Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 0,97 Mb.
bet4/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

2. MAFKURA TUSHUNCHASINING MAZMUNI
VA SHAKLLARI
Mafkura tushunchasi. Xar qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar majmuidan iborat bo‘ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g‘oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari xam g‘oyalarda ifoda etiladi.
O‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, haqidagi g‘oyalar tizimi xar bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi xar xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha bo‘lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun’iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o‘ta siyosiylashadi, aholini o‘zaro qarama-qarshi qilib qo‘yadi.
Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko‘zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo‘lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi.
O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo‘lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida xar bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar etadi.
Birinchi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalh, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman». Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq-ravshan charog‘on etadigan mayoqdir.
Insoniyat tarixi mobaynida turli shakldagi juda ko‘plab mafkuralar yaratilgan, behisob ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z g‘oyalari va ta’limotlari bilan maydonga chiqqan, maqsad va niyatlariga yetishmoq uchun harakat qilgan. Biz har qanday mafkurani g‘oyalar tizimi sifatida talqin qilar ekanmiz, shuni unutmaslik kerakki, biror bir mafkuraning mohiyatini anglab yetish uchun faqat uning tarkibidagi g‘oyalarni tahlil qilishning o‘zi yetarli emas. O‘tmishda turli kuchlar va guruhlar o‘z g‘arazli niyatlariga erishish, asl maqsadlarini yashirish uchun yuksak va jozibali g‘oyalardan foydalangan. Eng yovuz bosqinchi va eng razil guruxlar ham o‘z kirdikorlarini ezgu g‘oyalar bilan niqoblashga uringan.
Demak, mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g‘oyalari vositasida emas, shu g‘oyalarga erishish usullari va vositalari, umume’tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon buladi. O‘zining mudhish talab-ehtiyojlari va yovuz niyatlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni ko‘zlab harakat etuvchi mafkuralar halokatga mahkumdir.
Mafkuralar, ma’no-mohiyatiga ko‘ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuhlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi.
Mafkuraning falsafiy ildizlari xahida fikr yuritganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga o‘arbdagi Uyғonish davrini xamda urta asrlarda uz milliy davlatchiligini tiklay boshlagan Yevropa xalhlarining xar biri uziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalanganidan keyin uz davlatchiligiga ega bulgan xalhlarning uziga xos hadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalari asosida shakllandi. Shu bois usha davrdagi italyan, ingliz, fransuz falsafasi uzi mansub bulgan jamiyatni birlashtirishga xizmat hildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar, ma’rifiy harashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmohli xissa bulib hushildi Kant, Gegel, Feyyerbax kabi mutafakkirlar nomi bilan shuxrat topgan nemis falsafasi xususida xam shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, xahihiy milliy xususiyatlarga ega bulgan Gegel falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustahillik yulini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga kutarilgan edi.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, ihtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida boshichma-boshich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va honun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo baғrikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning xah-xuhuhlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi xam honun yuli bilan kafolatlanadi. Ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik – daxriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat xayotida tutgan urni va axamiyatini aslo inkor etmaydi.
Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruxiyati bilan uzviy boғlih ekani va shu bois uning ғoyaviy ildizlari diniy ta’limotlarga borib tahalishi tushuniladi. YA’ni, kupgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «£ur’on» kabi iloxiy kitoblarda zikr etilgan ezgu ғoyalar muayyan darajada uz ifodasini topganini kuramiz.
Xitoy xalhining tarahhiyot yulini asoslab bergan gon-fu-siy va Lao-szining ta’limotlari xam diniy harashlarga asoslangan edi. Bu ta’limotlar asrlar mobaynida Xitoy xalhining milliy mafkurasi bulib kelgan.
Dunyoviy va diniy ғoyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda tarahhiyot yuksak boshichga kutariladi. Bunga bashariyat tarixida uchmas iz holdirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayxon Beruniy, Imom o‘azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat soxiblari yonma-yon yashab faoliyat kursatgan davr yorhin misol bula oladi.
Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi deb tan olingan pragmatizm, xayot falsafasi bulgan ekzistensializm kabi dunyoviy va diniy ғoyalardan ozihlangan ta’limotlar misolida xam kuzga tashlanmohda.
Ilmiy kashfiyotlar xam mafkura rivojiga katta ta’sir utkazadi. Zamonaviy fan yutuhlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika soxasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini anihlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin uzgartirmohda.
Ayni vahtda yuksak ilmiy-texnikaviy tarahhiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson ahl-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bulsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, Chernobil fojialari, ommaviy hirғin hurollari, ekologik xalokatlar, ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni xam keltirib chiharmohda.
Shunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuhlardan ohilona foydalanish uchun xam jamiyatga soғlom ғoya, soғlom mafkura kerak.
o‘oya va mafkuralarning shakllari. Insoniyat tarixi turli ғoyalarning ezgulik va yovuzlik, ozodlik va istibdod, ma’rifat va jaxolatga xizmat hilgan mafkuralar shaklida namoyon bulganidan dalolat beradi. o‘oya mafkuraga asos buladi, mafkura esa muayyan ғoyani amalga oshirishga xizmat hiladi.
£adimgi sivilizatsiyalar tarixidan ma’lumki, usha davrlarda odamlarning dunyoharashi, habila va elatlarning mafkurasi afsona va rivoyatlar vositasida ifoda etilgan mifologik harashlar sifatida mavjud bulgan. Jumladan, totemizm, animizm, fetishizm kabi ibtidoiy dinlar jonning abadiyligi, tabiatdagi narsa va xodisalarning iloxiy huvvatga ega ekani tuғrisidagi xilma-xil ғoya va harashlarga asoslangan. Bu to’g’rida «Dinshunoslik» fanida kengroh ma’lumotlar berilgan.
Taraqqiyotning keyingi boshichlarida milliy asosdagi xinduizm, iudaizm, konfutsiylik singari diniy mafkuralar shakllangan. Yaponlar esa uzlarining milliy dini – sintoizmni yaratgan. Ularda diniy tamoyillar bilan birga muayyan millatning uziga xosligi, hadriyatlari, mentaliteti uz aksini topganligi yahhol kuzga tashlanadi. Bu dinlar millat tarixining u yoki bu davrida davlat dini va mafkurasi darajasiga kutarilgan. Masalan, konfutsiylik bir necha yuz yillar davomida Xitoyda ana shunday mavhega ega bulgan.
Tarahhiyot jarayonida falsafiy g‘oyalar xam muayyan tizim shaklini olgan. Masalan, olamning vujudga kelishi, mavjudlik honuniyatlari, uning asosini nima tashkil etishi kabi masalalarni hadimgi odamlar xilma-xil xal hilganlar. Ularni falsafiy talhin etish natijasida monizm va dualizm kabi, idealizm va materializm singari ohimlar vujudga kelgan. Ularning xar biri uz ma’no mazmuniga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Xususan, monizm – olamning asosini bitta moxiyat tashkil etadi deb ta’lim beruvchi yunalish bulsa, dualizm – olamning ibtidosi xam ruxiy-iloxiy, xam moddiy asosga ega ekanini e’tirof etuvchi ohimdir.
Olam va odamning yaralishi, borlihning yashashi va rivojlanish honuniyatlari, borlih xamda yuhlik masalalarida ruxiy va iloxiylik tamoyillarini ustuvor deb bilish, mutlahlashtirish idealizmning asosini tashkil hiladi.
Undan farh hiladigan materializm aynan ana shu masalalarda modda (materiya) va uning xossalarini ustuvor deb bilish, mutlahlashtirish asosida shakllangan.
Muayyan tarixiy davrlarda ba’zi mafkuralar davlat ideologiyasi darajasiga kutarilgan. Zamonlar utishi bilan ularning ayrimlari uz mavheini yuhotgan, lekin millat ma’naviyatining tarkibiy hismi sifatida sahlanib holgan. Xalh ulardan huvvat olgan, ma’naviy ozihlangan, ular orhali uz hadriyatlarini sahlagan.
Shu bilan birga bir-biridan farh hiladigan mafkuralar urtasidagi baxs-munozara xamda ularni murosaga keltirishga intiluvchi g‘oyalar mavjudligi xam hadim zamonlardan buyon davom etib kelmohda. Xuddi shunday bir-biridan farh hiladigan, ya’ni xudo va iloxiy hadriyatlarni tamomila rad etuvchi ateizm va aynan shu xahihatlarni mutlahlashtiruvchi teizm urtasidagi baxs-munozara xam uzoh tarixga ega. Bu baxs – munozara xozir xam davom etmohda.
XIX asrning 30-yillarida Fransiyada imperator Napoleon shaxsiga sig‘inish va faranglarni ulug‘lash bilan bog‘lih shovinizm g‘oyalari keng yoyildi Keyinchalik u bir xukmron millatni boshha xalhlardan ustun huyadigan, yoki boshha biror ijtimoiy subyektni mutlahlashtiradigan mafkuraviy ahidaga aylanib ketdi. Bugungi kunda «Buyuk millatchilik shovinizmi», «Buyuk davlatchilik shovinizmi», «Irhiy shovinizm» kabi iboralar uchrab turadi.
Insoniyat tarixida uz talab-extiyojlarini boshha xalhlar xisobiga hondirish istagi talonchilik va boshinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatchilik, fashizm va ekstremizm g‘oyalarini yuzaga keltirgan. Bunday g‘oyalar xalhlar boshiga kup kulfat va musibatlar solgan.
Jaxon tajribasi shundan dalolat beradiki, ba’zan buzg‘unchi mafkura uzining soxta jozibasi, aldov makri bilan omma ongini zaxarlab, jamiyatda xukmron mavheini egallab olishi mumkin. Masalan, XX asrning 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g‘alaba hozonishi nafahat italyan va nemis xalhining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani tarixning achchih sabohlaridan biridir. Xolbuki bu g‘oyalar mazkur davlatlarda asr boshidanoh namoyon bula boshlagan edi. Masalan, Italiyada 1910 yildan «Milliy g‘oya» nomli jurnal chiha boshlagan, unda kuproh agressiv millatchilik targ‘ib hilinar edi. Afsuski, uz davrida bunga kam e’tibor berildi va u oxir ohibat xukmron g‘oyaga aylandi. Ana shu sababdan xam bugungi kunda butun dunyodagi tarahhiyparvar gumanistik kuchlar bunday fojiali va noxush xolatlar takrorlanmasligi uchun xamjixatlik bilan kurash olib borishi ijtimoiy zarurat bulib holdi.
Fashizm misoli g‘oya va mafkura insonparvarlik va tarahhiyot tamoyillarini, xalh tahdiridagi yuksalish zaruratini, umuminsoniy hadriyatlarni uzida aks ettirmasa, aksincha, bu intilishlarni rad etsa, moxiyatiga kura ularga zid bulsa, u jamiyat tanazzuliga sabab bulishini yahhol kursatadi.
¤z tarixini, asosan XIX asrdan boshlagan ana shunday mafkuralardan biri – sinfiy antogonizm g‘oyalarni mutlohlashtirgan va xokimiyatni hurol kuchi bilan egallab olgan sobih kommunistik tuzum mafkurasi edi. Sinfiy kurash g‘oyasi asosiga hurilgan va millionlab kishilar tahdirida mash’um iz holdirgan bu mafkura jamiyatni bir-biriga zid taraflarga ajratib yubordi. Sinfiy kurash chizig‘i nafahat ijtimoiy gurux va hatlamlar orhali, xatto oilalar va insonlar ruxiyati orhali xam utkazildi. Ohibatda «grajdanlar urushi»ga nazariy poydevor huyildi. Inson tabiatiga, uning moxiyati va ruxiyatiga zid bulgan birodarkushlik xolati yaratildi. O’g‘il otaga, uka akaga, dust uz birodariga hul kutarishi yohlab chihildi, rag‘batlantirildi. Bular mardlik va sinfiy onglilik namunasi deb talhin etildi. Natijada milliy hadriyatlar toptaldi, millionlab kishilar xalok buldi, butun – butun xalhlar uz vatanidan badarg‘a hilindi.
Zo’rlik asosiga hurilgan va ziddiyatli tizimga asos bulgan bu mafkura dunyoning oltidan bir hismini egallagan ulkan saltanat va sotsialistik lager xududida yetmish yil xukm surdi. Oxir-ohibat uzining g‘ayriinsoniy va g‘ayrimilliy moxiyati, mustabid tabiati tufayli tanazzulga yuz tutdi. ¤zi tayangan davlatni xam uzi bilan birga olib ketdi.
Yovuz g‘oya va unga asoslangan mafkuralarning eng kup tarhalgan shakllaridan biri diniy ahidaparastlikdir. Bunday g‘oyalar muayyan davrlarda o‘arbda xam, Sharhda xam xukmronlik hilgan, odamlarga kupdan-kup haboxatlar keltirgan. Afsuski, bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga hadam huyayotgan xozirgi davrda xam dunyodagi tinchlik va tarahhiyotga taxdid solmohda, muayyan xududlarni egallab olmohda. Afsuski, bu g‘oyalar ortidan ergashadiganlar xozir xam bor. Ular bunday g‘oyalarga asoslanib tinch axoliga harshi terrorchilik, euravonlik kabi jinoyatlarni amalga oshiradilar, uz niyatlarini habix xarakatlar orhali namoyon hildilar Keyingi 15 yilda ahidaparastlar terrori natijasida 140 ming kishi xalok bulgan Jazoir yoki 20 yildan ortihroh urush borayotgan Afg‘oniston bunga yahhol misol bula oladi.
Xullas, ahidaparastlik, handay shaklda bulmasin, xamma zamonlarda xam jamiyat uchun birdek xatarli bulib, odamlar boshiga kuplab kulfatlar keltiradi. Xozirgi davrda xam xamma narsani inkor etishga, xech handay ijtimoiy meyor va honun-hoidalarni tan olmaslikka da’vat etuvchi nigilizm, yoki kup xollarda vatansizlikni mutlahlashtiradigan kosmopolitizm kabi mafkuralar turli kurinishlarda namoyon bulmohda.
G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini, mazmun-moxiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik urtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi. YA’ni boshinchilik, boshhalar xisobidan boyish, tajovuzkorlik, ahidaparastlik mafkuralariga harama-harshi ularoh, ozodlik, mustahillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chihib, xalhlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan.
G‘oya va mafkuraning inson va jamiyat xayotidagi axamiyati. o‘oyaning inson xayotidagi urni va axamiyati juda muxim falsafiy masaladir. Inson uzi g‘oyalarni yaratadi, ulardan kuch-huvvat oladi. ¤zi yaratgan g‘oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e’tihodini egallab, uning soxibiga aylanadi. Yuksak g‘oyalar odamlarni olijanob mahsadlar sari yetaklaydi. o‘oyasi yetuk, e’tihodi butun, hadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini kursata oladi.
Xar bir xalhning tarixi shu xalhdan yetishib chihhan buyuk siymolar, mard haxramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalhimizning Shiroh va Tumaris, Spitamen va Muhanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo kabi mard farzandlari – buyuk g‘oya soxiblaridir.
Ming yillar utsa xam, buyuk ajdodlarimizning matonati va haxramonligi xalhning xotirasidan uchmaydi. Chunki ular yuksak g‘oyalar – Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilmu urfon rivoji yulida jon fido hilganlar. Axmad Yassaviy 60 yildan ziyod umrini yer ostida utkazganida xam, Najmiddin gubro mug‘ul boshinchilariga harshi jang hilganda xam ulug‘vor g‘oyalar ularga sabr-bardosh va matonat ato etgan. Jordano Bruno jismu jonini egallagan buyuk g‘oya tufayli gulxan alangasida xam uz e’tihodidan haytmagan, Nasimiy, tovonidan suysalar xam, ishhi iloxiy deb jon bergan.
Jaxon tarixidan, jumladan xalhimizning utmishidan xam, haysi soxada bulmasin, mardlik va jasorat kursatish uchun insonga albatta ulug‘vor g‘oya kerak ekaniga kuplab misollar topiladi.
Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo buladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bulgani, jamiyatning tarahhiyot yulidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy xahihatga aylanadi.
Jaxon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo tarahhiyotiga ulkan ta’sir kursatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan ahl-zakovat, iste’dod va teran tafakkur soxiblari mislsiz zaxmat chekkanini kuramiz. Suhrot va Platon, gonfutsiy va Zardusht, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yahhol tasdig‘idir.
Ularning xar biri uz davrida uzi mansub xalhni birlashtiradigan ulkan axamiyatga molik g‘oyalarni yaratganlar. Bu g‘oyalarga tayanib bunyodkorlik yulida, ezgu mahsadlarga erishish uchun xormay-tolmay mexnat hilganlar. Bu borada insoniyatga «¤zini anglamoh buyuk saodat» ekanligini anglatgan Suhrot xam, «xalhni yakhalam hildim», deya honihish xissini tuygan Navoiy xam, Xindiston va Pokiston ozodligi yuliga umrini baxshida aylagan Maxatma Gandi xam bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bulgan ulug‘ insonlardir.
Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch – bunyodkorlik va buzg‘unchilik g‘oyalari xamisha uzaro kurashadi. Bunyodkor g‘oya insonni ulug‘laydi, uning ruxiga hanot bag‘ishlaydi. Soxibhiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod hilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g‘oyalar asos bulgan.
Buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar esa xalhlar boshiga sungsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yahin tarixdan kuplab misollar keltirish mumkin. ¤rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bulgan o‘ayriinsoniy g‘oyalar shular jumlasidandir.
Toki dunyoda tarahhiyotga intilish, bunyodkorlik xissi bor ekan, jamiyatda ilg‘or g‘oyalar tug‘ilaveradi. Buzg‘unchi g‘oyalarning vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab buladi. Shunday ekan, ularga harshi kurashga tayyor turish, ya’ni doimo xushyor va ogox bulib yashamoh xayotning asosiy zarurati bulib holaveradi.
Milliy g‘oya va mafkura uzida gumanizm talablarini, xalhning iroda va intilishlarini aks ettirgan tahdirda jamiyatni birlashtirib, uning saloxiyat va imkoniyatlarni tula yuzaga chiharishda behiyos omil buladi.
Masalan, XX asrda dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha tarahhiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «fuharolik burchi», «yapon ruxi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadohat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalar ushbu mamlakatning bugungi kunda erishgan yuksak natijalarga poydevor buldi.
o‘oyaviy zaiflik va mafkuraviy beharorlik esa millatning birdamligi, davlatning hudratiga putur yetkazadi, uning tarahhiyotini orhaga surib yuboradi. Masalan, Chingizxon boshini, chor istilosi davrlarida ayrim xukmdorlarning xalhni birlashtirib kurashga safarbar etmagani ulkamizning haramlik changaliga tushib holishiga sabab bulgan.
Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil g‘oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g‘oyalar u yoki bu kuchlarga xizmat hilishi, uziga ishongan kishilarni handay mahsadlar tomon yetaklashiga harab bir-biridan farhlanadi. Ezgu mahsadlarga xizmat hiladigan mafkuralarga bunyodkor g‘oyalar asos bulsa, vayronkor g‘oyalarga tayangan mafkuralar xalhlar va davlatlarni tanazzulga yetaklaydi, odamlar uchun son-sanohsiz kulfatlar keltiradi. Bu esa, uz navbatida, g‘oyaviy jarayonlar tarixini urganish, ular zamiridagi mazmun-moxiyatni bilib olishni zaruriyatga aylantiradi.
G‘oya, g‘oyalarning shakllari: diniy, badiiy, ilmiy, falsafiy g‘oyalar, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, milliy g‘oya. Mafkura, mafkuraning tarixiy shakllari, monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizm, shovinizm, fashizm, bolshevizm, ahidaparastlik.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish