4-MAVZU: G‘OYAVIY TAHDIDLARNING YO‘NALISHLARI
REJA :
Kirish
1. XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy sabablari.
2. G‘oyaviy va mafkuraviy tahdid shakllari va yunalishlari.
3. Jahon ma’naviy inqirozining mafkuraviy jarayonlariga ta’siri.
Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish
Har bir kishi o‘zi yashayotgan jamiyat yoki davlatning tarixiy maqsadini ifoda etadigan bosh g‘oyalarni bilishi, aniq tasavvur etishi kerak. Shunda bu maqsadlar ifodasi bo‘lgan g‘oyalar uning ongi va qalbidan joy oladi, asta – sekin ishonch, e’tiqodga aylanadi. Ishonchsiz e’tiqodsiz inson o‘z yo‘lini, maqsad va manfaatlarini chuqur anglab yetmaydi. E’tiqod mustahkam bo‘lsa, inson g‘oya ezgu maqsad yo‘lidan cheklanimay odillaydi. Milliy g‘oya odamlarning o‘zaro hamjihatligiuchun asos bo‘ladi, kuchli ma’naviy ruhiy omilga aylanib, taraqqiyotga xizmat qiladi. Prizdentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “jamiyatmiz mafkurasi, odamlar o‘ratsidagi o‘zaro munosabatlarining ma’no - mazmunini belgilab beradi”.
Ushbu mavzumizga ham g‘oyaviy tahdidlar ularning yo‘nalishlari haqida fikr mulohaza yuritamiz.
XXI asr bo‘sag‘asiga kelib, dunyoning siyosiy manzarasi tubadn o‘zgardi, ikki qutbli dunyo barham topdi, nisbiy muvozanat buzildi. Dunyodagi ikki qutbning sobiq sotsiolistik lagir tarqalib ketdi. Uning eng katta va totalitar hukmron bo‘lgan asosiy davlati – sobiq ittifoq o‘tmishga aylandi. Bu davlatning mustaqil davlatlar o‘rniga mustaqil davlatlar yuzaga keldi. Mustabid mafkura g‘oyalaridan xalos bo‘lgan xalqlar o‘z milliy davlatchilik an’analarini tikladi.
Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustuvordir. Bu tamoillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar bashoratining asriy orzusi bo‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi.
Lekin, ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviv manzarasida turli vositalar orqali o‘z tasir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajavvuskor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy ekstirimizm kabi siyosiy kuchlar va oqimlar ham bor. Bunday g‘ayriinsoniy, buzg‘unchi g‘oyalar xalqlar boshiga kulfatlar keltirib, insonning tinchligi, osoyishtaligini buzib, odamlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltirib, insoniyatning osoyishtaligini buzib odamlar boshiga turli kulfatlar yog‘dirmoqda. Bugungi kunda nafaqat inson ongini,balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadir. Shuning uchun ham yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalarni sinash maydoniga , mafkuraviy poligoniga aylantirmoqda.
Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamiga berilayotgan bilimlar obyektiv,voqeylikni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirishi jamiyat taraqiyotiga Vatan va xalq manfaatlariga, qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim.
Hozirgi davrdagi g‘oyaviy qarama – qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlar yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir.
Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muommolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terorizm kabi muommolar shular jumlasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv va intensivlashuvi, universal texnologiyar bilan bog‘liq umumbashariy jarayonlar ham bormoqda. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon ekanligi aniq. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zlashtirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son sanoqsiz urushlar bo‘lgani ma’lum. Mazkur urushlar to XX asrda asosan ko‘proq bir davlat ichida , ikki davlat o‘rtasida yoki nari borsa bir mintaqa doirasida bo‘lishini mumkin edi. XX sasrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etkanini eslasak,bunday xulosa muayyan darajada o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish uyoqda tursin, balki butun yer sayyorasidagi hayotini bir necha marta buzib tashlashga yetadi. Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqalarida turli siyosiy iqtisodiy harbiy va ekologiyaga oid muommolar tuplanib kelgan. Bu joydagi yalpi hafsizlikka mintaqaviy milliy mahalliy mojarolar, diniy ekstrezm tahdid solmoqda. Bunday qarama – qarshiliklarda chetdagi ayrim yirik mamlakatlarning o‘z manfaatlarini saqlab qolishi, kuchlar muvozanatini o‘z foydalariga o‘zgartirishi uchun olib borilayotgan harakatlari ham o‘zo‘rniga ega.
Tahdid tug‘diruvchi sabablardan yana biri mintaqa o‘zining jug‘rofiy – siyosiy holati jihatdan kollektiv xafsizlik tizimi izchilyo‘lga qo‘yilmagan hududda joylashmaganligi bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda.
1. XXI ASRDA MAFKURAVIY MUNOSABATLAR KESKINLASHUVINING IJTIMOIY, IQTISODIY, SIYOSIY SABABLARI
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q, deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmay turib unga moslashish, kerak bo‘lganda, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan baravar bo‘ladi.
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tadqiqotlarga ko‘z yugurtirish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma’naviyatga ham ta’sir o‘tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma’naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo‘lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko‘mak berishlarini e’tirof etishga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko‘proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo‘nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to‘g‘ri yo‘l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin. Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviy globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Lekin uning xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgani bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. Unda globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi:
globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
•globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni.
B.Bandi ta’rifida keltirilgan globallashuv o‘lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko‘ramiz.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasini bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab, ayni paytda «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash muhim.
Hozirgi zamon globallashuvining jarayoni o‘ta murakkab jarayon. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazayotgan ta’siri yana ham murakkab bo‘lgani sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga nisbatan raqobatda bo‘lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.
Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo‘lib ular orasida ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib turadilar.
XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o‘zi ham keskin tezlashdi va shiddatli tus oldi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlarining vujudga kelgani misolida ham ko‘rish mumkin.
Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchaydi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, umuman uning o‘ziga ham qarshi chiqa boshladilar. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A. Zinovyev «Aksilglobalizm vektorlari» nomli anjumanda so‘zlagan nutqida shunday deydi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘lini ko‘rmayapman. Faqat qarshilik!» - degan edi.
«Aksilglobalizm vektorlari» anjumanidagi yana bir ma’ruzachi A. Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: «Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o‘zlashtirishdan iborat».
Albatta bu fikrga turlicha munosabat bildirilishi mumkin. «Globallashuv»ni faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi turish ijtimoiy hayotdagi turli xil tabiiy, ijtimoiy bog‘liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayoni «mafkuralashishdan», uning maqsadlaridan xoli bo‘lishi kerak.
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o‘zining aksini yetarli darajada topishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |