Qarori voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Voyaga yetmagan shaxsni “Mehribonlik” uyiga yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim



Download 419,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana21.02.2022
Hajmi419,3 Kb.
#461664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
490 03.08.2021

9-bob. Voyaga yetmagan shaxsni “Mehribonlik” uyiga yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasasiga joylashtirish 
49. Voyaga yetmaganlarni mehribonlik uylariga joylashtirish voyaga yetmaganlar ishlari 
bo‘yicha idoralararo komissiya qaroriga muvofiq, vasiylik va homiylik organlari tomonidan Markaz 
xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 
50. Hududiy ichki ishlar organlari rahbarining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati 
boshlig‘i (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — 
huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i)ning so‘roviga asosan uch kun ichida voyaga 
yetmaganlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy idoralararo komissiyaning sayyor yoki onlayn shakldagi 
yig‘ilishi Markazda o‘tkaziladi hamda qarovsiz bolani uning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, 
iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qaror nusxasi tegishli vazirlik yoki 
idoraga yuboriladi. 
51. Tegishli vazirlik yoki idora uch kun ichida voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha 
mintaqaviy idoralararo komissiyaning qaroriga muvofiq bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida 
yo‘llanmani o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga, yo‘llanmaning 
nusxasini esa Markazga yuboradi. 
52. Markaz yo‘llanmaga muvofiq 48 soat ichida bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasasiga olib borib topshiradi. 
53. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quv yili davomida (tegishli sinflar uchun 
belgilangan yoshlarga muvofiq ravishda) o‘zi bevosita bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idoraning 
yo‘llanmasiga muvofiq qarovsiz bolani qabul kvotasidan tashqari 5 foiz miqdorida ajratilgan 
qo‘shimcha kvotalar doirasida sinov va imtihonlarsiz o‘qishga qabul qiladi. 
10-bob. Voyaga yetmagan shaxsni kuzatib borish 
54. Yashash (qabul qilish) joyiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar bepul yo‘lkira 
chiptasi, shuningdek, belgilangan normalarda yo‘l uchun oziq-ovqat yoki pul mablag‘lari bilan 
ta’minlanadi. Zarurat bo‘lganda voyaga yetmaganlarga alohida kiyim-kechak va poyabzal buyumlari 
berilishi mumkin. 
55. Markaz xodimlari tomonidan voyaga yetmaganlarni istiqomat qilish joyiga kuzatib 
borish (joylashtirish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1-2 nafar voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 2 nafar; 
3-4 nafar voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 2 — 4 nafar; 
5 va undan ortiq voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 4 — 10 nafar. 


56. Voyaga yetmaganlarni yashash (qabul qilish) joyiga kuzatib borish Markazning 
shahodatlangan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganning sog‘lig‘i bilan bog‘liq 
holat yuzaga kelgan hollarda xizmat safariga tibbiy xodimlar ham jalb etilishi mumkin. 
57. Agarda kuzatuvda uch yoki undan ortiq xodim ishtirok etadigan holat yuzaga kelsa, 
markaz boshlig‘i hududiy bo‘linmalar boshliqlariga qo‘shimcha xodim ajratishga ruxsat berilishi 
yuzasidan bildirgi yozadi. 
58. Markaz boshliqlari hududiy bo‘linmalar boshliqlari ruxsati bilan xizmat safariga 
yuborilayotgan xodimlar bilan voyaga yetmaganni kuzatib borish va joylashtirish yuzasidan 
belgilangan tartibda yo‘riqnoma o‘tkazib, ularning orasidan unvoni va lavozimi yuqori bo‘lgan 
xodimni guruh rahbari etib belgilab, yo‘riqnoma bayoni bilan tasdiqlaydi. 
59. Kuzatilayotgan voyaga yetmaganlarga tegishli bo‘lgan hujjatlar, ular to‘g‘risidagi 
batafsil ma’lumotlar Markazning ijtimoiy xodimi hamda psixologi tomonidan tayyorlanib, voyaga 
yetmaganning barcha buyumlari bilan birga xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarga taqdim 
etiladi. 
Voyaga yetmaganni Markazga qabul qilishda ulardan vaqtinchalik saqlab turish uchun 
olingan pullar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar tilxat bilan uning ota-onalariga yoki 
ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek, vasiylik va homiylik organlari, ta’lim muassasasi 
vakillariga yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslarga esa dalolatnoma orqali 
topshiriladi. 
60. Markazdagi voyaga yetmaganlarni kuzatishda transport vositalarning barcha turlaridan 
foydalaniladi. Kuzatishga sarf bo‘ladigan mablag‘lar belgilangan tartibda voyaga yetmaganlarni 
markazda saqlash uchun respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. 
61. Respublika o‘quv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan 
mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar 
muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganligi uchun Markazda saqlanayotgan voyaga 
yetmaganlar, agar ushbu muassasalar yoki Markaz boshqa hududlarda joylashgan bo‘lsa, voyaga 
yetmagan tegishliligi bo‘yicha Markaz xodimlari kuzatuvida, agar ushbu muassasalar Markaz bilan 
bitta hududda joylashgan bo‘lsa, tegishli muassasa vakillari kuzatuvida qaytariladi. 
Markaz hamda ushbu bandning 
birinchi xatboshida
ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarning 
vakillari voyaga yetmagan topilganligi haqidagi xabarnoma olingandan so‘ng uch kun mobaynida 
voyaga yetmaganni olib ketish uchun Markazga yetib kelishi shart. 
62. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ota-ona qaramog‘idan 
mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini vatanlariga qaytarish O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etilgunga qadar Markazda saqlanadi. 
63. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari Markazlar 
xodimlariga voyaga yetmaganlarni olib kelish va ularni yashash joylariga olib borishda navbatdan 
tashqari chipta (shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarida) sotib olishlarida amaliy yordam ko‘rsatadi. 
64. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Ichki 
ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasi voyaga yetmaganlarni 
kuzatayotgan Markaz xodimlariga voyaga yetmaganlarni bir transportdan boshqa transportga o‘tish 
chog‘ida va yo‘lning oxirgi punktlarida qo‘riqlashga, kuzatuv vaqtida qochib ketgan voyaga 
yetmaganlarni qidirishga vakolatlari doirasida ko‘maklashadi. 

Download 419,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish