Qarori voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Markazda voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil



Download 419,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana21.02.2022
Hajmi419,3 Kb.
#461664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
490 03.08.2021

6-bob. Markazda voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil 
etish tartibi 
38. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika 
ishlarini tashkil etish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
a) ichki ishlar organlari doimiy ravishda: 


voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari, uni sodir etishda 
qatnashgan shaxslarni, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarlik yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-
harakatlar sodir etishga jalb qilish holatlarini, voyaga yetmaganlarga nisbatan g‘ayrihuquqiy 
harakatlar sodir etilganlik holatlarini aniqlaydi; 
voyaga yetmaganlarni moddiy ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z 
majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga 
yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada 
bo‘layotgan ota-onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan 
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlari 
va boshqa tashkilotlarga xabar beradi; 
shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmaganlar bo‘yicha, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini 
bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olish yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlarga hamda fuqarolik jamiyati institutlariga so‘rovlar yuboradi; 
voyaga yetmaganni topib olish sharoitlari, yurish yo‘li, transport turi, taxminiy yashash 
joylari, kun kechirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va manbalari hamda shaxsini aniqlash 
uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlash yo‘li bilan voyaga yetmaganning shaxsini 
aniqlash choralarini ko‘radi; 
voyaga yetmaganning shaxsi aniqlanganidan so‘ng bir sutka mobaynida tegishli ichki ishlar 
organlariga, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek, manfaatdor davlat 
organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga voyaga yetmaganning bo‘lib turgan joyi haqida 
ma’lumotlar yuboradi; 
olib kelingan voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik 
va idoralar tasarrufidagi umumta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilishi 
maqsadga muvofiqligi haqida voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyaga 
xulosa taqdim etadi; 
b) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari doimiy ravishda: 
voyaga yetmaganlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga 
qiziqishlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislarni jalb qiladi; 
voyaga yetmaganlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon 
qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi; 
voyaga yetmaganlar orasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalanishni tashkil 
etish hamda Internet axborot tarmog‘i orqali elektron kutubxona tizimlariga kirish imkoniyatini 
yaratadi; 
voyaga yetmaganlarning orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilib, kitobxonlik madaniyatini 
shakllantirish maqsadida Markazda mavjud kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi; 
voyaga yetmaganlarga belgilangan tartibda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazadi; 
voyaga yetmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyatini, uning shaxsiy fazilatlari, 
qiziqishlari, o‘zboshimchalik bilan o‘qishni to‘xtatish, oiladan, ta’lim muassasalaridan ketib qolishi 
sabablarini aniqlaydi; 
v) sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari 
doimiy ravishda: 
voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi, belgilangan muddatlarda tibbiy 
tekshiruvlarni amalga oshiradi; 
respublika o‘quv-tarbiya muassasasiga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumta’lim, 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilishi rejalashtirilgan voyaga yetmaganlarni 
respublika o‘quv-tarbiya muassasasiga qabul qilish mumkinligini aniqlash uchun bevosita 
Markazlarda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi;
Markazda sanitariya-gigiyena me’yorlari talablariga rioya etilishini ta’minlaydi; 
g) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy organlari doimiy 
ravishda: 


Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarning oilasidagi ichki munosabatni va 
shaxslararo munosabatlarni va ijtimoiy-ma’naviy muhitni fuqarolar yig‘ini orqali o‘rganishni amalga 
oshiradi; 
oilani o‘rganish jarayonida undagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oiladagi ijtimoiy 
muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolar yig‘inlariga 
amaliy yordam ko‘rsatadi; 
voyaga yetmagan notinch va muammoli oilalarda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ushbu 
oilaning ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy 
munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish 
borasidagi ishlarni tashkil etadi; 
voyaga yetmaganni imkon qadar ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud 
vasiy yoki homiylar tarbiyasida qolishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
d) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy organlari har oyda 
kamida ikki marotaba: 
Markazga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun 
ish joylari kvotasini belgilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni 
amalga oshiradi; 
voyaga yetmaganlarning Markazdan chiqish davrida voyaga yetganlari ichidan ishsiz 
bo‘lganlarini ishga joylashtirish yoki mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-
hunarga tayyorlash choralarini ko‘radi; 
bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan foydalangan holda Markazdan chiqarilayotgan 18 yoshga 
to‘lgan yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi; 
Markazga qabul qilinganlar o‘rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo‘yicha 
keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi. 
39. Markaz tomonidan saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi 
profilaktika ishlarini samarali tashkil etish doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa 
tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari jalb etilishi mumkin. 

Download 419,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish