Tо‘rtinchidan, bu mafkura hech kimga vijdon erkinligi, о‘z fikrini ochiq bayon etish, jumladan, xorij fuqarolari bilan xolisona muloqotda bо‘lishga yо‘l qо‘yilmas edi. Bordiyu, kimdir shunga jur’at etsa, “xalq dushmani», “burjuaziya malayi” degan tamg‘a bosishga muvofiq kо‘rilar edi.
Beshinchidan, u milliylikdan butunlay xoli edi. Unda mavhum baynalminallik zо‘r berib kuylanardi. Kimki milliy qadriyatlar tо‘g‘risida gap ochsa, darhol “millatchi”ga chiqarib qо‘yilar edi. Milliy tafakkurga ega bо‘lgan shaxs, mutaxassis, ziyoli, olim va boshqalar “qoloq”, “shubhali kishi” hisoblanardi.
Oltinchidan, unda milliy tarix, xususan, О‘zbekiston tarixi, uning о‘tmish merosi mutlaqo tan olinmas edi. Nari borsa, ular kо‘pincha umumiy tarzda qayd etilardi, xolos.
Yettinchidan, xalqlarning diniga, diniy merosiga, diniy qadriyatlariga nisbatan mutlaqo notо‘g‘ri munosabat о‘rnatilgan edi. Jumladan, ulug‘ siymolar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamahshariy, Imom Moturidiy, Sо‘fi Olloyor kabi allomalarning boy diniy merosini о‘rganish, ulardan foydalanish ta’qiqlangan edi.
Shunday qilib, davlat mustaqilligiga erishishimizga qadar mavjud bо‘lgan kommunistik mafkura О‘zbekiston taraqqiyoti ehtiyojidan kelib chiqqani yо‘q, uni bizga bolshevizm chetdan olib kelgan edi. Marksizm-leninizm ta’limotiga asoslangan kommunistik mafkura asoratidan barcha millatlar qatori о‘zbek millati ham katta jabr kо‘rdi. U bizni mulkdan, hokimiyatdan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy mustaqillik va erkdan, milliy urf-odatlarimizdan, an’analarimiz va qadriyatlarimizdan, ona tilimizdan butunlay mahrum qilmoqchi bо‘ldi.
Mafkuraviy hukmronlik davrlarida О‘zbekiston markazga xom ashyo yetkazib beruvchi qaram respublikaga aylantirildi. Yuqoridan ta’kidlangani kabi, kommunistik mafkura millatlar erkinligi, inson huquqlari, hurfikrlikni bо‘g‘ib tashladi. Baynalminalchilikni о‘ziga shior qilib olgan kommunistik mafkura alohida bir millatning – “ulug‘ rus” xalqining tili, tarixi, madaniyatini targ‘ib-tashviq qildi. “Katta og‘a» manfaatlarini hukmron siyosatga aylantirdi. Kommunistik mafkura totalitar tuzum uchun, markaziy hokimiyat uchun xizmat qilgan mafkura edi.
Shuning uchun ham odamlarning unga bо‘lgan ishonch va e’tiqodi ancha sо‘nib ketgan edi. Marksizm-leninizm ta’limotini yagona ilmiy mafkura deb izohlash, unga e’tiqod qilishni odamlardan zо‘rlab talab etish о‘zining hech qanday samarasini bermadi.
Tarix hukmiga binoan, kо‘plab xalqlar va millatlarni yagona tuzumga majburlab bо‘ysindirib, ularni kishanga solib, tazyiq va zо‘ravonlik ostida ushlab turgan SHо‘ro hokimiyati parchalanib, yemirilib ketgandan keyin uning uchun 70 yildan kо‘proq vaqt davomida xizmat qilib kelgan kommunistik mafkura ham yо‘q bо‘ldi.
Bularning barchasi bolshevistik-kommunistik mafkuraning taraqqiyot talablariga zid ekanini yaqqol namoyon etdi. Shu bois u yangi zamonaviy talablarga dosh berolmay, о‘z davlati bilan birga tarixga aylandi.
Mustaqillik tufayli о‘z tarixiy taraqqiyotining tamomila yangi bosqichiga qadam qо‘ygan О‘zbekiston Respublikasi oldida hozirgi paytda hal etilishi zarur bо‘lgan muhim, о‘ta jiddiy masala turibdi. Bu – milliy istiqlol, milliy tiklanish mafkurasini yaratish va hayotga tatbiq etish haqidagi masaladir.
Darhaqiqat, О‘zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlashni, yangi jamiyat qurishni amalga oshirishni, ulkan mas’uliyatli vazifalarni bajarishda ommani safarbar etishni mafkurasiz tasavvur etish mumkin emas. Mafkura ommani, xalqni yangi jamiyat qurishga yо‘naltiradi va uyushtiradi.
Xulosa
Ushbu ma’ruza matnida g‘oyalarning namoyon bо‘lish shakllari,genezisi va takomil bosqichlari haqida fikr yuritilib, ғ‘oyaning “fikr” va “mafkura”, “maqsad”, “ideal tushunchalar bilan aloqasi. “G‘oyalar” aslida fikr shaklida bо‘lib, о‘zining ijtimoiy zalvori bilan g‘oya darajasiga kо‘tarilishi mumkin, aks holda ju’ziy tasnifga ega bо‘lsa, fikr bо‘lib qolaveradi. Mafkura esa muayyan g‘oyalar tizimini о‘zida ifoda etib, ularni amalga oshirish usul vositalarini anglatadi. Har qanday g‘oyalar muayyan xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, harakatga keltiradigan kuch bо‘lib, har qanday maqsad g‘oyalar vositasida namoyon bо‘ladi. Ideal, orzu-intilishning oliy maqsadi hisoblanib, bu ham g‘oyalarda о‘z ifodasini topиши, Qadimgi Sharq madaniyati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan о‘rni beqiyosdir. Qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy madaniyati о‘z salohiyati bilan g‘arb madaniyatining shakllanishiga о‘zining sezilarli ta’sirini о‘tkazganligi ilmiy jihatdan isbotlanganligi. Qadimgi Eron Turon zamida g‘oyalar genizisi, Sharq о‘yg‘onish davri mutafakkirlarini g‘oyalarning takomil bosqichlariga qо‘shgan hissalari, G‘arbda g‘oyalarning rivojlanish dinamikasi tarixiylik va obyektivlik tamoyiliga tayangan holda bayon qilingan.
Ma’ruza matnida mafkuraviy gegemonizm,ya’ni mafkura yakkahokimliginig oqibatlari, sobiq Ittifoq mafkurasi misoli yordamida tahlil qilingan va bugungi kunda jahonda mafkuraviy kurashning maqsadlari haqida batafsil ilmiy xulosalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |