqinlashgan ikki nutq a’zosi o‘rtasidagi oraliq joy orqali sirg‘alib o‘tsa, sirg‘aluvchi fonemalar hosil bo‘ladi: v, f,s, z, sh, y, g‘, x, l, h kabi.
Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra nutq a’zolarining asosan bir yerida hosil bo‘lib, bir portlovchi va bir sirg‘aluvchi tovushni o‘z ichiga olgan, ajratilmay talaffuz qilinadigan tovushlarga qorishiq undosh fonemalar deyiladi.
Masalan: j(dj), ch(chsh) va shartli ravishda s(ts) kabi.
r undoshi til uchining qattiq tanglayga muntazam titrab urilib turishidan hosil bo‘ladi. Shuning uchun uni portlovchi undoshlar sirasiga ham, sirg‘aluvchi undoshlar sirasiga ham kiritish mumkin emas.
Artikulyatsiya o‘rni yoki hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh fonemalar lab, til va bo‘g‘iz undoshlariga ajratiladi.
Havo oqimi natijasida lablarning to‘la yoki qisman to‘sig‘iga uchrab hosil bo‘ladigan undoshlar lab undoshlari deyiladi. To‘la to‘siq tufayli - portlash natijasida hosil bo‘ladigan undoshlarni lab­lab (labial), qisman to‘siq natijasida-sirg‘alish tufayli hosil bo‘ladigan undoshlar lab­tish (labiodental, dental-tish) undoshlar deb yuritiladi.
1) lab­lab: b, p, m;
2) lab­tish: v, f.
Til undoshlari 4 xil bo‘ladi.
1) til oldi;
2) til o‘rta;
3) til orqa;
4) chuqur til orqa.
Til oldi undoshlari nofaol nutq a’zolaridan tish, milk (alveol)lar va tanglay ishtirokida hosil bo‘ladi. Bular:
1) til­tish: t, d, l, n, s, z;
2) til­milk (alveol): sh, j, r, ch.
Til o‘rta undosh tilning o‘rta qismining yumshoq tanglayga yaqinlashishi natijasida hosil bo‘ladi: y.
Til orqa undoshlari til orqa qismining yumshoq tanglayga yaqinlashishi natijasida hosil bo‘ladi: k, g, ng kabi.
Chuqur til orqa undoshlari (q, g‘, x) esa tilning eng orqa qismining yumshoq tanglayga yaqinlashishidan hosil bo‘ladi.
Bo‘g‘iz undoshi (h) tovush paychalarining o‘zaro yaqinlashishi natijasida hosil bo‘ladi.
Hozirgi o‘zbek tilida v,f undoshlari o‘ziga xos xususiyatga ega. f undoshi o‘zbek tiliga xos undosh bo‘lmay, bu tovush faqat o‘zbek tiliga chetdan qabul qilingan so‘zlardagina uchraydi: fabrika, familiya, farq, farmon kabi. v undoshi ikki xil xususiyatga ega: o‘zbekcha so‘zlarda (hovli) lab­lab sirg‘aluvchi; o‘zlashgan so‘zlar tarkibida esa lab­tish sirg‘aluvchi sifatida talaffuz qilinadi: vagon, vaqt, Vali kabi.
Hozirgi o‘zbek tilida talaffuzda so‘zning turli o‘rinlarida jarangli undoshlar jarangsizlashish xususiyatiga ega: kitob-kitop, maktab-maktap, ketgan-ketkan kabi.
Jonli so‘zlashuv yo dialektal xususiyatlarga ko‘ra ayrim tovushlar boshqacharoq talaffuz qilinishi mumkin: bunday-munday, yuz so‘m-yus som, uchta-ushta, ketdi-ketti, o‘n besh-o‘mbesh kabi.
Burun undoshi ng undoshidan keyin g undoshi bilan boshlanuvchi morfemalar kelsa, ng ikkilanishi mumkin: tong-tongngacha, otangga-otangnga kabi.
h undoshi ayrim shevalar (masalan, Toshkent)da x yoki x undoshiga yaqin yoki aksincha (masalan, Andijon) talaffuz qilinadi: ham-xam, hozir-xozir yoki hil-hil, xil-xil kabi.



Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish