Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi



Download 9,74 Mb.
bet36/218
Sana31.12.2021
Hajmi9,74 Mb.
#246579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   218
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari fanidan oquv metodik majmua

Hujjattni formatlash.

Hujjattlarni formatlashda dastlab simvol, so’zlar, qatorlar, gaplar, abzatslar yoki butun matn blokka olinadi, so’ng formatlash buyruqlari beriladi. Buyruqlar belgilangan blokka taalluqli bo’ladi. Hosil qilingan blok ajratilgan qora rang bilan quyidagicha aks etadi (12-rasm).




12-rasm
Blokka olish yoki belgilash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a). Simvolni blokka olish uchun kursor shu simvolga keltiriladi, Shift tugmacha bosilgan holda sichqonchaning chap tugmachasini bosib o’nga yoki chapga harakatga keltiriladi.

Klaviatura yordamida esa Shift va o’nga yoki chapga yunalgan klaviaturadagi {←} {→} klavishlar orqali belgilanadi.

b). So’zni blokka olish uchun sichqoncha ko’rsatgichi so’zga keltirladi va chap tugmacha 2 marta tez bosiladi.

Klaviatura yordamida ko’rsatgich so’z boshiga keltirladi. Shift va klaviaturadagi {←} {→} tugmacha bilan so’z oxirigacha keltirlib, so’zni belgilash mumkin.

c). Sichqoncha ko’rsatgichini qatorning chap qismidagi ajratilgan sohaga keltiriladi va chap tugmacha bosiladi. Klaviatura yordamida kursor qator boshiga keltiriladi, Shift va {←} {→} tugmacha yordamida qatorni blokka olish mumkin.

G) Bir necha qatorlarni blokka olish uchun qator boshiga kursor keltirilib chap tugmacha bosilgan holda yuqoriga yoki pastga harakatga keltiriladi.

D) Abzatsni blokka olish uchun kursor abzatsning oldidagi ajratilgan sohaga keltiriladi va chap tugmacha 2 marta bosiladi.

E) Hujjatni blokka olish uchun kursor ajratilgan sohaga keltiriladi, Ctrl tugmachasi bosilgan holda chap tugmacha bir marta bosiladi.

E) To’g’ri burchakli blok hosil qilish uchun sichqoncha ko’rsatgich blokning yuqori chap burchagiga keltiriladi. Alt tugmacha bosilgan holda sichqonchaning chap tugmachasini bosib blokning quyi o’ng burchagiga tortib kelinadi.

J) Butun abzatsni blokka olish uchun Правка menyusidan Выделить все buyrug’i tanlanadi. Simvollarni formatlash odatda simvollarning shriftlari, o’lchamlari, stillari va ranglarini, shuningdek boshqa parametrlarini o’zgartirishni o’z ichiga oladi.

Hujjattdagi simvollarni formatlash uchun dastlab simvol yoki simvollar guruhi blokka olinadi. So’ng «Форматирование» instrumentlar sohasidan «Шрифт» tugmachasini tanlash bilan Windows tarkibidagi ixtiyoriy shriftlarni tanlash mumkin (13-rasm).


13-rasm
Bu holatni sichqoncha yordamida ham bajarsa bo’ladi:

Shrift o’lchami, yozuv stili (полужирный, курсив, полужирный курсив, обычный) satrlarini tanlash bilan belgilangan simvollarni formatlash mumkin.

Hujjatni formatlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin.

1.Ctrl +B quyiq shriftni o’rnatish uchun;

2.Ctrl+I og’ma shriftni;

3.Ctrl-U tagiga chizib yezish;

4.Ctrl+Shift +w faqat so’zni tagiga chizish;

5.Ctrl+Shift+D-tagiga ikkilangan chizik chizish.

6.Yukori indeks Ctrl+Shift+k

7.Kuyi indeks Ctrl +k

8.Ctrl+Shift+F-shriftlarni o’zgartirish.

9.Ctrl+Shift+Q simvol

«Формат» menyusidan shrift buyrug’i tanlansa, munozarali oynak hosil bo’ladi (14-rasm). Bu munozarali oynak «Шрифт», «Интервал», «Анимация» qatlamalaridan iborat bo’ladi. Bu holat Ctrl+D tugmachalarini bosish bilan bir xil. Foydalanuvchi munozara oynakdagi shrift tanlash bilan belgilangan blokdagi shriftlarini, stillarini, o’lchamlarini o’zgartira oladi.

Bu yerda shriftlarning o’lchamlarini, stilini o’zgartirishdan tashqari turli effektlaridan ham foydalanish mumkin.

Interval qatlam tanlansa, qatorlar orasidagi oraliq masofalarini ham o’zgartirish mumkin.



14-rasm
Instrumentlar sohasidagi format paneli xujjatini formatlash uchun kator tugmachalardan tarkib topgan.



Abzatsni formatlash Word da matn fragmenti bo’lib, Enter tugmachasini bosish bilan belgilanadi. Matnni formatlash larayonida abzatsning chap, o’ng tomoniga yoki markazga nisbatan silliqlash zarur bo’ladi. Qoldiriladigan joylar abzatsning chap tomonidan, o’ng tomonidan va birinchi qatordagi qoldiriladigon maydondan iborat bo’ladi.

Abzatsni formatlash uchun «Формат» menyusidan «Абзац» buyrug’i tanlanadi. Ekranda «Абзац» buyrug’ining munozarali oynagi paydo bo’ladi. Formatlash parametrlari foydalanuvchi tomonidan o’rnatiladi va «Ok» tugmachasi bosiladi.

Abzatsni formatlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin.

1.Ctrl+L-matnning chap tomoniga nisbatan silliqlanadi.

2.Ctrl+R-matninig o’ng tomoniga nisbatan silliqlanadi.

3.Ctrl+E matnning markaziga nisbatan silliqlanadi.

4.Ctrl+J matnni har ikki tomonga nisbatan silliqlanadi.

5.Ctrl+M-matnning chap tomonidan qoldiriladigan maydon.

6.Bir interval bilan matnni yezish uchun Ctrl+1 tugmachalari bosiladi.

7.Ctrl+5 - 1,5interval bilan matnni kiritish amalga oshiriladi.

8.Ctrl+2 - 2 interval bilan matnni kiritish amalga oshiriladi.

Abzatsni formatlashda instrumentlar sohasidagi tugmachalardan ham keng foydalaniladi. Buning uchun instrumentlar sohasidagi mos tugmachalardan foydalanish lozim bo’ladi.

Abzatslarni formatlashda lineykadan ham keng foydalanish mumkin.


Lineykadagi markerni sichqoncha yordamida surish bilan chap va o’ng tomonlarda qoldiriladigan maydonlarni to’liq o’zgartirsh mumkin.


Download 9,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish