Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


-mavzu. MILLIY G‘OYА, IJTIMOIY TARAQQIYOT VA MAFKURAVIY



Download 0,97 Mb.
bet21/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

3-mavzu. MILLIY G‘OYА, IJTIMOIY TARAQQIYOT VA MAFKURAVIY
JARAYONLARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Reja:

  1. Milliy g‘oya - xalqning tarixiy taraqqiyoti asosi.

  2. Milliy g‘oya va mafkurani rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy omillari.

  3. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‘lishi.

Kirish
Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlar milliy g‘oyalar shakllanishida о‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki milliy g‘oya xalqning tarixiy taraqqiyoti asosida shakllanadi va rivojlanadi. О‘z-o‘zini anglashning mahsuli bо‘lgan milliy g‘oya о‘z mohiyatida xalq manfaatlarini ifodalab, u о‘z rivojlanishida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy omillarga tayanadi. G‘oya va mafkuralar ijtimoiy taraqqiyotda muhim rol о‘ynaydi. Ayniqsa bu ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o‘zgarishida yaqqol namoyon bо‘ladi. Ilg‘or g‘oyalar tо‘planib qolgan ijtimoiy siyosiy muammolarni hal qilishda о‘zini ijobiy tomondan namoyon qiladi.
Fikrlar erkinligi va mafkuraviy plyuralizmga asoslangan O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalar takomillash, unda avlodlararo vorislik va yangilanishlar namoyon bo‘lmoqda.
Mazkur ma’ruza matnida yangi g‘oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni amalga oshirishning dolzarb vazifalari, istiqlolga asoslangan yangi g‘oyalar tizimini takomillashtirish, uning ma’naviy ta’sirchanligi va mafkuraviy samarasini oshirish usullari va yo‘llari tahlil qilinadi.
1.MILLIY G‘OYA - XALQNING TARIXIY TARAQQIYOTI
ASOSI
Insoniyat tarixidan ma’lumki, yer yuzida dastlabki odamzod paydo bо‘lib, uning urug‘, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi rо‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan. Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Chunki, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini о‘zida mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir davlat, xalq, inson va jamiyatning о‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi bо‘lgan. Chunki insonning, jamiyatning, xalqning о‘z oldiga qо‘ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‘oyasi va mafkurasi bо‘lmasa u muqarrar ravishda halokatga mahkum bо‘ladi.
G‘oya va mafkura inson va jamiyatning о‘z oldiga qо‘ygan aniq maqsadi bо‘lib busiz jamiyat о‘z yо‘lini yо‘qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi Birinchi Prezident I.A.Karimov, - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yо‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun О‘zbekiston xalqining rug‘ini, g‘urur-iftixorini, kerak bо‘lsa qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi о‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bо‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-millat qila bilsin, qо‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin»1.
Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bо‘lishi bilan belgilanadi. Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-muddoalarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani kо‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli ruhiy qudratga ega bо‘ladi. Shu sababli ham mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat ahli о‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirgan. Shuning uchun ham g‘oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir.
Milliy g‘oya xalqning ishonch va e’tiqodiga aylansa, u о‘zining kutilgan samarasini beradi. Mamlakatimiz rahbari «FIDOKOR» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida «mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning о‘z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bо‘lib kelgan» deb ta’kidlaydi. О‘zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan xalqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bо‘lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini kо‘ramiz. Darhaqiqat, eramizdan avval VI asrda - Eronlik ahmoniylar, IV asrda - Yunon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida - Xitoyliklar, VII asrlarda - arab baadaviylari, XII asrlarda - mо‘g‘il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, keyin «qizil imperiya» iskanjasida ezilib yashaganligiga kо‘hna tariximiz guvoh bо‘lgan.
Shulardan kelib chiqib fikr qiladigan bо‘lsak, tabiiy ravishda, nega xalqimiz bunchalik ezilib yashagan, sababi nima, degan savol tug‘iladi. Uning turli sabablari faylasuflar, tarixchilar, siyosatshunoslar tomonidan u yoki bu tarzda izohlangan. Lekin uzoq davom etgan bu milliy fojeaning asosiy sababi - millatning g‘oyaviy-mafkuraviy tarqoqligi, parokandaligidir. Zero, milliy tariximizda ozodlik, mustaqillik uchun kurashib yorqin iz qoldirgan: Shiroq, Tо‘maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maxmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g‘oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g‘oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e’tiqodiga tо‘la aylanmaganligi sababli mag‘lub bо‘lganlar. Mamalakat yovlar oyog‘i ostida payxon bо‘lgan, millat g‘ururi, sha’ni toptalgan.
1991 yil tarixiy voqea – О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bо‘lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bо‘lib qolgan, о‘zining milliy g‘oyasi negizlari bо‘lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va an’analaridan begonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qо‘llab-quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustaxkamlashning muqobili bо‘lmagan bir yо‘li - о‘zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi Milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish bilan bog‘liq edi. I.Karimov 1993 yil 6 may kuni Oliy Kengashning XII sessiyasida sо‘zlagan nutqida: «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu – milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Bizning eng ulug‘ maqsadimiz, eng ulug‘ g‘oyamiz, eng ulug‘ shiorimiz shuki, О‘zbekistonning bitta yо‘li bor: mustaqillikni mustaxkamlab, istiqlolni mustaxkamlab - olg‘a yurish. Mafkuramiz, tutgan yо‘limiz, bor g‘ayratimiz ana shu ulug‘vor niyatga yо‘naltirilishi kerak. Xalqimizni, barcha siyosiy kuchlarni, jamiyat tashkilotlarini yakdil, bir jon, bir tan qiladigan g‘oya ham aslida shu»1, degan edi.
Milliy g‘oya - muayyan hududda yashayotgan turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning, millat va elatlarning, xilma-xil diniy e’tiqodli kishilarning manfaatlariga mosligida, ularning dunyoviylik va ilohiylik xususiyatlari mutlaqo shartli hamda nisbiydir. Aniqroq qilib aytganda, milliy g‘oya xalqning ishonchi va e’tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan, milliy g‘oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e’tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat’iy nazar, ularning manfaatlarini integratsiyalashtiruvchi hamda universallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili hisoblanadi.
Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma’naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi g‘oyaviybarkamollik uchun oziq bо‘lmoqda, Lekin, shuni ham aytish kerakki, bizning tariximizga mahliyo bо‘lib, kelajakni unitishga haqqimiz yо‘q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiqarish milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish uchun zarur. Shuning uchun ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi о‘z о‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yо‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka о‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»1 deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz - poydevordir.
Har qanday jamiyat о‘ziga xos rivojlanish yо‘lini tanlar ekan, oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qо‘yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi.
Inson hech qachon tashqi dunyodan, о‘zini qurshab olgan olamdagi о‘zgarishlar, rо‘y berayotgan hodisalar, voqea jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda, ularning ta’sirisiz yashay olmaydi. Xalqlar, millatlar, ijtimoiy - siyosiy kuchlar faoliyatida sodir bо‘lgan turli mazmundagi hodisa va jarayonlar, ayniqsa g‘oyaviy hamda mafkuraviy omillar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta’sir etadi.
Binobarin, g‘oya muayyan millat va xalqning maqsad- muddoalari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillasha boradi. Milliy istiqlol g‘oyasi ham millat manfaatlarini, xalqning orzu-istaklarini о‘zida mujassamlashtiradi. U о‘zining hayotbaxsh g‘oyalari, buyuk maqsadlari bilan о‘z kuch g‘ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini buyuk g‘oyalar yо‘lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Tarixdan ma’lum bо‘lgan mustabid tuzumlarni siyosiy tahlil etish, ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyani amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Avvalo, mustabidchilik mafkuralari о‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini tо‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini о‘rnatishga intildilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin о‘tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yо‘l bilan yoppasiga qayta tuzish zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar. о‘zlarigacha bо‘lgan milliy madaniy meros va qadriyatlarning barchasini yoxud kо‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat о‘z tamoyillari bilan alishtiradilar.
Lekin, tarixiy haqiqat shundan iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozalari va ularning loyihalari asosida yaratilgan, demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrar. Shu sababli yakkahokimlikka intilgan, mutloq haqiqatni da’vo qiladigan mafkuraning istiqboli yо‘q. Chunki, u yakkahokimlik о‘rnatish barobarida о‘zini boyitib boradigan manba - fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligidan uzilib qoladi. Muayyan guruh yoki partiya g‘oyalari hukmron mafkuraga aylansa, hurfikrlik, vijdon erkinligi va qarashlar xilma-xilligi cheklanadi. Mutloq haqiqatga egalik da’vosi, mustabidlik tamoyillarini kuchaytiradi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish