Oldingi tahrirga qarang.
yirik soliq to‘lovchilarda soliq auditi o‘tkazish jarayonida soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanganligi va to‘langanligini, nazorati soliq organlari zimmasiga yuklatilgan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinganligini soliq to‘lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarni, ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan tekshiradi;
(11-bandning “b” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq auditini o‘tkazish davomida xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko‘radi va o‘lchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining to‘g‘riligini aniqlash uchun xomashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘g‘ri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning to‘liq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yo‘qotishlar normalari to‘g‘ri belgilanishini aniqlash uchun xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib ko‘radi, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;
(11-bandning “b” kichik bandi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
v) yirik soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida servis-texnik xizmat ko‘rsatilishini amalga oshirish sohasida:
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yirik soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatilishini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zaro tuzilgan kelishuv asosida, soliq monitoringida ishtirok etayotgan yirik soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini amalga oshiradi;
(11-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari, shuningdek, elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishning axborot tizimlarini qo‘llash bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilarga maslahat xizmatlari ko‘rsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va yig‘imlarning ayrim turlarini hisoblab chiqarishda yirik soliq to‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatadi;
(11-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘lovchilar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va yig‘imlar, shuningdek, moliyaviy jarimalar bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini (nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi bundan mustasno) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarilishi yoki hisobga olinishini amalga oshiradi;
(11-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
yirik soliq to‘lovchilarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasini ta’minlaydi;
yirik soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir saqlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
g) yirik soliq to‘lovchilarning ma’muriyatchiligi doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish orqali yirik soliq to‘lovchilarning soliq solish bazasini, shuningdek, soliq solinadigan obyektlar va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiradigan va ishtirok etadigan boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni yuritadi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan yirik soliq to‘lovchilar hisobini yuritadi, ushbu ma’lumotlarni tahlil qiladi;
yirik soliq to‘lovchilarning soliq qarzini undirish bo‘yicha majburiy choralar qo‘llanilishini amalga oshiradi;
yirik soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi (bekor bo‘lganligi) to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yirik soliq to‘lovchilarning moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan tahliliy o‘rganish o‘tkazadi va ushbu o‘rganish doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan kurashish bo‘yicha uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yirik soliq to‘lovchilarning soliq solish masalalari va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
soliq solishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ommaviy axborot vositalari va seminarlar, brifinglar, matbuot — konferensiyalar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali yirik soliq to‘lovchilarga yetkazish va tanishtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |