MS Word asosiy oynak elementlari.
Har bir xujjat uchun alohida yordamchi oynaklar mavjud bo’ladi. Odatdagidek, Word matn muharriri asosiy oynakdan iborat bo’lib, sarlavha qatoriga, instrumentlar sohasiga va ishchi sohaga ega bo’ladi. Instrumentlar sohasi o’z navbatida standart va boshqa tugmachalar guruhidan iborat bo’lib, har bir tugmacha yakuniy vazifani bajarish uchun xizmat qiladi.
Instrumentlar guruhini foydalanuvchi to’liq o’zgartira oladi. Buning uchun «Вид» menyusidan «Панель инструментов» buyrug’i tanlanadi. Ekranda instrumentlar guruhi ruyxati chiqariladi (3-rasm).
3-rasm
Ularning ixtiyoriy bittasini passiv yoki aktiv holatga keltirish mumkin. Agar aktiv holatga keltirilsa, uning instrumentlar guruhi oynada aks etadi. Foydalanuvchi sichqoncha yordamida hosil bo’lgan instrumentlar guruhini ekranning istalgan qismiga joylashtirish imkoniyatiga ega.
Sichqoncha yordamida ham instrumentlar guruhini o’zgartirish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichi instrumentlar paneliga keltiriladi va o’ng tugmacha bosiladi. Ekranda konteks menyu hosil bo’ladi. «Панель инструментов» buyrug’i tanlanishi bilan instrumentlar sohasidagi instrumentlar guruhini o’zgartirish mumkin.
Instrumentlar panelidagi instrumentlar guruhini foydalanuvchining xoxishiga ko’ra o’lchamlarini, shaklini va ekranda joylashish o’rnini ham o’zgartirish mumkin.
Instrumentlar panelining o’ng qismidagi 2 ta kul rang chiziqchaga keltirilib, sichqonchaning chap tugmachasi bosilgan holda ekranning qulay qismiga olib o’tish ham mumkin.
Word muharririda munozarali oynaklar bilan ishlash imkoniyati ham mavjud. Munozarali oynaklar menyular satridagi buyruqdan so’ng «. . .» (3 no’qta) mavjud bo’ladi. Ular tanlansa ekranda munozarali oynaklar hosil bo’ladi (4-rasm).
4-rasm
Masalan, «Формат» menyusidan shrift tanlansa, munozarali oynak hosil bo’lib, shriftlarni, ulchamlarini, yozuv stillarini foydalanuvchi tomonidan tanlashi yoki o’rnatish imkoniyati mavjud.
Munozara oynalari ichma-ich joylashgan bo’limlardan yoki quyilmalardan iborat bo’lishi mumkin.
Munozarali oynak elementlari:
Quyilma–munozarali oynakning ichma-ich joylashgan bo’limlari bo’lib, ularning har biri parametrlar guruhidan iborat bo’ladi;
Matnli oynakda matn, sana yoki sonlarni kiritish va tahrirlash oynagi hisoblanadi;
Kalit-parametrlar guruhidan birini tanlash imkonini beradigan tugmacha;
Bayroqcha-kvadratik oynakchada belgilangan yoki belgilangan emasligini bildiruvchi simvol;
Ruyxat –mumkin bo’lgan alternativ imkoniyatlar ruyxatidan tarkib topadi;
Tugmachalar buyruqlarning bajarilishi yoki bekor qilinishini ta’minlaydi;
Munozara oynagidagi quyilmalar soni turlicha bo’lishi mumkin va ular kartotekadagi kartochkalarni eslatadi va har birining yorliqlari o’z nomi bilan ko’rinib turadi. Har bir quyilmaga bog’langan parametrlar guruhi joylashgan bo’ladi.
5-rasm
5-rasmda keltirilgan shrift munozara oynagi aks ettirilgan bolib, unda «Шрифт», «интервал» va «Анимация» kabi quyilmalardan iborat.
Har bir quyilmaga o’tish uchun:
a).Sichqoncha ko’rsatkichi quyilma nomiga keltiriladi va chap tugmacha bosiladi.
b).Ctrl tugmacha bosilgan holda «Tab» klavishini bosish orqali kerakli quyilmani aktivlashtirish mumkin.
Munozarali oynaklardagi buyruqlar tugmachasi oynakning o’ng yuqori burchagida yoki quyi qismida joylashgan bo’ladi.
Masalan,
Odatda bu tugmachalar buyruqning bajarilishi yoki bekor qilinishi uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |