Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


-mavzu. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unlilar tasnifi, undoshlar tasnifi va ularning nutqiy ahamiyati



Download 327,91 Kb.
bet27/92
Sana01.06.2022
Hajmi327,91 Kb.
#626300
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti

7-mavzu. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unlilar tasnifi, undoshlar tasnifi va ularning nutqiy ahamiyati.
Reja:

  1. Fonemalar tasnifi

  2. Unli fonemalar va ularning tasnifi

  3. Undosh fonemalar va ularning tasnifi

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra tovushlar ikki katta guruh - unli va undoshlarga ajratiladi.


Artikulyatsiya jihatdan unli tovushlar talaffuzida o`pkadan chiqib kеlayotgan havo hеch qanday to`siqqa uchramasdan o`tadi, undoshlar talaffuzida esa havo oqimi biror to`siqqa duch kеladi. Unlilarning miqdori va sifati barcha tillarda bir xil emas. Masalan: rus 43-6, frantsuz 21-13, arman 30-6, gruzin 28-5, eston 16-9, ingliz 24-21, o`zbеk 23-6.
Jahon tillarining dеyarli barchasida undosh tovushlar unlilardan ko`p va shu tufayli ularning funktsional xizmati ham kattadir.
Tildagi unlilar sistеmasi vokalizm dеyiladi. Unlilar sof ovozdan iborat, ohangdorlik kuchli bo`ladi, ovoz to`siqqa uchramaydi, istagancha cho`zib talaffuz qilish mumkin. Nutq jarayonida undoshga nisbatan salmoqli o`rin tutadi. Hozirgi o`zbеk tilida olti unli fonеma bor: a, o, u, o`, i, e. Fonetikaning unli fonemalar tizimini o‘rganadigan qismi vokalizm deyiladi. O‘pkadan chiqayotgan havo oqimining bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida nutq a’zolarining qarshiligiga uchramasdan, nutq paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan va faqat un (ovoz)dangina iborat bo‘lgan nutq tovushlariga unli fonemalar deyiladi.
Unli fonemalar akustik tomondan ovozning ustunligi, fiziologik jihatdan og‘izning ochilish darajasi hamda lablar va tilning harakati, vaziyati bilan xarakterlanadi. Ular og‘iz bo‘shlig‘ida tusga kiradigan sof ovozdangina iboratdir.
Unli fonemalar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilinadi.
1. Og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra;
2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra;
3. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;
4. Lablarning ishtirokiga ko‘ra;
Og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra unli fonemalar uch xususiyatga ega bo‘ladi:
1) tor: i,u.
2) o‘rta keng: e,o‘.
3) keng unlilar: a,o.
Tilning vertikal (yuqori va quyi) harakatiga ko‘ra unlilar uchga ajratiladi:
1) yuqori ko‘tarilish unlilari: i,u.
2) o‘rta ko‘tarilish unlilari: e,o‘.
3) quyi ko‘tarilish unlilari: a,o.
Tilning gorizontal (old va orqa) harakatiga ko‘ra unlilar ikki xil:
1) til oldi unlilari: i,e,a;
2) til orqa unlilari: u,o‘,o.
Lablarning ishtirokiga ko‘ra unli fonemalar lablangan (u,o‘) va lablanmagan (i,e,a, qisman o) unlilarga ajratiladi. Lablangan unlilar talaffuzida lablar oldinga qarab cho‘ziladi (cho‘chchayadi). Bu holat lablanish (labializatsiya) deyiladi. o unlisi u va o‘ unlilariga yaqin talaffuz qilinganligi bois yarim lablangan hisoblanadi.
Unlilarning tasnifini jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin:


i u

e o‘
а


о

Bu jadvalda uchburchakning chap tomonida til oldi, lablanmagan unlilarni, o‘ng tomonida esa til orqa lablangan unlilar ajratilgan. Bunda faqat o unlisining lablanish­lablanmaslik darajasi e’tiborga olinishi lozim.


Til oldi yoki old qator unlilari(i,e,a)ni talaffuz qilishda tilning uchki qismi biroz old tomonga harakat qilib, lablar har uchala unlini hosil qilishda deyarli bir xil vaziyatda bo‘ladi, bu unlilarning hosil bo‘lishida lablarning ishtiroki sezilmaydi, lablanmaydi.
Til orqa yoki orqa qator unlilari(u,o‘,o)ni talaffuz qilishda til biroz orqaga tortilib, bu unlilardan u va o‘ fonemalarini hosil qilishda lablar ishtiroki seziladi, lablar oldinga cho‘zilib, torayadi. Bu unlilar lablanish hodisasiga uchraydi, o unlisini talaffuz qilishda esa labning vaziyat deyarli i,e,a unlilari holatida bo‘ladi, shuning uchun bu unli lablanmagan yoki yarim lablangan sanaladi.
Tilning vertikal (yuqori va quyi) harakati va og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra ham i va u unlisini hosil qilishda til biroz yuqoriga ko‘tarilib, og‘iz tor ochilsa, a va o unlilari talaffuzida, aksincha, til quyi tomonga harakat qilib, og‘iz keng ochiladi.
Unli fonemalarning ana shu tavsifiga ko‘ra ularni quyidagicha tahlil qilish mumkin:

I-yuqori ko‘tarilish, tor, lablanmagan old qator unli;


E-o‘rta ko‘tarilish, o‘rta­keng, lablanmagan old qator unli;
A-quyi ko‘tarilish, keng, lablanmagan old qator unli;
U-yuqori ko‘tarilish, tor, lablangan, orqa qator unli;
O‘-o‘rta ko‘tarilish, o‘rta­keng, lablangan, orqa qator unli;
O-quyi ko‘tarilish, keng, lablanmagan, orqa qator unli.



Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish