2. MAVZU. “MILLIY G‘OYA:ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR”
FANINING TARIXIY ILDIZLARI, SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Kirish
1.Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bо‘lishining asosiy bosqichlari.
2.Sharq mamalakatlaridagi g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari.
3.G‘arb mamlakatlaridagi g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari.
4.Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalarining gegemonligi va uning oqibatlari
Xulosa
KIRISH
Har qanday g‘oya ijtimoiy ahamiyat kasb etib, odatda muayyan g‘oyalar, alohida olingan shaxslar ongida paydo bо‘ladi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyildi, yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni о‘z e’tiqodiga singdiradi, о‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi. G‘oyalar milliy-madaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiy-ma’naviy hayotni, tevarak olamni о‘rganish, bilish jarayonida dunyoga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, falsafa, din, san’at va adabiyot, axloq, siyosat va huquq-muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradи.
Bugun jahonda g‘oyaviy, mafkuraviy t ahdidlar avj olayotgan bir davrda g‘oyalarning genezisi, mazmuni va mohiyati, takomil bosqichlarini talaba yoshlarga tushuntirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
1.Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon
bо‘lishining asosiy bosqichlari
G‘oyalar – inson tafakkuri mahsuli sifatida ijtimoiy xarakterga ega bо‘lib, inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi, inson va jamiyatni muayyan harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikrlardir. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya bо‘la olmaydi. G‘oyalar garchi tafakkurda paydo bо‘lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga ega bо‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Mazmun va namoyon bо‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Ular: ilmiy g‘oyalar, falsafiy g‘oyalar, diniy g‘oyalar, badiiy g‘oyalar, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, milliy g‘oyalar, umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.
Yuqorida ta’kidlab о‘tilgan fikrlardan kelib chiqib shuni aytish kerakki, g‘oyashunoslik tushunchasi о‘z mohiyatiga kо‘ra, turli xil g‘oyalarning tabiatini, ya’ni g‘oyalarning tabiiy va ijtimoiy hodisalarga bо‘lgan munosabatini ifoda etadigan, qonun va kategoriyalarini о‘rganuvchi g‘oyalar tizimi sifatida baholanishi mumkin.
Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, birinchidan, g‘oya inson tafakkurining mahsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |