2-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari 10. Quyidagilar Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang. yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish;
yirik soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida servis-texnik xizmat ko‘rsatilishini amalga oshirish;
yirik soliq to‘lovchilar ma’muriyatchiligi doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
11. Hududlararo inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang. a) yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash sohasida:
(11-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) qonun hujjatlarida belgilangan yirik soliq to‘lovchilar mezonlariga mos keladigan yuridik shaxslarni aniqlash va hisobga qo‘yish ishlarini yuritadi;
yuridik shaxslarga ular yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga kiritilganligi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuboradi;
yirik soliq to‘lovchilar reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
yirik soliq to‘lovchilar hisobotlarining qabul qilinishi va qayta ishlanishini amalga oshiradi;
yirik soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari yuritilishini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan va haqiqatda to‘langan soliqlar va yig‘imlar summalari, shu jumladan ular bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha moliyaviy jarimalar summalari hisobini yuritadi;
(11-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) Oldingi tahrirga qarang. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar tushumi prognozining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
(11-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining tizimli tahlili asosida soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshiradi;
b) yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang. kameral soliq tekshiruvi, shuningdek, yirik soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilishining qonuniyligini tasdiqlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshiradi;
(11-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) hisobotlarda ko‘rsatilgan ishchilar soni bilan haqiqatda ishlovchilar soni, shuningdek, ishlab chiqarish hajmlarining mos kelishi masalalari bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilar faoliyati monitoringini olib boradi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan holatlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘radi;
eksport-import operatsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol darajali stavka qo‘llanilishining asosliligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo‘llaydi hamda tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilg‘or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;
yirik soliq to‘lovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini belgilangan tartibda o‘tkazadi
soliq to‘lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar oladi, yirik soliq to‘lovchilarning mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan, yirik soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechiradi yoki tekshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u erdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;