Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


Sharq mamlakatlaridagi g‘oyaviy qarashlar va



Download 0,97 Mb.
bet13/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

2.Sharq mamlakatlaridagi g‘oyaviy qarashlar va
ularning takomil bosqichlari
Qadimgi Sharq madaniyati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan о‘rni beqiyosdir. Qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy madaniyati о‘z salohiyati bilan g‘arb madaniyatining shakllanishiga о‘zining sezilarli ta’sirini о‘tkazganligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Dastlabki hind yozma manbalariga va ta’limotlarga nazar soladigan bо‘lsak, olam, koinot, jamiyat va inson tо‘g‘risidagi ilk g‘oyalar, diniy va mifologik qarashlarga duch kelamiz. Qadimgi Hindistonda ilk diniy-falsafiy maktablar asosan ikki turkumga bо‘linadi. Biri Vedalardan kelib chiqqan va unga suyanuvchi maktablar, ikkinchisi Vedalarni tan olmaydigan, ularni rad etuvchi maktablardir. Vedalar (taxminan mil.avv. 1200-800 yy.) deb ataladigan eng qadimgi sanskrit matnlarida qayd etilgan. Grek, skandinaviya va slavyan afsonaviy g‘oyalari singari unda ham xudolar kо‘pincha tabiiy kuchlarga qiyos qilinadi. Mazkur g‘oyalar koinot bilan Tartibsizlik (Xaos) о‘rtasidagi azaliy kurash bilan tavsiflanardi. Veda matnlariga kо‘ra bu kurashda xudolarning uzil-kesil abadiy g‘alaba qilishi kafolatlanmaydi. Tartibsizlikka qarshi kurashda xudolar odamlarning yordamiga muhtoj bо‘lgan. Qurbonliklar va tо‘g‘ri bajariladigan marosimlar koinotdagi tartibni tutib turishga katta hissa qо‘shib turadi.
Qadimgi hind falsafasida chorvak ta’limoti alohida о‘rin tutadi. Chorvak ta’limoticha, olam moddiydir. Moddiy dunyo tо‘rt unsur – suv, havo, tuproq va olovdan tashkil topgan. Organik tabiat, shu jumladan inson ham ana shu moddiy unsurlar birikmasidan iborat. Inson aqlli mavjudotdir, inson о‘z aqli va sezgilari yordamida tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni bilishga qodir. Chorvak ta’limoti kо‘pgina falsafiy muammolarni о‘rtaga tashladi va ularni hal qilishga urindi. Bu qadimgi Hindistonda falsafiy g‘oyalar ancha rivojlanib kelganligidan dalolat beradi.
Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar miloddan avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlagan. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixida Konfusiyning (551-479) g‘oyalari alohida о‘rin tutadi. U qadimiy yozma yodgorliklardan “Qо‘shiqlar kitobi”, “Bahor va kuz” kabi k itoblarni tuzishda qatnashgan. Ilohiy kuchni tan olgan Konfusiy “kishilarning hayoti taqdirga bog‘liq, boylik va ulug‘lik esa Iloh tomonidan beriladi” deb uqdiradi.
Konfusiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy о‘rin tutadi. “Hamma odamlar о‘z tabiatiga kо‘ra bir-biriga о‘xshaydilar, tarbiyaga qarab ular bir-birlaridan farqlanadilar”, “yangini bilish uchun eskini о‘rganish kerak”, “mulohazasiz ta’limot foydasizdir, ta’limotsiz mulohaza bо‘lmaydi” degan fikrlar Konfusiyning axloq haqidagi ta’limotida asosiy о‘rin olgan.
Konfusiy qarashlarida Li degan tushuncha alohida ahamiyat kasb etadi. Li – tartib, qoida degan ma’noni anglatadi. Li bо‘lmasa jamiyat ravnaq topmaydi, tartib-qoida har qanday jamiyat rivojining omilidir. Konfusiy Li tushunchasini hatto ilohiylashtirishgacha borib yetadi.
Qadimgi Xitoydagi yirik falsafiy maktblardan biri daosizm maktabi edi. Dao – qonun, yо‘l degan ma’noni bildiradi. Daosizm maktabining asoschisi Laotszi hisoblanadi (mil.avv. IV asrda yashagan). Daosizm g‘oyalariga kо‘ra, olam moddiy, moddiy dunyo dao qonuniyati asosida tо‘xtovsiz harakat va о‘zgarishda ekanligini qayd etdilar. Daoistlar moddiy dunyoni bilish mumkinligini, bilish sezgilardan boshlanib tafakkur bilan yakunlanishini kо‘rsatib berishga harakat qildilar. Ular bilishdan maqsad olamning mohiyatini, ya’ni daoni bilishdan iborat deb ta’kidladilar.
2. Turon zaminda yuzaga kelgan adabiy yodgorliklarda ham jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy ziddiyatlar aks etgan. Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha bu yerda zardushtiylik va u bilan bog‘liq bо‘lgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din bо‘lib qolmay, balki о‘sha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarning ifodasi sifatida kо‘rina boshlaydi.
Birinchi Prezident I.Karimovning «О‘zbek tom ma’noda bunyodkordir”, degan sо‘zlarida bunyodkorlik boqiy g‘oya sifatida о‘z ifodasini topgan. Bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolardan merosdir. Insoniyat tarixida odamlar ongiga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar urug‘ini sepgan zot, Zardusht yaratgan “Avesto” kitobidagi yuksak g‘oyalar buyuk vatandoshimiz Zardushtning о‘lmas mafkurasi edi.
Qariyb uch ming yil muqaddam – ma’rifat ziyosini jaholat bulutlari qoplab olgan davrda buyuk vatandoshimiz Zardusht yakkaxudolik va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qilishni boshlagan edi. Zardusht ta’limotida insonni ezgulikka da’vat etuvchi g‘oyalar markaziy о‘rinni egallaydi.
Ezgulik va yovuzlik kuchlari о‘rtasidagi g‘oyaviy kurash Avestoda ham bayon etilgan. Unda harbiy tо‘qnashuvlar, bosqinchilik, jonivorlarni azoblash, odamlarga adolatsizlik, xiyonat qilish g‘oyalari qoralanadi, osoyishta hayot kechirish, mehnat, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadigan g‘oyalar ulug‘lanadi. Zardushtiylikda yer, suv, havo, tabiat e’zozlanadi, bog‘-rog‘ yaratgan odam ilohiyat rahmatiga uchraydi. Zardushtning bunyodkor g‘oyalari odamlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat qilib, yurtini obod qilishga da’vat etadi.
Avestoda vatanparvarlik g‘oyasi ulug‘lanib, odamlarni barkamol bо‘lishga da’vat etilgan. “Menga barkamol va dinogoh, vatansevar va anjumanaro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan qutqaruvchi farzandlar bag‘ishla. Toki ular manzil, shahar, о‘lka va uning nom va ovozini kо‘tarsinlar”.1
Avestoda aks etgan “Ezgu niyat, ezgu sо‘z, ezgu amalni olqishlayman! Niyat, sо‘z va amallar ichidan men qabih andisha, qabih sо‘z va qabih amaldan yuz buraman”,1 degan hikmatli sо‘zlari bugun ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu о‘lmas g‘oyalar keyinchalik paydo bо‘lgan dinlar, jumladan, xristianlik va islom tomonidan ham qabul qilindi. Demak, bu kitob о‘z davrida shakllangan g‘oyalar tizimidan iborat bо‘lgan jamiyat mafkurasi edi.
zardushtiylikdan yangi oqim – moniychilik kelib chiqadi. Bu ta’limotning asoschisi Moniy degan kishi bо‘lib, u 216-217 yillarda Botlda tug‘ilgan, 276 yilda Jundishopur shahrida qatl etilgan.
Moniy ta’limoticha, olamda nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi – yovuzlik mavjud. Ular о‘rtasida abadiy kurash boradi. Pirovard natijada yaxshilik tantanaqilishi, inson о‘z xulqi va butun hayoti bilan yorug‘likning zulmat bilan kurashiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat qilishi kerak.
Moniy ta’limoti quldorlik davlatiga, shuningdek, hukmron dinga qarshi qaratilgani uchun uning tarafdorlari qattiq quvg‘inga duchor bо‘ldilar.
V asrning oxiri va VI asr boshlarida О‘rta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga qarshi Mazdak boshchiligida xalq qо‘zg‘oloni kо‘tarildi. Bu harakat ayovsiz ravishda bostirildi. Mazdakning о‘zi esa dahriylikda ayblandi. Lekin mazdakiylikni butunlay yо‘q qilib yuborish mumkin emas edi. Chunki, xalq unda о‘zining kо‘p asrlik orzu-umidlarining amalga oshish yо‘llarini kо‘rar edi.
Mazdakchilar mafkurasi jamoa yerlarini bosib olishga qaratilgan harakatni himoya qilishga qaratilgan edi.
Shunday qilib, Mazdak ta’limotida ijtimoiy zulmga qarshi muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. Mazdakchilar jamoaga asoslangan holda har bir kishi mulkka teng ega bо‘lishi kerak deb hisoblaydi.
Miloddan avvalgi II va I asrlarda Turon zaminda buddizm keng tarqalgan. Marv, Balx, Termiz, Sig‘noq, Quva, Koson, Samarqand, Buxoro kabi shahar va viloyatlarda ham buddachilik ta’limoti aqida va marosimlarini ishlab chiqishda, ularni boshqa Sharq mamlakatlarida targ‘ib etishda alohida о‘rin tutgan markazlar bо‘lgan.
Shunday qilib, miloddan ancha oldin Markaziy Osiyoda diniy, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarning dastlabki kurtaklari vujudga keldi. Bu ijtimoiy-falsafiy fikrlar diniy ruhda bо‘lsada, о‘sha davr kishilarining olam, koinot, jamiyat va inson ahloqi haqidagi qarashlarni о‘zida aks ettiradi.
Arab xalifaligi islom bayrog‘i ostida asta-sekin Arabiston chegarasidan chiqib, О‘rta Sharq tomon yurish boshlab, u yerdagi mamlakatlarni bosib ola boshladi. Bu jarayon islomni yoyish bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi. VIII asr oxiri – IX о‘rtalariga kelib arab xalifaligi Sharqda eng kuchli rivoj topgan saltanatga aylandi.
Tasavvuf va tasavvuf falsafasi Turkiston, Xuroson va Eron, О‘rta va Yaqin Sharq xalqlari diniy-falsafiy tafakkurining eng muhim va о‘ziga xos qismini tashkil etadi.
Markaziy Osiyo muzofotida birinchi vujudga kelgan tasavvuf oqimi Yassaviylikdir. Bu oqimga Ahmad Yassaviy (1105-1165) asos solgan. Yassaviy Yassi (Turkiston) shahrida ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Ibrohim Yassi Sayram shahrida uzoq yil shayxlik qilgan va kо‘p muridlarga ega bо‘lgan. Yassaviy ta’limoti uning turkiy tilida yozilgan “Devoni hikmat” asarida bayon etilgan. Uning ta’biricha, baxtsizlikka, chidamlilikka, og‘ir hayotga о‘rgangan odam haqiqiy sо‘fiy bо‘la oladi, xudo vasliga erishadi, bu dunyo bevafodir. Yassaviy g‘oyalari Markaziy Osiyoning turli shaharlarida targ‘ib qilindi.
Markaziy Osiyoda shakllangan eng yirik sо‘fiylik oqimlaridan yana biri kubroviyadir. Butun musulmon Sharqida eng keng tarqalgan yirik tasavvuf oqimi naqshbandiylik ham Markaziy Osiyoda shakllandi.
О‘rta asr ilm-fani rivojida nihoyatda muhim о‘rin tutgan qomusiy olimlar Xorazmiy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinolar nomi butun Sharq va Ovrupo о‘rta asrida nihoyatda hurmat bilan tilga olinadi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish