Hujjattlarni qog’ozga chiqarish.
Windows da o’rnatilgan printerlar Word da ham ixtiyoriy xujjatlarni qog’ozga chiqarish uchun to’lik xizmat qiladi.
Hujjatt tahrirlangandan so’ng, ya’ni formatlangandan so’ng, «Файл» menyusidan «Печать» buyrug’ini, instrumentlar sohasidan tugmachasini, klaviatura yordamida esa, Ctrl+P tugmachalari bosilsa, ekranda pechat parametrlar to’plamini sozlash uchun imkon beradigan munozara oynagi ekranga chiqariladi (15-rasm).
15-rasm
Printerlarni tanlash «Имя» maydonida mujassam bo’lgan printerlar ruyxatini ekranga chiqarish amalga oshiriladi. Kompyuterga printer o’rnatilgan bo’lmasa, uni o’rnatish zarur bo’ladi.
Printerni o’rnatish uchun Worddan chiqish shart emas. Foydalanuvchi quydagi ketma-ketlikdagi amallarni bajarish talab qilinadi:
1.Пуск→Принтеры и факсы buyrug’i bilan hosil bo’lgan oynakdagi «Задачи печати→Установка принтера» buyrug’i tanlanadi;
2.Printerni urnatish masteri «Мастер установки принтеров» ishga tushadi.
3.»Далее» tugmachasini bosish bilan printerni o’rnatish boshlanadi, foydalanuvchi lokal yoki tarmoq printeri ekanligini (asosan lokal) tanlashi lozim;
4.Printer chiqaruvchi firmalar ruyxatidan printerning firmasi, modeli tanlanadi va «Далее» tugmachasi bosiladi.
5.Printer odatda LPT 1 portga ulangan bo’ladi;
6.Printerni o’rnatish masteri yordamida hosil bo’ladigan munozara oynagidagi buyruqlardan biri tanlanadi (16-rasm).
16-rasm
Printer oynagida o’rnatilgan printerning programma elementi hosil bo’ladi. Hujjattni qog’ozga chiqarishdan oldin qog’ozga chiqarish shaklini ko’rish, qog’oz parametrlarini o’rnatish zarur bo’ladi.
Word da pechatga chiqarishdan oldin kog’ozga chiqish shaklini ko’rishda bir qancha varaqlarni qarash va masshtablash uchun maxsus instrumentlar paneli mavjud bo’ladi.
Odatdagi ko’rish ish tartibi.
Bu «Вид» menyusining «Обичный» buyrug’ini tanlash bilan o’rnatiladi. Bu holda oynakda matn joylashgan bo’ladi. Agar «Вид» menyusidan «Разметка страницы» buyrug’i tanlansa, maydonlar va asosiy matn ko’rinadi. Bu ish tartibida Колонтитул, Сноскалар va varaq nomerlarini ko’rish uchun xizmat qiladi.
Ko’rish parametrlarini o’zgartirish uchun «Сервис» menyusidan «Параметры» buyrug’i tanlansa, munozara oynagi hosil bo’ladi. «Вид» qatlami tanlanishi bilan barcha xujjatni ko’rish parametrlarini o’zgartirish mumkin (17-rasm).
17-rasm
«Вид» meyusidan masshtab buyrug’ini tanlash bilan xujjatning ko’rinish o’lchamlari o’zgartiriladi.
Pechatga chiqarishdan oldin xujjatning kog’ozga chiqarish shaklini o’zgartirishda asosiy oynak ko’rinishi ham o’zgaradi. Instrumentlar sohasidagi tugmachalar ham o’zgaradi.
Instrumentlar sohasidagi tugmachalar quyidagicha:
a) Печать – pechat parametrlari bilan xujjatni qog’ozga chiqaradi.
b) Увеличение-kurish ish tartibidan taxrirlash ish tartibiga o’tkazadi.
c) Одна страница - xujjatni bir varaq shaklda ko’rish uchun qullaniladi;
d) Несколько страницу-xujjatini bir necha kurinishda ekranga chiqaradi.
e) Линейка-lineykani o’zib ulash uchun tayinlangan. Qog’ozga chiqish shakli qanoatlanarli bo’lsa, yozuv munozara oynagidan joriy varaqni, zaruriy varaqlarni, to’liq matnni bir yoki undan ortiq nusxada yozuvga chiqarish mumkin.
Word xujjatining statistik ma’lumotlarini ham qog’ozga chiqaradi. Hujjatt bilan birga qo’shimcha axborotlarni ham qog’ozga chiqarish uchun «Сервис» menyusidan «Параметры» buyrug’i tanlanadi. Munozara oynagidan «Печать» qatlami tanlansa, qog’ozga chiqarish parametrlarini to’lik o’zgartirish mumkin bo’ladi. Hujjattni qoralama qog’ozga chiqarish zarur bo’lganda esa, «Черновой» ish tartibi tanlanadi. Bunda hujjat qog’ozga tez bosib chiqariladi (18-rasm).
18-rasm
Ayrim printerlar bosmadan chiqarilgan qog’ozlarni to’g’ri tartibda taxlamasa, ularni oxirgi varag’idan boshlab qog’ozga chiqarish ish tartibi avtomatik ravishda o’rnatiladi. Shuning uchun «Сервис» menyusidan «Параметры» buyrug’ini tanlab, «Печать» qatlamidan «в обратном порядке» bayroqchasi aktivlashtirilishi kerak (18-rasm).
Bir nechta fayllarni izma-iz bosmaga chiqarish uchun «Проводник» dasturi yordamida fayllar tanlanadi va so’ngra konteks menyudan «Печать» buyrug’i tanlanadi. Shuningdek fayllar tarkibini ochmasdan turib ham bosmaga chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |