Qarori voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Download 419,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana21.02.2022
Hajmi419,3 Kb.
#461664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
490 03.08.2021

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2021-yil 3-avgust, 
490-son 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son 
qaroriga 
 
1-ILOVA


Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari 
(keyingi o‘rinlarda — Markazlar) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. Markazlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va qonunlariga, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, ichki ishlar vazirining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalariga, shuningdek
ushbu Nizomga amal qiladi. 
3. Markazlar ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik
qarovsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini hamda voyaga yetmaganlarni qabul qilish, vaqtincha 
saqlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmasi 
hisoblanadi. 
4. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansga, bank 
muassasalarida hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z 
nomi yozilgan muhrga, shtampga, blanklarga, shuningdek, voyaga yetmaganlar to‘g‘risida 
idoralararo axborot almashish tizimiga hamda Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarga doir 
ma’lumotlar bazasiga ega. 
Markazlar bank hisobvarag‘iga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari 
hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar o‘tkaziladi, bank hisobvarag‘idagi 
mablag‘lar faqat qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun maqsadli sarflanadi. 
5. Markazlar bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar 
va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga 
bo‘ysunadi. 
6. Markazlarda voyaga yetmaganlarni saqlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi 
maxsus shart-sharoitlar ta’minlanadi: 
hududni qo‘riqlash; 
voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligi va ularni salbiy ta’sirlardan yuqori darajada 
himoya qilish choralari; 
hududga begona shaxslarning erkin kirishini cheklash; 
markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning markaz hududini erkin tark etishini 
cheklash; 
voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz nazorat qilish; 
voyaga yetmaganlarni shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish, ularning buyumlarini, shuningdek, 
ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta jo‘natmalarini tekshiruvdan o‘tkazish. 
7. Markazlar faoliyatini tashkil etishda voyaga yetmaganlar bilan profilaktik tadbirlarni 
amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda jalb etilishi mumkin. 

Download 419,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish