Qarori voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ularni qabul qilish



Download 419,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana21.02.2022
Hajmi419,3 Kb.
#461664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
490 03.08.2021

4-bob. Nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ularni qabul qilish 
tartibi 
13. Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar ta’lim muassasalarida, 
profilaktika inspektorlari xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari oilalarda o‘rganish 
(kuzatish) va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish jarayonida qarovsiz bolalarni aniqlaydi. 
14. Voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat idoralari, nodavlat notijorat 
tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga 
xabar beradi. 
15. Profilaktika inspektori birlamchi o‘rganish natijalariga ko‘ra bola qarovsiz qolganligi 
to‘g‘risida xulosaga kelgan taqdirda, ushbu xulosani mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga 
taqdim etadi, mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i esa, xulosani ko‘rib chiqib, bolani 
Markazga qabul qilish yuzasidan yo‘llanma tayyorlaydi va uni Markazga yuboradi. 
16. Markaz xodimlari 5 soat ichida maxsus avtotransport vositasida qarovsiz bola 
saqlanayotgan manzilga yetib kelib, uni qabul qilib oladi va belgilangan tartibda Markazga olib borib 
joylashtiradi. 
17. Markaz boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari rahbarining o‘rinbosari — jamoat 
xavfsizligi xizmati boshlig‘i (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining 
o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i)ga qarovsiz bola qabul 
qilinganligi haqida navbatchilik qismi orqali xabar beradi. 
18. Markaz boshlig‘ining so‘roviga asosan hududiy sog‘liqni saqlash muassasasi 
mutaxassislari 3 soat ichida Markazga yetib kelib, qarovsiz bolani belgilangan tartibda tibbiy 
tekshiruvdan o‘tkazadi. 
Tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra qarovsiz bolaning davolanishga muhtojligi (aqliy va ruhiy 
rivojlanishda yoshiga nisbatan orqada qolgan, tan jarohati, kasalligi, homiladorligi) aniqlangan 
hollarda u davolanish uchun tegishli sog‘liqni saqlash muassasasiga yoki aqliy va ruhiy rivojlanishda 
yoshiga nisbatan orqada qolayotgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga joylashtiriladi. 


19. Markaz 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsini aniqlaydi, uning o‘qishi va xulq-
atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni to‘liq o‘rganadi, 
bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga kelsa, uni ota-onasi 
(ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiradi. 
Markazdan ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshirilgan bolaning o‘qishi, 
xulq-atvori va oilasidagi muhit bir yil davomida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-
psixologlar tomonidan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash organlari bilan birgalikda monitoring 
qilib boriladi. 
Monitoring davomida bolaning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolayotganligi kuzatilsa, uni 
belgilangan tartibda Markazga qaytarish choralari ko‘riladi. 
20. Markaz bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra uning ijtimoiy 
jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotganligi va davlat yordamiga muhtojligi to‘g‘risida xulosaga 
kelsa, ushbu bolani Markazda 48 soatdan ortiq, biroq 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p 
bo‘lmagan vaqt davomida saqlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi. 
Ushbu iltimosnoma 24 soat ichida Markazda sayyor yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan 
yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. 
Sud iltimosnomani ko‘rib chiqish jarayonida qarovsiz bolaning ota-onasi (ota-ona o‘rnini 
bosuvchi shaxslar) rozi bo‘lmagan holda ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasasiga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi. 
21. Qarovsiz bolaning doimiy yashash joyi boshqa mintaqa hududida bo‘lsa, Markaz 48 soat 
ichida uni tegishli hududdagi Markazga olib borib topshiradi. 
22. Voyaga yetmaganlarni 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga Markazlarga qabul qilishga 
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari yoki Markaz boshlig‘i yoxud uning 
o‘rinbosarlarining qarori asos bo‘ladi. 
Voyaga yetmaganlarni 48 soatdan ko‘p bo‘lgan muddatga Markazlarga qabul qilish uchun 
sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi asos bo‘ladi. 
23. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok 
etuvchi organlar va muassasalar tomonidan voyaga yetmaganlar nazoratsiz va qarovsiz qolganligi 
aniqlanganda voyaga yetmaganlar markazga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish 
maqsadida tuman (shahar) ichki ishlar organlarining eng yaqin tayanch punktiga yoki Markazga olib 
kelinadi. 
Voyaga yetmaganlarni markazlarga qabul qilish borasidagi tadbirlar mazkur Nizomga 
ilovaga
 muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 
24. Markaz boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari voyaga yetmagan shaxs ushbu Markazga 
qabul qilinganligi to‘g‘risida mazkur Markaz joylashgan hududdagi prokurorni va voyaga 
yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyani zudlik bilan, lekin uzog‘i bilan 24 soatdan 
kechiktirmasdan xabardor qiladi. 
25. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya taqdim etilgan hujjatlarni 
zudlik bilan ko‘rib chiqib, 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda tuman (shahar) ichki ishlar organlari 
yoki markaz boshlig‘ining yoxud uning o‘rinbosarlarining voyaga yetmaganni Markazga qabul qilish 
to‘g‘risidagi qarorini kelishib beradi. 
26. Voyaga yetmaganlar va ularning buyumlari Markazga joylashtirilishidan oldin bir jinsga 
mansub ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 
Shaxsiy ko‘rik natijasida tan jarohati holatlari aniqlanganda ichki ishlar organlarining 
navbatchilik qismlariga xabar beriladi hamda Markazda saqlanishi man etilgan buyumlar olib 
qo‘yiladi va o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasiga ko‘ra dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 
27. Markazga olib kelinishi taqiqlangan buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda yuritiladi. 
28. Pul mablag‘lari yoki moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar 
va boshqa buyumlar Markazning ushbu buyumlarni saqlash uchun mas’ul etib tayinlangan xodimiga 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda rasmiylashtirilgan 
dalolatnomaga muvofiq vaqtinchalik saqlab turish uchun topshiriladi. 


29. Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida ma’lumot ular Markazga olib 
kelingan kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
shaklda yuritiladigan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd yozuvi kiritiladi. 
30. Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar 48 soatgacha Markazda saqlansa, 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi hisobga olish 
kartochkasi (elektron tarzda) to‘ldiriladi, Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar 48 soatdan 
ortiq saqlansa, unga nisbatan Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda hisobga olish 
yig‘majildi yuritiladi. Yig‘majild elektron tarzda yuritilishi ham mumkin.
31. Jinoyat sodir etgan va jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan, giyohvandlik vositalari, 
ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar 
mavjud bo‘lgan dori vositalari yoki alkogol ichimliklar ta’sirida bo‘lgan, nogironlik belgisi yaqqol 
ko‘rinib turgan, aqli noraso bo‘lgan voyaga yetmaganlar hamda 18 yoshga to‘lganligini tasdiqlovchi 
hujjatlari bo‘lgan shaxslar Markazga qabul qilinmaydi. 

Download 419,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish