3. G‘arb mamlakatlaridagi g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari
Qadimgi dunyoda ғоялар taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi. Qadimgi Yunonistonda falsafa ijtimoiy hayotning in’ikosi sifatida tabiat tо‘g‘risidagi bilimlar bilan bog‘lanib bir butun dunyoqarashni о‘zida mujassamlashtirgan edi. Qadimgi Yunonistonda Milet falsafiy maktabining asoschilari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Milet maktabiga mansub faylasuflar uchun sodda dunyoqarash xarakterlidir. Ular borliq asosiga muayyan bir moddiy asosni qо‘yadilar. Masalan, Fales suvni, Anaksimandr apeyronni (cheksiz, chegarasiz moddiy narsa), Anaksimen esa havoni. Ularning fikricha, olamdagi barcha narsalar mana shu moddiy unsurlarning turlicha holatidir. Geraklit fikricha, olam doimiy harakat jarayonidan iborat, buning sababi о‘t (olov) deb ta’kidlangan. Uning fikricha, oqib turgan daryoga ikki marta tushib bо‘lmaydi. Ikkinchi marta tushganda oldingi suvlar allaqachon oqib ketgan bо‘ladi. Bu-dialektika haqidagi dastlabki g‘oyalardandir. Qadimgi Yunonistondagi atomistik dunyoqarashning asoschisi Demokrit bо‘lib, uningcha olamning asosi atomlar (mayda bо‘linmas,moddiy zarrachalar) va bо‘shliqdan iborat. Demokritning ta’limoti keyinchalik Epikur tomonidan rivojlantirildi.
Qadimgi Yunonistonda ruhni, g‘oyani olamning asosi sifatida talqin etuvchi falsafiy g‘oyalar ham vujudga kelib, rivojlanib bordi. Bu qarashlarning asoschilari Pifagor, Suqrot, Aflotunlar hisoblanadi. Qadimgi Yunonistonda bunday dunyoqarashni rivojlantirib, muayyan tizimga keltirishga harakat qilgan faylasuf Aflotun edi. Uning “Bazm”, “Teetet”, “Fedon” nomli dialoglarida, siyosiy qarashlari esa “Davlat” va “Qonunlar” nomli asarlarida bayon etilgan.
Aflotun ta’limoticha, olamda “g‘oyalar dunyosi” birlamchi bо‘lib, moddiy dunyo esa uning mahsuli, soyasidir. “G‘oyalar dunyosi” zamon va makonga bog‘liq bо‘lmay, mangu, harakatsiz, о‘zgarmasdir, u - haqiqiy dunyodir. Aflotun fikricha, “g‘oyalar dunyosida” eng oliy g‘oya-yaxshilik va baxt g‘oyasi –xudodir. Boshqa g‘oyalarning hammasi u bilan bog‘liq. Haqiqatda esa Aflotun ta’kidlagan “Umumiy g‘oyalar” moddiy dunyodagi narsalar tо‘g‘risidagi inson tushunchalaridir.
Aflotun falsafiy qarashlarini birinchi bо‘lib tanqid qilgan uning vatandoshi, mutafakkir Arastu hisoblanadi (mil. avv. 384-322), uning yirik asarlari “Metafizika” (yoki “Birinchi falsafa”), “Fizika”, “Jon tо‘g‘risida”, “Analitika”, “Kategoriyalar”, “Siyosat”, “Ritorika” va boshqalardir.
Arastu Aflotunning “g‘oyalari” nazariyasini asossiz deb hisoblaydi. U Aflotun ta’limotini tanqid qilish bilan birga, umuman unga qarshi chiqa boshlaydi. Uningcha moddiy olam abadiy, obyektiv xarakterga ega bо‘lib, u hech qanday Aflotun “g‘oya”siga muhtoj emas. Tabiat esa moddiy asosga ega bо‘lgan narsalar yig‘indisidan iborat, u ham doim harakatda va о‘zgarishda.
Arastuning va umuman qadimgi yunon faylasuflarining jamiyat va inson haqidagi qarashlari о‘sha davrdagi hukmron ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq edi. Ular jamiyatga bо‘lgan qarashlarida quldorlik tuzumini mustahkamlashga urinadilar. Yunon faylasuflarining ta’limoticha jamiyatning qul va qul egalariga bо‘linishini, quldorlarning hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy holatdir. Qullar boshdan qul bо‘lib tug‘ilganlar, shuning uchun ham ular jismoniy baquvvat, jismoniy mehnatga qobiliyatlidirlar. Qullar о‘z tabiatiga kо‘ra axloqiy fazilatlardan mahrum va yaxshilikka uquvsiz kimsalardir. Axloqiy fazilatlar, yaxshi faoliyat faqat erkin kishilarga, qul egalariga xosdir.
Suqrot etikasining asosiy tamoyillarini shunday ifodalash mumkin. “Sahovat” va “Bilim” bir xildir. Nimaning “adolatli ekanligini haqiqatdan ham biladigan kishi” adolatli ish tutadi. Adolatlilikning nima ekanligini biladigan va adolatli ish tutadigan kishi “baxtiyor” bо‘ladi. Suqrotning fikricha, dialog jarayonida adolatlilik, mardlik, yaxshilik, haqiqat, reallik va shu tushunchalarni tahlil etish yordamida vujudga keladigan tushunish mustahkam va о‘zgarmasdir.
Tarix shundan dalolat beradiki, markazlashgan yirik davlat va imperiyalarning paydo bо‘lish jarayonida g‘oya va mafkuralarining ahamiyati yanada ortadi. Miloddan avvalgi IV – I va milodning boshlaridagi Rim tarixi bunga yaqqol misol bо‘ladi. Ushbu shahar – davlatda uning fuqarolari xudolar tomonidan eng oliy maqomga ega kishilar sifatida tan olingani tо‘g‘risidagi g‘oya ustivor edi. Bu о‘z navbatida barcha rimliklarning о‘zaro tengligi g‘oyasi keng shakllanishiga sabab bо‘ldi. Ana shu mafkuraga kо‘ra, Rim aholisi rohat-farog‘atda yashashi, asosan mavjud ijtimoiy–siyosiy tuzumni saqlab turishi, kо‘p ming sonli qullar esa mehnat qilishi lozim.
Umuman olganda, qadimgi Rimda о‘ziga xos ma’no- mazmunga ega bо‘lgan (ya’ni, “Qullar mehnati – rimliklarning rohat-farog‘ati” tamoyili asosida) tenglik g‘oyasi asta-sekin xalqni olomonga, imperiya uchun zarur bо‘lgan askarlarga, yuqoridagi tamoyilni sо‘zsiz himoya qilishga shay turgan armiyaga aylantirgan. Imperiyani yaratadigan dunyoqarash hamda mafkura shu tariqa shakllangan. Bu esa, о‘z navbatida, ana shu armiyaning boshliqlari – Rim impiriyasining lashkarboshilari Yuliy Sezar’, Oktavian Avgustin va boshqalarni tarix sahnasiga olib chiqqan.
Rim esa fan va madaniyat bobida Afinaga tenglasha olmadi va bu sohalarda undan ustunroq bо‘lgan biror kashfiyot yoki yangilik yarata olmadi. U bor-yо‘g‘i dunyoga dahshat solgan tajovuzkor va mustabid imperiyani va zо‘ravon armiyani yarata oldi. Fransuz faylasufi J.J Russo yozadi: “Siyosiy jihatdan tobe bо‘lgan Afina g‘oyaviy va ma’naviy jihatdan Rimni beixtiyor tiz chо‘kishga majbur qilgan edi. Rimliklar bu borada hech qachon Afinaliklarning oldida о‘zlarini g‘olib deb hisoblay olmagan”. Yana bir fransuz adibi Andre Morua quyidagi fikrni bildirgan: “Yevropa bu g‘oya va yо‘llarning qaysi biri tо‘g‘ri ekanligini tо‘la-tо‘kis ajratib, о‘z yо‘lini ularning biri asosida tanlab ololmadi. Salib yurishlari domiga tortilgan va о‘rta asrlar sо‘nggida imperiyalarni yaratgan Yevropa qadimgi Rim yо‘lidan, Rimning halokatidan keyin mustaqillik va milliy davlatchilikni ixtiyor etgan Yevropa Qadimgi Afina yо‘lidan bordi”. XX asrda fashizmni dunyoga keltirgan Yevropa birinchi yо‘ldan, shu yuz yillikning oxiriga kelib dimokratik taraqqiyot sari yuz tutgan Yevropa esa ikkinchi yо‘ldan bormoqda. Bir asrda, nisbatan qisqa davr orasida bunday holning namoyon bо‘lishi yevropaliklarning qonida bu yо‘llarning ikkalasi uchun ham umumiy genlar saqlanib qolganidan dalolat beradi”.
О‘rta asrning asosiy xususiyati shundan iboratki, bu davrda g‘arbiy Yevropada xristian dini asta-sekin hukmron mafkuraga aylanib boradi. Din barcha bо‘limlarning sohalarini, falsafani ham о‘ziga bо‘ysindiradi. Sxolastik (maktab) ta’limotni yaxlit tizimga keltirgan faylasuf Foma Akvinskiy hisoblanib, u keyinchalik katolik cherkovining piri, deb rasmiy ravishda e’lon qilingan edi. Uning fikricha dunyoning mavjudligi xudoga bog‘liq. U birinchi sabab hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |