Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 0,97 Mb.
bet10/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

G‘oyalarning obyekti va subyekti. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, g‘oyani shakllantiradigan, yuqorida ta’kidlanganidek, uning vujudga kelishiga turtki beradigan obyektiv reallik – tashqi olam, dunyo va uning hodisalari, insoniyat, jamiyat hayotiga tegishli voqealar mavjud. Sо‘ngra esa, ana shu hodisa, voqea va jarayonlarni anglab oladigan, о‘z hayotini ularning qonuniy oqimiga moslaydigan va о‘zi ham ularga aks ta’sir etadigan odamzot ham mavjud. G‘oya ana shu ikki tomon, ya’ni tashqi reallik va odamzot orasidagi munosabat (ta’sir va aks ta’sir) natijasida shakllanadigan subyektiv hodisa, obyektiv reallikning subyektiv natijasi, inson ongida tashqi olam, dunyo va hayot hodisalarini aks etish shakllaridan biridir. G‘oya gnoseologiya nuqtai nazaridan baholanar ekan, qо‘yidagi ma’nolarni anglatadi:
- inson ongining tarkibiy qismi;
- tashqi olamning obrazli in’ikosi va aksi;
- insonning voqea va hodisalarni anglash shakli;
- inson ongining tashqi olam va hayot hodisalariga nisbatan aks ta’sirning namoyon bо‘lish shakllaridan biri.
G‘oyaning “fikr” va “mafkura”, “maqsad”, “ideal tushunchalar bilan aloqasi. “G‘oyalar” aslida fikr shaklida bо‘lib, о‘zining ijtimoiy zalvori bilan g‘oya darajasiga kо‘tarilishi mumkin, aks holda ju’ziy tasnifga ega bо‘lsa, fikr bо‘lib qolaveradi. Mafkura esa muayyan g‘oyalar tiziminiо‘zida ifoda etib, ularni amalga oshirish usul vositalarini anglatadi. Har qanday g‘oyalar muayyan xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, harakatga keltiradigan kuch bо‘lib, har qanday maqsad g‘oyalar vositasida namoyon bо‘ladi. Ideal, orzu-intilishning oliy maqsadi hisoblanib, bu ham g‘oyalarda о‘z ifodasini topadi.
Shu о‘rinda, ta’kidlash kerakki, falsafiy dunyoqarashning asosida ham falsafiy g‘oyalar, diniy dunyoqarash asosida esa diniy g‘oyalar yotishi yuqoridagi fikrlarimizga dalil bо‘la oladi.
2. ”Mafkura” kategoriyasi arabchadagi “mufakkur”, “mufakkiratun” sо‘zlardan olingan bо‘lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli degan ma’noni anglatadi. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar, lug‘atlarda bir qancha fikrlar berilgan. Mafkura tushunchasiga faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatdan bir xil.
Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar g‘oyalar majmuasidir – deb ta’rif beriladi. Demak, mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning, millat yoki davlatning jamiyat ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy rivojlanish tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalar tizimidir.
Har qanday nazariya va ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bо‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning asosini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi.
Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat hamda davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi. О‘z oldiga qо‘ygan maqsadi qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yо‘llar bilan erishmoqchi bо‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.1
“G‘oya” va “mafkura” tushunchalari bir-biriga yaqin bо‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish